Salib yurishlari: natijalar,oqibat va yakunlari
II.O`tilgan mavzuni takrorlash
Download 1.15 Mb.
|
Salib yurishlari dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ritsarning kundaligi 1.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:
O`quvchilardan o`tilgan mavzu so`raladi.Mavzu : Dastlabki salib yurishlari O`quvchilarga o`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar beriladi.Interaktiv doskaga klaster metodidan foydalanib quyidagi so`zlar yoziladi.(ilovada 1-rasmga qarang) Salib yurishlari Har guruhdan salib yurishlari haqida bilgan o`quvchi o`z ma`lumotini ekranga yozib boradi.Guruhlar rag`batlantirib boriladi.O`qituvchi to`lgan quyoshni umumlashtirib tushuntiradi. Faol guruhga rag`bat kartoshkasi beriladi. Keyingi topshiriq jadvalli topshiriq.Bu topshiriqda o`quvchilar salib yurishlari bo`lib o`tgan sanalarni jadvalga yozishlari kerak.Guruhlarga bir hildagi topshiriq yani jadvalli tarqatma (ilovaga 2-rasmga qarang)tarqatiladi. Qaysi guruh birinchi topshiriqni bajarsa boshqa guruhlar ham ishni yakunlaydi.Ekranda to`g`ri javobli jadval ko`rsatiladi va o`qituvchi guruhlar ishini tekshirib ko`radi va baholaydi.Faol guruh rag`bat kartochkasini oladi. Keyingi topshiriq “Ritsar kundaligi ” deb nomlanadi.O`quvchilar salib yurishlarida yonib ketgan ritsarlar kundaliklarini tadqiqodchi olim sifatida qayta tiklashlari lozim bo`ladi.Buning uchun guruhlarga kundalik (o`qituvchi o`zi tayyorlangan ilova 3-rasm ) beriladi va eng muhim ma`lumotlari salib yurishlarida yonib ketganligi aytiladi.O`quvchilar huddi tadqiqodchi olim kabi yonib ketgan kundalikni tiklaydilar.Bu topshiriqda o`quvchilarning o`tilgan mavzuni qanday o`zlashtirganlari sinab ko`riladi va o`quvchilar o`zlarini tadqiqodchi olim kabi his qiladilar.Kundalikning nusxasio`quvchilarga tarqatiladi ,rasmdagi(ilovaga 3-rasm) yozuvda ham shu so`zlar yozilgan va bo`sh joylari kuydirilgan. Ritsarning kundaligi 1.Iso tugilganing…….. yili men uydan chiqib, yo`lga otlandim. Katta yo`lda Klermon shahriga ketayotgan katta olomonga qo`shildim. Shaharga kirib borganda hayajonga to`la,nimanidir kutayotgan minglagan odamlarga duch keldim. Birdan maydonda Papa………………., yo xudoyim papaning o`zi paydo bo`ldi. U hayajonga to`lib uzoq gapirdi. Men faqat olomonning Xudoning hohishi shu, Xudoning irodasi shu hayqiriqlarini eshitdim xolos.Men ham salibchilar bilan yo`lga chiqqanimga ancha bo`ldi. Biz uzoq yo`l bosdik, har bir oldimizdan chiqqan shaharni ………deb o`ylaymiz lekin ……….. hali yetib kelganimiz yo`q. Yo`lga qachon chiqqanimiz ham esimda yo`q. Yozda biz Konstantinopolga yetib keldik. Saharga oz qoldi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling