Safura murodova


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana18.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1783701
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sitologiyadan mustaqil ta\'lim.No-1

Genlarni klonlash – ko‘zlangan DNK bo‘lagini vektorlar vositasida ko‘paytirish. 
 
Genofond – populatsiya tarkibiga kiruvchi organizmlarning genlar to‘plami. 
 
Genom – xromosomalarning gaploid to‘plamidagi genlar majmuasi.
Gerontologiya - organizmlarning qarish jarayonlarini o'rganadigan fan. 
Gibrid - bu genetik jihatdan har xil shakllarni kesib o'tish natijasida hosil bo'lgan 
geterozigotali organizm. 
Gibridoma — limfotsit yoki har qanday normal hujayra bilan rak hujayrasining 
qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan, tez bo‘linuvchi duragay hujayralar to‘plami. 
Gistidin - ko'pchilik oqsillar tarkibida uchraydigan zaruriy aminokislota. 
Glikoliz - tirik organizmlarda glukоzаning sut kislotasigacha fermentativ уо'l bilan 
parchalanishini ta'minlovchi аnаеrоb jarayon. 
Gomeostaz-(homo - bir xil, stasis - holat) - tirik tizimning ichki muhitining doimiyligini 
saqlash. Barcha tirik mavjudotlarning xususiyatlaridan biri. 
Individ- mustaqil yashash xususiyatiga ega organizm. 
 
Insersiya-(ingl. insertion — kiritmoq) DNK bo‘lagi genomning ma’lum joylariga 
kirishi.
Inversiya – xromosoma ayrim qismining o‘z o‘rnini 180
0
ga o‘zgarishi; 
Kallus to‘qima - hujayralarning bo‘linishidan hosil bo‘lgan, deyarli ixtisoslashmagan 
hujayralar massasi. 
Kapsid- virusning tarkibiy qismini qamrab oluvchi oqsil parda. 
Karioplazma-(karyo - yadro, plazma - tarkib) - hujayraning suyuqlik tarkibi. 
Klon – bir bakteriya hujayrasi bo’linishi natijasida hosil bo’lgan bakteriya 
koloniyasi(to’plami)ga aytiladi. 
Ligaza — DNK molekulasi uchlarini bir-biriga ulovchi ferment.
Lizis — bakteriya hujayrasining bakteriofaglar tomonidan nobud qilinishi. 
Mikroevolyutsiya - populyatsiya darajasida sodir bo'ladigan elementar evolyutsiya 
jarayonlari. 



Mitoz - somatik hujayra bo'linishining universal usuli bo'lib, unda ikkita qiz hujayra 
o'rtasida genetik materialning bir xil taqsimlanishi mavjud. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling