Saidova gulrux uterine fibroids causes, diagnosis
PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS / 2022 – PART 15 /
Download 95.21 Kb. Pdf ko'rish
|
2022 17.09
PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS / 2022 – PART 15 /
133 Viloyatda sanoatni rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilishi inobatga olinsa, 2017-2021-yillarda 113,6 % dan yuqori darajada rejalashtirilgan. Bu ishlar “Jizzax” maxsus industrial zonasi negizida hududga berilayotgan imtiyozlardan foydalangan holda amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Jizzax viloyat Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 2017-2021 yillarda yillik 10 foizdan kam bo‘lmagan darajada rivojlantirish rejalashtirilgan. Qisqa muddatlarda viloyatda “Prima Lyuks fayz teks” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 450 mln. so‘m bo‘lgan shlakoblok, dekarativ va xom-g‘isht ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Xitoylik sarmoyadorlar o‘tgan qisqa davrda “O‘ztelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda uchta zamonaviy korxona barpo etildi. Xitoyning “ZTT” va “O‘ztelekom” aksiyadorlik kompaniyalari teng miqdorda har ikki tomon ham 500 ming dollar miqdorida investitsiya kiritib, “Smartvizion” qo‘shma korxonasi tashkil etilgan edi. Zamonaviy texnologiyalar asosida axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qo‘llaniladigan apparatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona mahsulotlari yuqori sifati bilan ajralib turadi. Shuningdek, qulay investitsiya muhitini yaratish va turizm sohasiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, ushbu yo‘nalishda izchil amalga oshirilayotgan davlat siyosatiga investorlarning ishonchini mustahkamlash, shuningdek, investorlar bilan ishlashda davlat tuzilmalarining mas’uliyatini oshirish maqsadida hududlarda zamonaviy turizm infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash, investitsiyalarni keng jalb qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada viloyatga 2018 yilda 5800 nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurishgan. Ularning eng katta qismini MDH davlatlari tashkil qilishini inobatga oladigan bo‘lsak 3060, (72,0 %), viloyatning turli hududlaridagi diqqatga sazovor joylariga turli davlatlardan turizmning barcha turlari bo‘yicha 825800 nafar sayyohlar tashrif buyurishgan. Demak, hududda turizmning deyarli barcha turlarini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, sohaga investorlarni yo‘naltirish, ularni rivojlantirish uchun kerakli ishlarni amalga oshirish lozim. Hududlarda investitsiya samaradorligini oshirish jarayonlarining ustuvor yo‘nalishlari davlat tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar va qo‘llab- quvvatlashning uyg‘unlashgan holda amalga oshirilishiga bog‘liq. Odatda har qanday investorlarni davlat yoki mintaqada siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar ta’sirida ma’lum bir davr mobaynida shakllangan makro mezo va mikro darajadagi iqtisodiy vaziyat muhim hisoblanadi. Bunday sharoitda investitsiya kiritish uchun tanlanayotgan davlat (mintaqa)da investitsiya uchun xavf-xatarlari qay darajada ekanligini bildiruvchi ma’lumotlar birinchi o‘rinda turadi. SHuning uchun mamlakatimiz hududlarining nisbiy afzalliklarini aniqlash hududlar ijtimoiy- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling