Saitkamolov muxammadxo‘ja sobirxo‘ja o‘G‘li o‘zbekiston respublikasi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish


Mamlakatda barqaror rivojlanishni baholash ko‘rsatkichlari21


Download 1.14 Mb.
bet11/41
Sana17.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1528302
TuriReferat
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
Dsc Автореферат Саиткамолов М С 8 05 23 lotin

Mamlakatda barqaror rivojlanishni baholash ko‘rsatkichlari21

Vazifalar

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birliklari

Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash
va uning raqobatbardoshligini oshirish

YaIMning yuqori texnologiyali va ilmiy sig‘imga ega tarmoqlarida mahsulotlarning ulushi

%

Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasi

Jahon reytingidagi o‘rni

Investitsion faoliyat iqlimini yaxshilash

Biznes yuritishning qulaylilik darajasi

Jahon reytingidagi o‘rni

Kambag‘allikni qisqartirish va daromadlar differensiatsiyasi (tabaqalanishni) kamaytirish

Daromadlari yashash darajasidan past bo‘lgan aholining ulushi

%

Daromadlar konsentratsiyasi koeffitsiyenti

%

Korrupsiyaning masshtabini qisqartirish

Korrupsiyani qabul qilish darajasi

Ballar

Jahon reytingidagi o‘rni

Davlat boshqaruvi sifati va samaradorligini oshirish

Davlat boshqaruvi sifati va samaradorligi indeksi

%

Iqtisodiyotda ekologik mas’uliyat va energiya samaradorligini oshirish

Ekologik barqarorlik darajasi

Ballar

Jahon reytingidagi o‘rni

O.I.Averina ham asosan uchta guruhni ajratib ko‘rsatadi hamda ularga tashqi muhitning barqarorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni qo‘shadi. Bu guruhda energiya resurslari narxlarining o‘rtacha o‘sishi koeffitsiyenti, YaIM o‘sishi, ishsizlik, inflyatsiya, asosiy kapitalga investitsiyalarning qisqarishini, ilmiy-texnik, siyosiy va tabiiy risk koeffitsiyentlari, shuningdek, iste’mol narxlarini nazarda tutadi22.
N.A.Xomyachenkova, yuqorida aytib o‘tilgan uchta barqarorlik ko‘rsatkichlari majmuidan tashqari, risk barqarorligini ham taklif qiladi. Bu bilan u risk va mehnat unumdorligini boshqarish jarayonlarini birlashtirish hisobiga sanoat korxonasining bozor qiymatida barqaror o‘sishining ta’minlanishini nazarda tutadi23. Umuman olganda, biz ushbu nuqtai nazar, sanoat korxonalari rivojlanishining barqarorligini baholashning ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq qilingan metodologiya har xil turdagi barqarorlik uchun zarur koeffitsiyentlar va ko‘rsatkichlarni taqsimlash imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida korxonaning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olish imkonini beradi.
Bizning nuqtai nazarimizdan, riskni baholash murakkab tahliliy jarayon bo‘lib, bu haqda faqat risk barqarorligi ko‘rsatkichi doirasida hisoblarni yuritish vaziyatni to‘liq aks etirib bermaydi. Shu sababli, risklar barqarorligini va ularlarni baholash mexanizmini ishlab chiqish kerak deb hisoblaymiz, bu sanoat korxonasining barqaror rivojlanish darajasini aniqlashda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi. IHTTning ma’lumotlarining tahlili asosida prognozlash masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Xususan 3-jadvalda energetika sanoatini amaldagi xolatini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Jadvaldan ko‘rinib turibtiki, jahon miqyosida energiya ishlab chiqarish hajmi 2021 yilda 14646,2 mln.shartli yoqilg‘i(neft) tonnani tashkil qilib, 2010 yilga nisbatan 14,5 %ga ortgan.
3-jadval

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling