Saitkamolov muxammadxo‘ja sobirxo‘ja o‘G‘li o‘zbekiston respublikasi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish


Barqaror rivojlanishni ta’riflash uchun mualliflik ta’riflari9


Download 1.14 Mb.
bet10/41
Sana17.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1528302
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
Dsc Автореферат Саиткамолов М С 8 05 23 lotin

Barqaror rivojlanishni ta’riflash uchun mualliflik ta’riflari9
T/r
Mualliflar
Ta’rifning shakllanishi
1.
G.V.Gutman,
A.A.Miroedov,
S.V.Fedin
Barqaror rivojlanish - bu ijtimoiy-ekologik-iqtisodiy tizimning shunday holatiki, unda ilg‘or oldinga siljish, ichki va tashqi muvozanatni saqlash, iqtisodiyotning oddiy hodisalardan murakkabroq hodisalarga bosqichma-bosqich o‘tishini ta’minlash uchun zarur xolatlar bo‘lib, bu bilan uning yangi darajaga o‘tishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi10
2.
V.A.Koptyug,
V.M.Matrosov,
V.K. Levashov
Jamiyatning yoki butun jahon hamjamiyatining barqaror rivojlanishi deganda to‘satdan zarbalar va ofatlarsiz barqaror yoki bashorat qilinadigan rivojlanish tushuniladi11
3.
T.V.Alferova,
E.A.Tretyakova
Barqaror rivojlanish - bu ijtimoiy-iqtisodiy tizimning uzoq muddatli faoliyatida ehtiyojlarni qondirish uchun iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy sohalar o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan hamda ularning texnologiyalarini o‘zida mujassam etgan ijobiy o‘zgarishlardan iborat jarayonlar majmuidir12
4.
O.K.Dreyer,
V.A.Los
Barqaror rivojlanish - tarixan rivojlangan ekotizimlar muvozanatini saqlagan holda hozirgi va kelajak avlodlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan iqtisodiy o‘sish bo‘lib, “barqaror sivilizatsiya”ning asosidir13
5.
T.Titenberg
Barqarorlikning asosiy mezoni sifatida
kelajak avlodlarning o‘rtacha statistik hayoti hozirgi avlodning o‘rtacha statistik hayotidan kam bo‘lmagan sharoitlarda bo‘lishi shartiga rioya qilish deb hisoblanishi kerak14.
Milliy iqtisodiyot murakkab ko‘p bosqichli tizim bo‘lib, uning barqaror rivojlanishi ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanib boradi. Mamlakat iqtisodiyoti raqamli iqtisodiyot darajasiga olib chiqishda barqaror rivojlanish ko‘rsatkichiga erishish mavjud tizimning ko‘lami tufayli murakkab vazifa bo‘lib, u tarmoqlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib ulardagi mavjud korxonalarning darajasida barqaror rivojlanishni dastlabki shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shu sababli uni o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, dolzarbligini belgilaydi. Ushbu tadqiqotimizda masalaning dolzarbligi va ko‘plab tadqiqotlar olib borilganiga qaramay “korxonaning barqaror rivojlanishi” atamasining yagona ta’rifi hali berilmagan, bu borada mualliflik ta’rifini shakllantirish talab etiladi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi tizimli xarakterga ega bo‘lib, korxonaning barqarorligiga ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy barqarorlik mavjud bo‘lganda erishiladi. Bir qator olimlar “korxonaning barqaror rivojlanishi” tushunchasini moliyaviy barqarorlik bilan ifodalaydilar.
Allayeva G.J.ning fikriga ko‘ra “Yoqilgi-energetika majmuasi korxonalari sayyoraning soni tobora oshib boruvchi aholisini energetik resurslar bilan hamda YaIM o‘rtacha yillik 3,5-4% hajmida o‘sish suratlariga ega jahon iqtisodiyotining o‘sishini ta’minlashi kerak, bu esa dunyo bo‘yicha 2030 yilga kelib energiya iste’molining 1,3-1,5 marotaba o‘sishiga olib keladi. Shu bilan birga energetika korxonasining rivojlanish barqarorligi indikatorlarining amaldagi qiymatini ekstremalga nisbatan normal, inqirozga yaqin, inqirozli darajalar bo‘yicha chegaraviy qiymatlarini aniqlab chiqqan”15
O‘zbek olimlaridan Mirzarayimov D.U. barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda energiya tejamkorligi va energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilishda energiyani yetkazib berish va tarqatishdagi yo‘qotishlar va elektr energiyadan o‘rtacha yillik foydalanish yo‘nalishlari xususida izlanishlar olib borgan16.
Zokirov Sh.E. O‘zbekistonning qarqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishda asosan O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushining o‘sish dinamikasi va International Renewable Energy Agency (IRENA) tashkilotining ma’lumotlari asosida jahondagi ayrim davlatlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lami oshishining iqtisodiyotga ta’siri va 2020-2030 yillar prognozlari xususida tadqiqotlar olib borgan17.
“Barqaror rivojlanish - bu energetika tizimidagi korxonalarning rivojlanishiga teng ta’sir ko‘rsatuvchi ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, texnologik va siyosiy jihatlar o‘rtasidagi muvozanat va mutanosiblikni saqlashdir”18
Issiqlik energetikasi sanoatini barqaror rivojlantirish tamoyillariga quyidagilar kiradi:

  • o‘zaro bog‘liqlik tamoyili - o‘zaro bog‘liq miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish;

  • ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tamoyili - mehnatning foydali natijalarini tanlash;

  • innovatsiyaviylik tamoyili - sanoatning o‘zini o‘zi manbai sifatida rivojlantirish;

  • ekologik tozalik tamoyili - atrof-muhit va resurs bazasini saqlash;

  • rivojlanish xavfsizligi tamoyili - tashqi va ichki muhitning salbiy ta’siriga qarshi kurashishi;

  • o‘zini-o‘zi nazorat qilish tamoyili – o‘z faoliyatini tashqaridan tekshirish.

Barqaror rivojlanish amaliyotlarini joriy etish yangi davr bo‘lmoqda, ammo hozir energetika korxonalari katta miqdordagi ham tabiiy, ham moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezmoqda. Biroq, bozordagi ishtirokchilar bir-birlariga yordam berishadi: ko‘proq ilhomlantiruvchi misollar, o‘zaro manfaatli hamkorlik va ilg‘or innovatsion texnologiyalar paydo bo‘lmoqda. Ularning yordami bilan barqaror rivojlanish eergetika korxonalari faoliyatining to‘liq bir qismiga aylanadi, mas’uliyatli yondoshuv esa har bir faoliyatning o‘ziga xos xususiyatiga aylanadi.
Korxonalar turli xil samaralarni ajratib ko‘rsatishadi: masalan, xodimlarning motivatsiyasi oshish, aksiyadorlar va manfaatdor tomonlar mas’uliyatli faoliyati samaradorligini yuqori baholay boshlashi, korxonaning potensial sheriklari va xaridorlar uchun yanada jozibador bo‘lishidir.
Bizning fikrimizcha, issiqlik energetika tizimi korxonalari uchun barqaror rivojlanishda shart-sharoit yaratish tamoyillari davlat organlari tomonidan amal qilishi kerak bo‘lgan mukammal yo‘nalishlardan biridir. Korxona rahbariyati, mutaxassislar va menejerlar butun sanoat majmuasi uchun ham, alohida korxonalar uchun ham rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishi zarur. Yuqoridagi tamoyillarni hisobga olish issiqlik energetikasi korxonalrining barqaror rivojlanish asoslarini to‘liq tahlil qilish, rivojlanish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va yo‘qotilgan foyda xavfini kamaytirish imkonini beradi.
Ikkinchi bobGloballashuv jarayonida O‘zbekiston Respublikasi energetika sanoatida barqaror rivojlanishni oshirishning uslubiyoti” deb nomlanib, barqaror rivojlanish tendensiyalarini belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimining metodologik jihatlari, sanoat korxonalarida barqaror rivojlanishni baholashning amaldagi mezonlari, issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirishning xorij tajribasi va jahonda energetika sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari tahlil qilingan. Barqaror rivojlanishning ekologik cheklovlari va inson taraqqiyotining iqtisodiy hamda ijtimoiy jihatlariga e’tiborni ko‘paytirish haqidagi fikrlar 1970-yillarda ijtimoiy farovonlikni o‘lchash uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha birinchi tashabbuskorlik ishlariga asos bo‘lgan. Shuningdek, Nordxaus va Tobin19 ijtimoiy xizmatlarning degradatsiyasi va aholi bo‘sh vaqtining etishmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni farovonlik o‘lchoviga kiritish orqali YaIMga tuzatishlar kiritishga asoslangan iqtisodiy barqarorlik ko‘rsatkichini (MEW- Measure of economic welfare)ni ishlab chiqishdi. Ko‘rsatkichlar tizimi birinchi bo‘lib Yevropa Komissiyasi tomonidan 2005 yilda qabul qilingan va 2007 yilda qayta taxrirdan o‘tkazilgan hamda qo‘shimchalar kiritilgan. Hozirgi kunda ushbu tizim ko‘p darajali ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lib, asosiy maqsadlarni aks ettiruvchi 10 ta bo‘limni o‘z ichiga oluvchi maqsadlar va strategiyalardan tashkil topgan. Bo‘limlar 29 ta kichik bo‘limlarga bo‘lingan bo‘lib, strategiyaning operatsion maqsadlari va harakatlari aks ettiradi20.
Ko‘p hollarda, energetika sanoati korxonasining ma’lum belgilangan vaqt oralig‘ida rivojlanish darajasini aniqlash uchun ko‘rsatkichlardan biri iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichdir. Bu ko‘rsatkich korxonalar faoliyatidagi ijobiy natijalarni ko‘rsatadigan parametrlarning ma’lum bir davr uchun yig‘ilgan va hisoblangan to‘plami bilan tavsiflanadi. Barqaror iqtisodiy rivojlanishni faqat iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi ortgan xollarda keltirish mumkin bo‘ladi. Murakkab tizim bo‘lgan issiqlik energetika sanoati korxonasini quyidagi muayyan ko‘rsatkichlar to‘plamidan foydalangan xolda tavsiflash mumkin. Buning uchun oldin mamlakatda barqaror rivojlanishni baholash ko‘rsatkichlarini aniqlab olish lozim. ular quyidagi 2-jadvalda keltirilgan. Hozirgi raqamli iqtisodiyotga transformatsiyalashuv bosqichi sanoat korxonasining barqaror rivojlanish darajasini baholash uchun foydalanish mumkin bo‘lgan 3 ta murakkab ko‘rsatkichni ajratib ko‘rsatish odatiy ko‘plab olimlarning ishlarida ko‘rish oddiy xolga aylangan. Bularga iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorlik ko‘rsatkichlari kiradi.
2-jadval

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling