Saitxodjayev


Download 441.4 Kb.
bet54/81
Sana09.11.2023
Hajmi441.4 Kb.
#1759525
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81
Bog'liq
2012-yusubov-falsafa-lot(1)

Ijtimoiy ong shakllari. Ijtimoiy borliq har xil bo‘lgani uchun uning in’ikosi ham har xil. Ijtimoiy ongning quyidagi shakllari mavjud: siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, falsafiy, estetik, fan va boshqalar.
Huquqiy ong. Ijtimoiy ongning alohida shakllaridan biri – huquqiy ongdir.
Huquqiy ong deb huquqning subyektlari bo‘lgan – individ, korxona, mehnat jamoalarining faoliyatlarida yuridik qonun sifatida qabul qilingan bilimlar va qadriyatlarning aks etishiga aytiladi.
Huquqiy ong shaxs ongida, jamiyat g‘oyalarida namoyon bo‘ladigan huquqdir. Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e’tiqodlar, tasavvurlar, baholar, his-tuyg‘ular va ma’naviyatning boshqa tarkibiy qismlari tizimidir. Huquqiy ong eng kam darajada davlat va jamiyatning ta’siriga uchragan huquqiy madaniyat elementidir. Tezlik bilan yangi qonun qabul qilish, davlat organini tuzish mumkin, ammo insonning huquqiy ongini tezda o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Huquqiy ong darajasini ko‘tarish uchun oila, maktabgacha tarbiya muassasalar, maktablar, o‘quv yurtlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, hamda boshqa davlat va jamiyat institutlarining hamkorlikdagi harakatlari zarur. So‘nggi vaqtlarda yuksak huquqiy ong faqat shaxs dunyoqarashiga kompleks va maqsadga muvofiq ta’sir etishning natijasi bo‘lishi tushunib yetildi. Yuqori darajada huquqiy ongni shakllantirish uchun huquqiy bilimlarni keng tarqatish zarur. Bu haqda Respublikamiz Prezidenti I. Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida «Jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat – demok- ratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir»1. Deb ta’kidlaydi.
Huquqiy ongning tuzilishi. Huquqiy ong ikkita tarkibiy qismdan, ya’ni huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatdan iborat.
Huquqiy mafkura huquqning mohiyati, ahamiyati va talablari to‘g‘risidagi g‘oyalar, qadriyatlarni o‘z ichiga olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, ya’ni huquqning emotsional qabul qilinishi bilan bog‘liq.
Huquqiy ong siyosiy va axloqiy ong orasida turadigan jarayondir. Siyosiy ongdan farq qilib u muayyan individual – shaxsiy kategoriyalar bilan ish ko‘radi. U axloqiy ongdan farq qilib zarurat va haqiqat tushunchalari davlat qonunlari sifatida qabul qilingan va bu qonunlarni buzilishi huquqiy choralar ko‘rishni taqozo qiladi. Agar siyosiy ong obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqsa, huquqiy ong aqliy – axloqiy bahoga suyanadi.
Jamiyatda sinflar vujudga kelganidan so‘ng huquqiy ong axloqiy ongdan ajralib chiqqan, ilk huquq g‘oyasi paydo bo‘lgan, bu g‘oya individni davlatdan himoya qilgan.
Huquqiy ongning quyidagi shakllari mavjud: huquqiy his-tuyg‘u, huquqiy odatlar va malakalar, huquqiy bilimlar.
Huquqiy ong uchta asosiy funksiyani amalga oshiradi: bilish, boshqaruv, baholash.



1 Papuмoв И. A. Maмлaкatимиздa дeмoкpatик иcлoԟotлaphи яhaдa чyԕyp- лaшtиpиш ba фyԕapoлик жaмияtиhи pиboжлahtиpиш кohцeпцияcи. – T., 2010.
– Б.27-28.

    1. bob. FALSAFADA BILISH MUAMMOSI VA ILMIY BILISH MOHIYATI. HUQUQIY IJODKORLIK BILISHNING SHAKLI SIFATIDA




Download 441.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling