Saidova gulrux uterine fibroids causes, diagnosis


PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS / 2022 – PART 15 /


Download 95.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana20.11.2023
Hajmi95.21 Kb.
#1789063
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2022 17.09

 PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS / 2022 – PART 15 / 
131 
moddiy va aqliy boyliklarni boshqarishda to‘liq erkin harakat qilish hamda shunga 
tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi. 
Investitsion samaradorlikni shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini 
hududlarda tartibga solish va nazorat qilish orqali ichki investitsiyalardan samarali
foydalanish va undan tegishli tarmoqlarda maqsadli foydalanishga erishish mumkin. 
Bu borada davlat va hukumat tomonidan olib borilayotgan investitsiya dasturlari 
investitsiya salohiyatini maqbullashtirish uchun investorlarning viloyatlarda ratsional
joylashtirilishig ahamiyat qaratadi. Bu esa investorlarning e’tiboriga mos 
tushmaydigan hududlar uchun qo‘shimcha davlat amaliy yordami ko‘rsatish 
zaruratini belgilaydi. Viloyatlarda investitsiya bo‘yicha olib borilayotgan chora-
tadbirlarda investitsiya faoliyatini jadallashtirish, eksport salohiyatini oshirish
mavjud ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalarni rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilish 
asosida qishloq xo‘jaligini tarkibiy o‘zgartirishni iqtisodiy mexanizmlarini
takomillashtirish maqsadga muvofiq. 
Hozirgi kunda respublikamizdagi makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi 
bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini jadal rivojlantirish dolzarb muammolardan biri 
hisoblanadi. Chunki, bu tarmoqda faoliyat yuritayotgan fermer xo’jaliklarining asosiy 
vositalar bilan ta’minlanganligi va texnik-texnologik qurollanishi darajasining 
pastligi, jonli mehnat sarfining yuqoriligi natijasida ishlab chiqarish samaradorligi 
kamayishiga olib kelmoqda. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining texnika va 
mexanizmlar bilan ta’minlanmaganligi hamda fondlar bilan qurollanish darajasining 
pastligi mazkur tarmoqda mehnat sig‘imining yuqoriligi va ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish muammolarini kuchaytirmoqda. Bu esa iqtisodiyotni 
erkinlashtirish sharoitida qishloq xo‘jaligida investitsion jarayonlarni moliyalashtirish 
va fermer xo‘jaliklarining investitsion mablag‘lari byudjetini tadqiq etish bilan bog‘liq 
bir qator yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli fermer xo‘jaliklarida 
investitsion resurslarni jalb etish xususiyatlarini, moliyalashtirish manbalari, shakllari 
va uslublarini tadqiq etish ilmiy-amaliy ahamiyatga ega muhim masalalardan biridir. 
Mamlakatimiz hududlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy 
to‘siqlardan biri - hudud iqtisodiyoti real sektoriga kiritilayotgan investitsiyalarning 
yetarli emasligidir. Hududlar investitsion siyosatini ishlab chiqishda ularning 
investitsion jozibadorligi asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda 
respublikamiz hududlari (ayniqsa, qishloq hududlari)ning investitsion jozibadorligi 
yetarlicha 
past 
bo‘lib 
hisoblanadi. 
Mamlakatimiz 
hududlari 
investitsion 
jozibadorligini baholash metodologiyasi yetarlicha ishlab chiqilmagan va 
takomillashtirishni talab etadi. Mamlakat hududlari investitsion jozibadorligini 
aniqlash borasida mavjud yondashuvlar va metodikalarni tadqiq etish natijasida 
o‘ziga xos metodika shakllantirildi. Unga ko‘ra, hudud investitsion jozibadorligiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi omillar (ko‘rsatkichlar) guruhlarining umumlashgan holdagi tasnifi 
ishlab chiqildi (1-rasm). 



Download 95.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling