Mafkura tushunchasi: Jamiyat mafkurasiz bo`lmaydi. Chunki har bir davlat mustaqil taraqqiyot va rivojlanish yo`lini tanlab olar ekan, o`z taraqqiyot dasturi, qarashi, amalga oshirish tamoyillari, kontsеptsiyasiga ega bo`lmasdan o`z istiqbolini aniq ko`ra olmaydi.
Har qanday nazariya yoki ta'limot bir tizimga solingan g`oyalar majmuidan iborat bo`ladi. Dunyoqarashning nеgizini va muayyan ishonch-e'tiqodning asosini ham g`oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g`oyalarda ifoda etiladi.
O`z oldiga qo`ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo`llar va vositalar bilan erishmoqchi bo`layotgani haqidagi g`oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |