Saitxodjayev


-§. «Qonun» tushunchasi, uning mohiyati va falsafiy talqini


Download 441.4 Kb.
bet40/81
Sana09.11.2023
Hajmi441.4 Kb.
#1759525
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
Bog'liq
2012-yusubov-falsafa-lot(1)

2-§. «Qonun» tushunchasi, uning mohiyati va falsafiy talqini


Qonun – muayyan shart-sharoitda narsalar voqealar rivojining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy, barqaror munosabatlari.


Qonunlar quyidagi xususiyatlarga ega: eng muhim belgilarni aks etadi, umumiy munosabatlarni ifodalaydi, zaruriylik, majburiylik, barqarorlik, takrorlanuvchanlik.
Qonunlar amal qilish doirasiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:
Eng umumiy qonunlar – tabiat, jamiyat, tafakkurning istisnosiz barcha obyektlariga xos bo‘lgan universal, falsafiy qonunlardir. Ular tabiat, jamiyat taraqqiyotining umumiy hamma yerda, doim mavjud bo‘lgan xossalari, mayllari o‘rtasidagi umumiy, zaruriy, barqaror ichki takrorlanib turuvchi, muhim obyektiv bog‘lanishlarni ifodalaydi.
Umumiy qonunlar – moddalarning saqlanish va aylanish qonuni; butun olam tortishish qonuni va hokazolar.
Xususiy qonunlar fizikada Kulon qonuni, Mendeleyevning kimyoviy elementlarining davriy sistemasi, huquqshunoslikda fuqarolik qonuni, saylovlar haqidagi qonun, jinoyat kodeksi va boshqalar.
Namoyon bo‘lishiga ko‘ra qonunlar ikki guruhga bo‘linadi:

  1. dinamik qonunlar – mutlaq ma’nodagi sababiy, zaruriy bog‘lanishlarni ifodalaydi;

  2. statistik qonunlar – mutlaq ma’nodagi zaruriy qonunlar emas, ular ehtimollik sababiga muvofiq bo‘lgan bog‘lanishlarni ifodalaydi. Masalan: nishonga otilgan o‘qning mo‘ljalga tegish ehtimoli va hokazo.

Qonuniyat – qonunning tasodifiy sharoitlar qamrovida konkret hodisa jarayonlarda ifodalanishi. Masalan, organizm tuzilishi va biron- bir badiiy asarning yaratilishi, har biri uchun umumiy bo‘lgan biologik yoki estetik qonunlar asosida namoyon bo‘ladi. Lekin shu bilan birga har bir hodisa bu umumiy qonunlardan tashqari xususiy qonunlarga ham egadir. Shu tasodifiy qonunlarning takrorlanish ehtimoli qonuniyatda ifodalanadi.
Har qanday fanning asosini uning qonunlari tashkil etadi. Jumladan, falsafa fanining qonunlari, eng umumiy qonunlar sifatida tabiat, jamiyat va inson tafakkurining umumiy bog‘lanishlarini o‘zida ifodalaydi. Falsafaning uch qonuni bor:

  1. miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘zaro o‘tish qonuni;

  2. qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni;

  3. inkorni inkor qonuni. Bu qonunlar haqida fikrlarimizni quyida batafsilroq davom ettiramiz.

Hozir esa falsafiy qonunlar bilan sohaviy qonunlarni tushunishdagi farqni ko‘rsatish maqsadida huquqiy qonunlar misolida ko‘rsatib berishga harakat qilamiz. Shu o‘rinda huquqshunoslik fani va amaliyotida «qonun» tushunchasiga qanday yondashilishi haqida bir og‘iz to‘xtalib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Huquqshunoslikda amal qiladigan qonunlar jamiyatda mavjud huquqiy munosabatlarni shakllantirish va kishilarning bu jarayonda xatti-harakatlarini tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, huquqshunoslik qonunlari fuqarolarning ma’lum bir jamiyatdagi xatti-harakatlarini boshqarib turish hamda ularning huquq va majburiyatlarini belgilab berish uchun mavjud hokimiyat qarori bilan ta’sis etiladi.
Huquq nuqtai nazaridan qonun – bu oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan, davlatning qonun chiqaruvchi organ tomonidan yoki aholi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, referendum o‘tkazishning talablariga muvofiq qabul qilingan va o‘zida qonunning amal qilish hududi, muddati va shaxslar doirasida huquqiy munosabatlar subyektlari faoliyatining umumiy namunasini mujassamlashtirgan normativ-huquqiy hujjatdir1.
Huquqshunoslikda qonunlar bir necha mezon va usullarga ko‘ra tasniflanadi. Davlat tuzilishiga ko‘ra, mavjud normalar xususiyati va qabul qilinish tartibiga ko‘ra, tarmoqlarga ko‘ra, qonun shakliga ko‘ra, huquqiy tartibga solish mexanizmiga ko‘ra, huquqiy tartibga solish predmetiga ko‘ra va hokazo. Jumladan, mohiyati va yuridik kuchiga ko‘ra qonunlar – konstitutsiyaviy va oddiy qonunlar, ular o‘z navbatida joriy va kodifikatsiya qilingan qonunlarga bo‘linadi. Yana bitta katta guruh qonunlar turkumiga tartibga solish ko‘lami va obyekti bo‘yicha tasniflangan umumiy va maxsus qonunlar kiradi. Umumiy qonunlar ijtimoiy munosabatlarning keng sohasini tartibga soladi, ularga kodekslar kiradi. Maxsus qonunlar esa ijtimoiy munosabatlarning cheklangan miqdorini tartibga soladi (Garov to‘g‘risidagi qonun, Banklar va bank tizimi haqidagi qonunlar). Bundan tashqari davriy qonunlarga budjet
qonunlari, favqulodda qonunlarga harbiy qonunlar kiradi.
Huquqshunoslikda «qonun» tushunchasidan tashqari qonun osti hujjatlar degan tushuncha ham yuritiladi. Qonun osti hujjatlar o‘z navbatida:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari;

  • O‘zbekiston hukumatining qarorlari;

  • Boshqa ijroiya hokimiyat organlarining hujjatlari;

  • Mahalliy davlat hokimiyatining normativ hujjatlari kabilarga bo‘linadi.

Biz bu yo‘sindagi tahlilimizni yana ham chuqurroq davom ettirishimiz mumkin. Lekin bizning maqsadimiz huquqshunoslik qonunlari misolida eng umumiy bo‘lgan falsafiy qonunlar bilan xususiy qonunlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalasini ko‘rsatish edi. Aynan shu ma’noda tahlilimizdan ayon bo‘lganidek, qonunlar o‘rtasidagi faqat amal qilish doirasiga ko‘ra farq bo‘lishi mumkin ekan. Lekin shu o‘rinda har qanday qonun uchun eng muhim belgilarni aks etish, umumiy munosabatlarni ifodalash, zaruriylik, majburiylik, barqarorlik va takrorlanuvchanglik kabi umumiy tamoyillar ham xos bo‘lishi muqarrar ekanligiga amin bo‘ldik.



Download 441.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling