Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi
Darsda vaqt taqsimoti:
I.Tashkiliyqism.
O`quvchilar bilan salomlashiladi, sinf tozaligi kuzatiladi, davomat aniqlanadi, darsga kerakli jihozlar tartibga solinadi.
O`quvchilar guruhlarga inglizcha 3 gacha sanash yoki inglizcha ranglarni nomini aytish yo`li bilan ajratilib nom beriladi. 1-guruh Gospitalyerlar, 2-guruh Tampliyerlar, 3-guruh Tevton ordeni guruhi. O`quvchilar o`z guruhi nomlarini o`tilgan mavzu so`ralganda ta`riflaydilar. O`quvchilardan shu oy qaysi fan oyligi ekanligi so`raladi,o`quvchilar javob beradilar.Keyin o`qituvchi ekran orqali shu oydagi muhim tarixiy sanalar haqida qo`shimcha ma`lumot beradi.
Masalan:1-dekabr OITSga qarshi kurash kuni.
3-dekabr Nogironlarni himoya qilish kuni.8-dekabr Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
9-dekabr O’zbekiston Respublikasi “Bola huquqlari konvensiyasi”ga qo’shilgan kun.10-dekabr Madhiya qabul qilingan kun.10-dekabr “Inson huquqlari deklaratsiyasi”qabul qilingan kun.
Bu yilni prezidentimiz qanday nomladilar? O`quvchilar Sog`lom ona va bola yili deb javob beradilar.Nima uchun prezidentimiz shunday nomlaganini aytadilar o`qituvchi qo`shimcha qiladi. Va o`quvchilardan quyidagi so`zlarda qanday ma`no borligi so`raladi..Bolalar-hayotimizning hakamlaridir.Tarbiya berilmagan bolalar – bizning butun mamlakat oldidagi aybimiz demak.(nemis yozuvchisi Vilgelm Raabe) O`quvchilar o`z fikr va mulohazalarini bildiradilar va oqituvchi qo`shimcha qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |