Saitxodjayev
-§. Markaziy Osiyo falsafasining jahon madaniyati taraqqiyotidagi o‘rni
Download 441.4 Kb.
|
2012-yusubov-falsafa-lot(1)
4-§. Markaziy Osiyo falsafasining jahon madaniyati taraqqiyotidagi o‘rniO‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosi uchun Vatan tarixi kabi, uning falsafasi, ilm-fani, qadriyatlari tarixini bilish zarurdir. Faqat tarixni yoki, aksincha, faqat falsafa yoki faqat madaniyat tarixini bilish biryoqlamalikdir. Biryoqlamalik esa, har qanday bir tomonlama hodisa singari, nomukammalikdir. Shuning uchun Vatan tarixi va madaniyati tarixini bir xilda o‘rganish, bilish, vatanparvarlik tuyg‘usining muhim ko‘rinishi sifatida ham farz, ham qarzdir. Xalqimiz tarixini, uning madaniyati, qadriyatlari tarixini, jumladan falsafa tarixini o‘rganish O‘zbekiston mustaqillikka chiqqanidan so‘ng ayniqsa zaruriy ehtiyojga aylandi. Zero, o‘z xalqi tarixini, uning madaniyatini, dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasini bilmasdan turib zamonaviy, adolat qoidalariga asoslangan milliy mustaqil davlat, fuqaroviy odil jamiyat qurib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov o‘zining deyarli barcha nutq, maqola va asarlarida har birimizni tarixni, madaniyatimiz tarixini, qadriyatlarimizni o‘rganishga da’vat etmoqda. «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida Prezidentimiz bu masalaga yana bir to‘xtab o‘tdi. «Vatan», millat taqdiri hal bo‘ladigan qaltis vaziyatlarda, – deydi I.Karimov, – to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish uchun avvalo tarixni va hayotning achchiq-chuchugini bilish kerak...». Shu mavzuni davom ettirib, Prezident yana bunday dedi: «...millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo‘layotgan pallada o‘zligimizni anglash, ma’naviy ildizlarimizni unutmaslik katta ahamiyatga ega». Shuning uchun o‘z xalqi tarixi, madaniyati, qadriyatlarini bilish barcha kasb-kor egalari, jumladan ichki ishlar xizmatida bo‘lgan xodimlar uchun fuqaroviy vazifalardan biridir. Kasb-kor talablari nuqtai nazaridan ham falsafa tarixini o‘rganishning ahamiyati kattadir. Gap shundaki, huquqni himoya etuvchi tashkilotlar, jumladan ichki ishlar tizimidagi idoralar xodimlari o‘z faoliyatlarida asosan joriy davrdagi huquq normalari, zamonaviy qonunlar va boshqa qonun kuchiga ega bo‘lgan hujjatlardan foydalanadilar. Falsafa tarixidan olingan saboqlar esa hujjatlarning tarixiy mohiyatini boyitilishiga yordam beradilar. Falsafa tarixini o‘rganishning eng muhim ahamiyati falsafa fanining umumiy xususiyatidan kelib chiqadi. Ma’lumki, falsafa va uning tarixi dunyoqarash bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy ta’limot va ilmdir. Shu xususida ham umuman falsafadan, jumladan uning tarixidan xabardor bo‘lgan har bir xizmatchi, xodim, mas’ul rahbar, jumladan, III xodimlari o‘z oldilarida turgan xilma-xil voqea-hodisalar, konkret masalalarga kengroq dunyoqarash, nazariy asoslar nuqtai nazaridan yondashadilar. Bu hol esa, masala va muammolarning odilona hal etishning muhim omillaridan biridir. Xulosa. Markaziy Osiyoda, jumladan hozirgi O‘zbekiston tuprog‘ida falsafiy tafakkurning yuzaga kelishi va rivojlanishi o‘ziga xos tarixiy va ijtimoiy xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar xalqimiz tarixi bosqichlarining ma’naviy mazmuni hamda ijtimoiy-siyosiy holatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Lekin bosib o‘tilgan tarixiy yo‘l va ma’naviy olam qanchalik rango-rang va o‘zgaruvchan bo‘lmasin, xalqimiz dahosi bilan yuzaga kelgan falsafiy g‘oyalar, tushunchalar falsafiy tafakkur o‘z taraqqiyoti davomida o‘ziga xos umumiy sifatlarni yetiltirib keldi. Bu umumiy sifatlar quyidagi xulosalarda o‘z ifodasini topgandir: Markaziy Osiyoda falsafiy tafakkur tarixi jahon falsafasi tarixiy taraqqiyotining ajralmas va mazmunan boy qismidir. hozirgi zamon falsafasining asosiy ilmiy-nazariy yo‘nalishlaridan biri-inson falsafasi masalalariga Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri tarixida qadimgi davrlardayoq e’tibor ajratildi. Bu o‘rinda inson axloqiga ahamiyat berilganligini qayd etish lozim. Inson falsafasi bilan bog‘liq holda odil jamiyat, odil hukmron g‘oyasi targ‘ib etildi. bilish jarayoni bo‘yicha o‘ziga xos ta’limotni targ‘ib etdi. Sezgilar yordamida bilish, aqliy bilish va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik haqidagi g‘oyalari ilmiy falsafaning shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Markaziy Osiyo falsafasi oddiy dialektikaning rivojlanishiga muayyan hissa qo‘shgan. Bu o‘rinda inson tanasi hayotiy faoliyatining aniq va muayyan qonun hamda tartiblari asosida harakatga kelishi haqidagi, jism va sayyoralarning harakati muayyan tartib-qoidalarga bo‘ysunishi haqidagi g‘oyalarni ta’kidlash lozim. Markaziy Osiyo falsafasidagi «Vahdati-vujud» va «Vahdati- mavjud» ta’limotlari vositasida panteizm falsafasi tahlil etildi. Bu bilan moddiy olam va ilohiy kuch (xudo, Olloh) bir butun yaxlitlikni tashkil etadi, degan g‘oya ilgari surildi. Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri taraqqiyotida so‘filik diniy- falsafiy ta’limot-tasavvuf falsafasi g‘oyalari o‘ziga xos alohida ahamiyatga egadir. Tasavvuf falsafasining yuqori cho‘qqisi bo‘lgan Bahovuddin Naqshband g‘oyalari diniy-falsafiy bilimlarning tor doirasidan chiqib, ijtimoiy-ma’naviy fikrlar taraqqiyoti yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi, insonning mohiyati, hayot mazmuni haqida ilg‘or ta’limotni ilgari surdi va shu bilan Markaziy Osiyoda islom targ‘iboti hamda komil inson targ‘ibotiga yangicha, sifatiy o‘zgarish kiritdi. Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri yuqoridagi xususiyatlari bilan jahon falsafasi taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Download 441.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling