Safura murodova
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Sitologiyadan mustaqil ta\'lim.No-1
Genlarni klonlash – ko‘zlangan DNK bo‘lagini vektorlar vositasida ko‘paytirish.
Genofond – populatsiya tarkibiga kiruvchi organizmlarning genlar to‘plami. Genom – xromosomalarning gaploid to‘plamidagi genlar majmuasi. Gerontologiya - organizmlarning qarish jarayonlarini o'rganadigan fan. Gibrid - bu genetik jihatdan har xil shakllarni kesib o'tish natijasida hosil bo'lgan geterozigotali organizm. Gibridoma — limfotsit yoki har qanday normal hujayra bilan rak hujayrasining qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan, tez bo‘linuvchi duragay hujayralar to‘plami. Gistidin - ko'pchilik oqsillar tarkibida uchraydigan zaruriy aminokislota. Glikoliz - tirik organizmlarda glukоzаning sut kislotasigacha fermentativ уо'l bilan parchalanishini ta'minlovchi аnаеrоb jarayon. Gomeostaz-(homo - bir xil, stasis - holat) - tirik tizimning ichki muhitining doimiyligini saqlash. Barcha tirik mavjudotlarning xususiyatlaridan biri. Individ- mustaqil yashash xususiyatiga ega organizm. Insersiya-(ingl. insertion — kiritmoq) DNK bo‘lagi genomning ma’lum joylariga kirishi. Inversiya – xromosoma ayrim qismining o‘z o‘rnini 180 0 ga o‘zgarishi; Kallus to‘qima - hujayralarning bo‘linishidan hosil bo‘lgan, deyarli ixtisoslashmagan hujayralar massasi. Kapsid- virusning tarkibiy qismini qamrab oluvchi oqsil parda. Karioplazma-(karyo - yadro, plazma - tarkib) - hujayraning suyuqlik tarkibi. Klon – bir bakteriya hujayrasi bo’linishi natijasida hosil bo’lgan bakteriya koloniyasi(to’plami)ga aytiladi. Ligaza — DNK molekulasi uchlarini bir-biriga ulovchi ferment. Lizis — bakteriya hujayrasining bakteriofaglar tomonidan nobud qilinishi. Mikroevolyutsiya - populyatsiya darajasida sodir bo'ladigan elementar evolyutsiya jarayonlari. 5 Mitoz - somatik hujayra bo'linishining universal usuli bo'lib, unda ikkita qiz hujayra o'rtasida genetik materialning bir xil taqsimlanishi mavjud. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling