Saitxodjayev
-§. Huquqiy ong ijtimoiy ongning bir turi sifatida
Download 441.4 Kb.
|
2012-yusubov-falsafa-lot(1)
3-§. Huquqiy ong ijtimoiy ongning bir turi sifatidaIjtimoiy borliq va ijtimoiy ong ilmiy falsafaning asosiy tushunchalaridan, fundamental kategoriyalardan hisoblanadi. Ijtimoiy ong borliqqa bog‘liqdir. Ijtimoiy borliq rivojlanishi jarayonida ijtimoiy ong paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Ijtimoiy borliq – bu kishilarning tabiatga, bir-birlariga moddiy munosabatlaridir. Ijtimoiy borliq – bu kishilarni moddiy munosa- batlarining majmuasidir. Kishilik jamiyati shakllanishi bilan ijtimoiy borliq ham vujudga keladi. Ijtimoiy ong esa tarixiy jarayonning ma’naviy tomoni hisoblanadi. Ijtimoiy ong ma’lum ichki tarkibga, shakllarga va darajalariga ega bo‘lgan bir butun ma’naviy hodisadir. Ijtimoiy ong jamiyatning atributidir. Ijtimoiy ong jamiyatda yashovchi kishilarning ongidir. Ijtimoiy ong ijtimoiy borliqni in’ikos etadi. Ijtimoiy ong – bu jamiyatda mavjud bo‘lgan g‘oyalar, nazariyalar, his – tuyg‘u, kayfiyatlar, urf-odat va udumlar majmuasidir. Shu ko‘rsatilganlar kishilarning ijtimoiy borlig‘ini, moddiy sharoitlarini aks ettiradi. Ijtimoiy borliq o‘zgarishi bilan ijtimoiy ong ham o‘zgarib boraveradi. Ijtimoiy ong ijtimoiy borliqni aks ettirar ekan u borliqni sust in’ikos etadi degan fikr kelib chiqmasligi zarur. Ijtimoiy ong nisbiy mustaqillikka ham egadir. Shu nuqtai nazardan aytamizki, siyosat, huquq, din, adabiyot va boshqalarni rivojlanishi iqtisodiy rivojlanishga bog‘liqdir. Lekin ularning hammasi bir – biriga va iqtisodiy bazisga ta’sir qiladi. Bundan ko‘rinyaptiki, faqat iqtisod faol emas, balki ijtimoiy ong ham faol xarakterga egadir. Ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi uning ijtimoiy borliqqa ta’sirida yaqqol ko‘rinadi. Jamiyat rivojlanishi bilan bu ta’sir kuchayib boradi. Ijtimoiy ong o‘z ifodasini individual ongda, alohida kishining ongida topadi. Individual ong ijtimoiy ongga xos elementlarni aks ettiradi. Ijtimoiy ongning tashuvchisi – bu alohida kishilar, individlar, sotsial guruhlar – sinflardir. Alohida kishining ongi – bu individual ongdir. Kishilar o‘zlarining ma’naviy dunyosi bilan bir-birlaridan farq qilishadi, shu bilan birga ularning hammasi ijtimoiy zaruriy hodisalarni in’ikos ettirishadi. Individual ongda ijtimoiy borliq individning ruhiyatiga, xarakteriga, imkoniyatlariga, qobiliyatiga, qiziqishlariga, tarbiyasiga, millatiga bog‘liq holda aks ettiriladi. Ikkita bir xil individ bo‘lmagani singari, ikkita bir xil individual ong yo‘q. Ijtimoiy va individual ong o‘zaro dialektik bog‘liqlikda bo‘ladi. Ijtimoiy ong alohida kishilar miyasida bo‘lgani uchun u faqat individual ong yordamida namoyon bo‘ladi. Har bir alohida kishi jamiyatda yashagani uchun ularning individual ongi ijtimoiy ong bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy ong murakkab tuzilishga ega. Ijtimoiy ongni vertikaliga – darajalarga, gorizontaliga – shakllarga bo‘lish qabul qilingan. Ijtimoiy ongning – oddiy (kundalik) va nazariy darajalari mavjud. Buni ba’zan ijtimoiy ruhiyat va mafkuraviy darajalari ham deyishadi. Oddiy ong kundalik hayot natijasida stixiyali tarzda shakllanadi. Oddiy ong kundalik hayot to‘g‘risidagi tushunchalar, g‘oyalar va hokazo. tizimlashmagan bilimlardir. Oddiy ong quyidagilarni qamrab oladi: kundalik hayot natijasida vujudga kelayotgan tajribaviy bilimlarni; qarashlar, odatlar, his-tuyg‘ular, kishilarning qiziqishlari sifatidagi ijtimoiy ruhiyat (psixologiya)ni. Oddiy ong kishilarning kundalik hayotda tabiat, atrof muhit bilan bevosita munosabatidan vujudga keladi. Shuning uchun oddiy ongni individual ong bilan almashtirish mumkin. Oddiy ongni individual ongdan farqi ularning vujudga kelish manbaidadir. Individual ongni vujudga kelish manbai inson, oddiy ongni vujudga kelish manbai inson va sotsial guruhlar (sinflar)dir. Ma’lum faoliyat tufayli birikkan kishilar ishlab chiqarish jarayonida o‘zlarini o‘zgacha tutishi mumkin, alohida-alohida hollarda esa boshqacha tutishi mumkin. Bu esa ijtimoiy ongning xususiy ko‘rinishi, mehnat tufayli bir-biriga bog‘langan kishilarning ma’naviy faoliyatining xususiyati – ijtimoiy ruhiyatdir (psixologiya). Ijtimoiy ruhiyatning mazmunini ijtimoiy kayfiyatlar, his-tuyg‘ular, urf-odatlar, ijtimoiy fikrlar tashkil qiladi. Ijtimoiy ruhiyatning asosiy shakli – guruh ruhiyatidir. Bundan tashqari millatlar ruhiyati, professional guruhlar ruhiyati mavjud. Nazariy ong ijtimoiy ongning oliy darajasidir. Nazariy ong – bu g‘oya va qarashlarning to‘la tizimidir. Nazariy ong faol fikrlash jarayoni bilan bog‘langan. Oddiy ong narsa va hodisalarni tashqi tomonini aks ettirsa, nazariy ong ularni ichki mohiyatini aks ettirishga qaratiladi. Lekin bu nazariy ong hayotni to‘g‘ri in’ikos ettiradi degan gap emas. Nazariy ong har xil sinflarning mafkurasi (ideologiyasi)da ifoda etiladi. Mafkura nazariy jihatdan shakllangan va ma’lum bir sinflarning qiziqishlarini ifodalagan falsafiy, diniy, axloqiy, estetik va boshqacha qarashlarning majmuasidir. Sinflar o‘z manfaatlarini amalga oshirishda mafkuradan foydalanishadi. Ustqurmaning hamma elementlari qarashlar, xulq normalari, sinflarning mafkurasiga bog‘liqdir. Download 441.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling