Sakrash texnikasining tahlili Reja
Download 299.46 Kb.
|
Sakrash texnikasining tahlili16
Yugurish - joydan joyga kuchishning tabiy usulidir. Bu jismoniy mashqning quproq tarqalgan turi bulib, juda kup sport turlari (futbol, basketbol, tennis va boshqalar) tarkibiga kiradi. Yugurishning juda kup xillari yengil atletika har xil turlarining organiq qismi hisoblanadi.
Shugullanuvchilarning imkoniyatlariga qarab, masofa o`zunligini va yugurish tezligini o`zgartirish bilan ish miqdorini har xil qilish, odamning chidamligini, tezkorligi va boshqa fazilatlari rivojlanishiga ta`sir etish mumkin. Yuqori tezlikda yugurish shug`ullanuvchilarga, xususan ularning yurak-qon tomir va nafas olish sistemalariga qo`yilgan talabni oshiradi va chidamlilikni rivojlantiradigan zur vosita bulib xizmat kiladi. Juda katta tezlikda yugurish esa, tezlikni rivojlantirish uchun mashg`ulotlarga kiritiladi. Yugurish bilan shug`ullanish jarayonida kishi irodasi mustaxkamlanadi, o`z kuchini taqsimlay olish , tusiqlarga o`ta bilish ochiq joyda muljal ola bilish qobiliyati hosil buladi. Yugurish- har tamonlama jismoniy rivojlanishning asosiy vositalardan biridir. Barcha mutaxassislikdagi yengil atletikachilarning ham, boshqa sport turlari bilan shug`ullanuvchilarning ham trenirovkalarida yugurishga kup e`tibor berilish , shuningdek faol dam olish, sog`lomlashtirish va ish qobiliyatini saqlash vositasi sifatida yugurishning ulushi katta ekani. Yugurish – yengil atletikaning hamma turlari ichida eng hammabop jismoniy mashqdir. Yengil atletika musobaqalarida yugurish va estafetaning turli xillari etakchi o`rin tutadi, ularga tomoshabinlar ham juda qiziqadi. Shuning uchun yugurish musobaqalari eng yaxshi tashviqot vositalaridan biri hisoblanadi. Yengil atletikada yugurishning tekis yugurish, tusiqlar osha yugurish , estafetali yugurish va tabiiy sharoitda yugurish xillari buladi. Tekis yugurish ma`lum masofaga yoki vaqtbay tarzda yugurish yulkasida (soat strelkasi harakatiga teskari yo`nalishda) o`tkaziladi. 400 metrga va undan qisqa masofaga yugurishda har bir yuguruvchi uchun alohida yo`lka ajaratiladi. Qolgan masofalarga yugurish umumiy yo`lkada o`tkaziladi. Belgilangan masofani o`tish uchun sarflangan vaqt sekundomer bilan o`lchanadi. Bir soatlik va ikki soatlik yugurishda vaqt chegaralangan bulib, natija shu vaqt ichida bosib o`tilgan masofa tarzida metr hisobida aniqlanadi. Tusiqlar osha yugurishning ikkita xili bor: 1) g`ovlar osha yugurish – bunda yugurish yo`lkasida bir-biridan bir xil o`zoqlikda masofadagi muayyan joylarga quyilgan bir tipdagi tusiqlardan oshib, 60 dan 400 m masofaga yuguradi: 2) 3000 metrga tusiqlar osha yugurish (stipl`-chez) – bunda yugurish yo`lkasida u er- bu erda mustahkam o`rnatilgan tusiqlar osha maydon sektorlaridan birida qovlangan chukurga tuldirilgan suvdan kechib yuguriladi. Estafetali yugurish – bunda jamoa-jamoa bulib yuguriladi: jamoada yuguruvchilar qncha bulsa , masofa ham shuncha etaplarga bulingan buladi. Estafetali yugurishdan maqad –estafeta tayoqhasini bir-biriga o`zatib uni mumkin qadar tez startdan marragacha etkazib borishdir. Etaplar oralig`i bir xil ( qisqa va o`rtacha masofada ) yoki har hil aralash masofada bulishi mumkin. Estafetali yugurish quproq maydon yo`lkalarida , ba`zan esa shahar ko`chalarida (aylanma va yuldo`zsimon estafetalar) o`tkaziladi. Tabiiy sharoitda yugurish - bunda past-baland ochiq joylarda (kross) yugurilsa, 15 km va undan o`zok mosafalarga esa yullarda (shosseda, sukmok yullarda) yuguriladi. Yengil atletikadagi eng o`zoq , ya`ni marofoncha masofa 42 km 195 m ga teng Sakrash - tusiqlardan o`tishnig tabiiy usuli bulib, qisqa vaqt ichida asab-musqo`l kuchiga maksimal zur berish bilan harakterlidir. Yengil atletik sakrash mashg`ulotlarida sportchilarning o`z tanalarini idora qila bilish, kuchlarni yig`a bilish qobiliyatlari takomillashadi, kuch , tezlik chaqqonlik, mardlik orta boradi. Sakrash – oyoq tana musqo`llarini kuchaytirish va sakrovchanlikni xosil qilish uchun eng yaxshi mashqlardan biri bulib faqat yengil atletikachilarga emas, balki boshqa sport turlarining vakillariga ham, ayniqsa basketbolchilarga , voleybolchilarga va futbolchilarga zarurdir. Yengil atletik sakrash ikki turga bo`linadi: 1) imkon boricha balandroq sakrash maqsadida vertikal tusiqlardan o`tish – balandlikka sakrash va langarchup bilan sakrash: 2) imkoni boricha o`zoqqa sakrash maqsadida gorizontal tusiqlardan o`tish –o`zunlikka sakrash va uch xatlab sakrash, Sakrashda erishilgan natijalar metr va santimetr bilan ulchanadi. Sakrash turgan joydan va yugurib kelib ijro etiladi. Uch xatlab sakrash va langarchup bilan sakrash musobakalari ayllar uchun utkazilmaydi. Bularni bajarish vaqtida xosil buladigan katta zarbalar ayollar ichki organlari xolatini bo`zib quyishi mumkin. Download 299.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling