Saitxodjayev


-§. Ekologik muammo va uning bartaraf etish yo‘llari


Download 441.4 Kb.
bet37/81
Sana09.11.2023
Hajmi441.4 Kb.
#1759525
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81
Bog'liq
2012-yusubov-falsafa-lot(1)

4-§. Ekologik muammo va uning bartaraf etish yo‘llari


«Ekologiya» so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, «oikos» – «turar- joy», «yashash muhiti», «logos» esa «ta’limot» ma’nolarini anglatadi. Ekologiya tirik organizmlar bilan atrof muhit munosabatlarini o‘rganuvchi fandir. Yana qisqacha ta’rif berilsa: – ekologiya – jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan.


Odam paydo bo‘lgan davrdan to hozirga qadar tabiatga ta’sir qilib uni batamom o‘zgartirib yubordi. Keyingi ming yilliklar davomida inson faoliyati natijasida yer shari yuzasi iqlimi, o‘simligi, hayvonot dunyosining tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketganligi bunga misol bo‘la oladi. E’tirof etish kerakki, insonning istiqbolni o‘ylamay qilgan xata-harakatlari ko‘r-ko‘rona qilmishlari tufayli tabiat behad ozor chekdi, ko‘p narsalardan abadiy judo bo‘ldi. Har xil kosmik changlar, issiqlik elektr stansiyalari, avtomobillar sonining tez o‘sib borishi, radioaktiv moddalar va boshqalar ta’siri ostida barcha jonli mavjudotning hayot manbai bo‘lgan havo toqat qilib bo‘lmaydigan daraja ifloslanmoqda. Bunday dahshatli hodisalar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida tez-tez bo‘lib turibdi. Atrof-muhitning radioaktiv va kimyoviy chiqin- dilar bilan bulg‘anishi aholining chorva mollarining, parrandalarning daryo va ko‘llardagi suv omborlari va okeanlardagi baliq va boshqa jonivorlarning ko‘plab zaharlanishga sabab bo‘lmoqda. Olimlar havo,
suv va yer ustining zaharlanishi shu tariqa davom etadigan bo‘lsa sivilizatsiya halok bo‘lishi mumkin deyishmoqda. Akademik A.YE.Fersmanning fikricha, agar atmosfera tarkibidagi karbonad angidrid miqdori ikki baravar ko‘paysa, bu narsa yer yuzidagi haroratning 4 darajaga ko‘tarilishiga olib boradi. Uning hisobicha bu voqea 500 yildan keyin sodir bo‘lishi kerak.
Suv ta’minotining an’anaviy manbalari hisoblangan daryolar, ko‘llar, shimoliy qutb muzliklari, dengizlar, suv omborlari ifloslanmoq- da. Insoniyatning eng katta oziq-ovqat manbai bo‘lgan jahon okeanlari ham hozirgi vaqtda inson sivilizatsiyasi qurboni bo‘lmoqda. Har yili jahon okeaniga o‘n million tonnagacha miqdorda neft va neft mahsulotlari kelib tushadi. Masalan, Meksika ko‘rfazidagi dengiz osti quvurlaridan oqib chiqqan neft (2010-yil).
Inson o‘zining ko‘p asrlik xo‘jalik faoliyatida yetmish ikki hayvon turini butunlay yo‘q qilib yubordi. O‘zimizning O‘zbekistonda ham Turon yo‘lbarsi, yo‘l-yo‘lli sirtlon kabi hayvonlar yo‘q bo‘lib ketdi. Oqquyruq, qoraquloq, Ustyurt qo‘ylari, Buxoro bug‘usi, oq tirnoqli qo‘ng‘ir ayiq kabilar esa yo‘q bo‘lish arafasida turibdi.

  1. asr o‘rtalarigacha hatto yaqin-yaqinlargacha ham inson tabiatga hokim, uni istaganicha o‘zgartirishi, irodasiga bo‘ysundirishi mumkin degan noto‘g‘ri fikr ustunlik qilib keldi. O‘sha sharoitlarda shu fikr dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida, jumladan o‘zimizda ham qo‘llab- quvvatlandi. Tabiatni iqtisodiyot talablariga moslashtirib o‘zgartirish avj olib ketdi. Qancha-qancha loyihalar vujudga keldi, daryo va ko‘llardagi baliqlar, parrandalar, hayvonlar ehtiyojidan ortiqcha ovlandi va ko‘pchiligi hozir yo‘q bo‘lib ketdi. Bir paytlar Amudaryoning o‘zidagina 140 dan ortiq baliq turi bo‘lganligiga endi ishonish qiyin. O‘rmonlarga nisbatan ham ko‘r-ko‘rona munosabatda bo‘lishi tufayli yer sharida 100 yil avvalgi 7200 million gektar o‘rmondan hozir 4100 million gektar o‘rmon qoldi. Shu sababli ham tabiatni muhofaza qilish bugungi kunda insoniyat oldida turgan dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.

Inson tabiatida o‘ziga kerakli narsalarni olish bilan bir qatorda unga har xil ishlab chiqarish chiqindilarini tashlab, tabiatni zaharlamoqda. Industrial jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bir kishi hisobiga har yili tabiatdan 30 tonna modda olinib, uning atiga 1-1,5% iste’mol mahsulotlari sifatida foydalanilmoqda. Qolganlari esa chiqindi sifatida tashlab yuborilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra har yili atmosferaga 200 million tonnadan ziyod is gazi, qariyb 150 million tonna oltingugurt
oksidi, 53 million tonna azod oksidi, 50 million tonnadan ortiqroq har xil uglevodlar chiqarilmoqda. Jahon sanoati har yili tabiatga 32 milliard m3 ifloslangan suv, 70 million tonna zaharli gazlar va 250 million tonna changni chiqarib tashlamoqda.
Oqibatda biosfera o‘z-o‘zini tozalashga ojiz bo‘lib qolmoqda. Hozir atmosferada zaharlangan (uglekislota) gazning miqdori qariyb 20%ni tashkil etadi. Ularning hammasi inson sog‘lig‘iga ta’sir etib ular o‘rtasida rak va boshqa kasalliklar soni yildan yilga ortib ketmoqda. Hozirgi paytda dunyo bo‘yicha 500 ming kishi rak bilan kasallangan bo‘lsa, uning 60 % atrof-muhitdagi har xil konserogen moddalarning ko‘payishi natijasida hosil bo‘lgan.
Tabiiy muhitni muhofaza etishni yoki boshqacha aytganimizda ekologik xavfsizlikka alohida e’tibor berishni paysalga solib bo‘lmaydi. Bu sohadagi hozirgi ahvol tahlikali bo‘lib turibdi. Vaziyat zudlik bilan harakat qilishni taqozo etmoqda.
Tabiatga mehr-muhabbat bilan yondashish, tevarak-atrofni, suvni, havoni tuproqni, hayvonotu nabototni asrab-avaylash haqida islom ta’limotida ham muhim g‘oyalar mavjud. Biz yashayotgan koinotdagi yer yuzidagi barcha noz-ne’matlarning qadriga yetish, ularni e’zozlash, ularni asrash, iflos qilmaslik har bir mo‘min-musulmonning burchidir.
Qur’ondagi oyatlarda payg‘ambarimiz hadislarida hayvonot olami, nabotot olami va atrofimizda o‘rab turgan boshqa narsalarni to‘la-to‘kis himoya qilish, saqlash, ularni buzmaslik, isrof qilmaslik to‘g‘risida ko‘pgina maslahatlar mavjud, ularni doim esda tutishimiz kerak.
Mamlakatimizning taraqqiyot va demokratiya yo‘lidan izchil borishida O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan boy tabiiy resurslarga tayaniladi. Mustaqil taraqqiyotning ilk kunlaridanoq ulardan oqilona foydalanish va kelgusi avlod uchun sof atrof tabiiy muhitni asrab avaylash yo‘lidan borilmoqda. Bu mamlakatimiz aholisining ma’nan boy va sog‘lom hayotini ta’minlashdagi asosiy shart va omillardan biridir.
Mamlakatimiz tabiati, aniqroq uning suv va tuprog‘i haqida muayyanroq to‘xtalsak. Suv – sayyoramiz bioxilma-xilligini, ekotizimning tiriklik manbaidir. Yer sharining 71% suv bilan qoplangan. Ichimlik (chuchuk) suvi umumiy suv miqdorining 2% ga yaqinini tashkil qiladi. Yer kurramizda hayotning boqiyligi ko‘p jihatdan yerdagi suv manbalari, ayniqsa chuchuk, ichimlik suv zaxiralarini asrash, ifloslantirmaslik, tejab-tergab foydalanishimizga bog‘liqdir. Keyingi yuz yillikda insoniyatning xo‘jasizlarcha munosabati tufayli suv zaxiralari
kamayib ketyapti. Oqibatda insoniyat suv resurslarining ijtimoiy, iqtisodiy muammolariga duch kelyapti.
Mamlakatimizda suv resurslari zaxiralarini muhofaza qilish transchegaraviy suv manbalaridan foydalanish, undan tejab-tergab, oqilona foydalanish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Yer osti va yer usti chuchuk ichimlik suv zaxiralarini muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanish borasida respublika Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi sa’y-harakati bilan muayyan ishlar amalga oshirildi. Masalan, Yer osti suvlari hosil bo‘ladigan zonalarga alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomini berish va daryolarning suvni muhofaza qilish zonasini va qirg‘oq bo‘yi polosasini, shuningdek, transchegaraviy daryolar – Amudaryo va Sirdaryoning respublika hududidan oqib o‘tuvchi qismlarida suvni muhofaza qilish mintaqalari va qirg‘oq bo‘yi polosalari belgilash to‘g‘risida Hukumat qarorlari qabul qilinib, tegishli vazirliklar, qo‘mitalar mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, shuningdek, korxonaga va tashkilotlar tomonidan bajarishlari lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan.
Yurtimizda asosan 77 ta manbada chuchuk yer osti ichimlik suvlari mavjud bo‘lib, ularning umumiy zaxirasi 57,6 mln.m / sutkani tashkil etadi. Yer osti suv zaxiralarining 34,5 foizi Farg‘ona vodiysida, 24,6 foizi Toshkent viloyatida, 18 foizi Samarqand viloyatida, 9 foizi Surxondaryo viloyatida, 5,5 foizi Qashqadaryo viloyatida, 7 foizi atrofidagisi esa qolgan viloyatlarda hosil bo‘ladi. Yurtimizning tabiiy suv manbalari – milliy boyligimiz. Uni asrash, avaylash, tejab foydalanish, kelajak avlodlarimizga sof holda yetkazish biz uchun ham qarz, ham farzdir.
Yer – xalq boyligi, qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Tabiat komponentlari – tog‘ jinslari, suv, havo, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘ziga xos xususiyatlari bilan tabiiy va antropogen ta’sirlarda rivojlanishi, sifat va tarkibiy o‘zgarishi kuzatilsa-da, ular o‘zaro uzviy bog‘langandir. Ular o‘rtasida to‘xtovsiz modda almashinuvi amalga oshadi va natijada tabiiy hududiy komplekslar hosil bo‘ladi.
Insoniyat tarixi davomida 2 mlrd gektardan ortiq unumdor tuproqli yerlar yaroqsiz holga keltirilgan. Har yili sayyoramizdagi qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli yerlar maydoni sho‘r bosishi, cho‘lga aylanishi, yemirilishi natijasida 5-7 mln gektarga kamaymoqda.
Yer yuzida dehqonchilik maqsadlarida ishlatiladigan maydonlar mavjud yerlar hududining 10 foizini tashkil qiladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramizning foydali yerlariga zamonaviy agrotexnika bilan ishlov berilsa, yer yuzida 40 mlrd aholi o‘rtacha ta’minot bilan yashashi mumkinligi qayd etilgan.
Yer yuzi tuproq qatlamining hozirgi holati birinchi navbatda, kishilik jamiyatining faoliyati bilan belgilanadi. Inson tuproqlarning hosildorligini oshirishi, yerlarning holatini yaxshilashi mumkin. Shu bilan birga, shahar va yo‘llarning qurilishi atrof muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo‘q qilinishi, yaroqsiz holga kelishi, yemirilishi mumkin. Tabiatdan foydalanish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini belgilovchi mezonni aniqlash juda murakkab.
Insonlar qadimdan yer qa’ridan kerakli foydali qazilmalarni qazib olib ishlatib kelganlar. Jamiyat tarixi asosiy ishlatilgan qazilmalar nomiga mos ravishda «tosh davri», «bronza davri», «temir davri» – deb nomlangan. Vaqt o‘tishi bilan foydali qazilmalarni qidirib topish va ishlatish sur’atlari ham oshib bordi. Hozirgi kunda insoniyat ehtiyojlari uchun yiliga 120 mlrd tonnadan ortiq foydali qazilmalar, tog‘ jinslariga solinmoqda. Insoniyat ehtiyojlarining o‘sishi natijasida foydali qazilmalarni qidirish, ishlatish hajmi ortib bormoqda. Hozirgi davrda insoniyat foydalanadigan minerallar va tog‘ jinslarining soni 3500dan ortiqdir. Ulardan 250 turi mineral xom ashyolar: yoqilg‘i va energetik xom ashyo – neft, gaz, ko‘mir, uran va boshqalar, kimyoviy xom ashyolar, qurilish materiallaridir. Qazib olish jarayonida texnologiyaning talabga to‘la javob bermasligi natijasida ko‘mirning 45 foizi, neftning 60 foizigacha, metallarning 25 foizigacha qolib ketadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ekologik muammolarni hal qilish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish borasida O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida respublika va viloyat ahamiyatiga molik 19 ta chuchuk yer osti suvlari hosil bo‘ladigan jami 407,36 ming gektar maydonga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi berilgan.
Tabiatni asrash, ekologiyani yaxshilash maqsadida 2008-yil 2- avgustda mamlakatimiz ekolog olimlari, shu yo‘nalishda ish olib borayotgan tashkilotlar va faol jamoatchilikning tashabbusi asosida
«O‘zbekiston ekologik harakati»ning tuzilganligi bugungi davrning
dolzarb talabi hisoblanadi. Ekoharakat – O‘zbekiston fuqarolarining bugungi va kelajak avlodi qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish, sog‘liqni saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizligini ta’minlashga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish va ularga so‘zsiz rioya etilishiga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda bevosita faol ishtirok etishga hamda bu borada jamiyatning barcha sa’y- harakatlarini safarbar qilishga intiluvchi mamlakat fuqarolari va tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiruvchi ommaviy jamoat harakatidir.
«Sog‘lom muhit – inson salomatligi» g‘oyasi Ekoharakatning asosiy shiori etib qabul qilingan. Sog‘lom atrof-muhit muhofazasi davlatimiz, jamiyatimiz va har bir fuqaroning vazifasi bo‘lishi kerak.
Ekoharakatning o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunlari, boshqa qonun va qonunosti hujjatlari hamda o‘zining Ustavi va Dasturiga muvofiq ravishda amalga oshiradi.
Ekoharakat o‘z faoliyatini ixtiyoriylik, qonuniylik, o‘zini-o‘zi boshqarish va oshkoralik tamoyillariga asoslangan holda olib boradi.
Ekoharakat hozirgi kunda globallashib borayotgan ekologik muammolarni faqat xo‘jalik faoliyatida resurs tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish va sohada qonunchilikni takomillashtirish bilangina hal etish mumkin emasligini e’tirof etadi. Ekoharakat aholining ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.


IV BO‘LIM





Download 441.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling