Salimova norbodom muxtorxon qizi оna tili va о’qish savоdxоniligi darslarini takomillashtirishda оrfоgrafik mashqlar о`tkazish


Aniqlashtiruvchi tajriba bosqichida


Download 0.81 Mb.
bet41/49
Sana23.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1652341
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
Bog'liq
SALIMOVA NORBODOM YANGI Dissertatsiya2023 21.06

Aniqlashtiruvchi tajriba bosqichida ona tili darslarida boshlang’ich sinf o’quvchilarida nutqiy qobiliyatining rivojlanganligi, shuningdek dars mashg’ulotlarda orfografik mashqlardan foydalanish darajasining mavjud holatini aniqlashga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat tashkil etildi. Ko‘zda tutilgan maqsadga erishishda Termiz shahridagi 9--umumiy o’rta ta’lim maktabida tahsil olayotgan 4-sinf o’quvchilarining faoliyatini interfaol metodlar, pedagogik kuzatish, suhbat, anketa so‘rovlari, test, shuningdek, o’quvchilar ijodiyotini o’rganish kabi metodlardan foydalanildi.

  • Shakllantiruvchi tajriba bosqichida interfaol metodlar vositasida boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozma savodxonligini rivojlantirish modeliga binoan faoliyat mezonlari, pedagogik shart-sharoitlar, darslarda fonetik mashqlardan foydalanishning ahamiyati hamda o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ijodiy ish metodlari va usullari aniqlashtirildi. Bunda o’qituvchilar va o’quvchilar faoliyatini bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, suhbat, munozara, pedagogik ta’sir etish, jonli muloqot va savol-javob kabi metodlar yordamida o’quvchilarda fonetik mashqlarni tashkil etish va unda ishtirok etish, ularni tahlil qilish, erkin mushohada yuritishga, nutq tovushlarini o’rganishga nisbatan qiziqishning shakllantirilishiga katta ahamiyat qaratildi.

  • Ta’kidlovchi tajriba-sinov bosqichida biz tomonimizdan tavsiya etilayotgan orfografik mashqlarni takomllashtish vositasida boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozma savodxonligini rivojlantirish modeli va inerfaol metodlar asosida o’quvchilarning yozma qobiliyatini rivojlantirish samaradorligi aniqlandi. Shakllantiruvchi tajriba-sinov mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Tajriba-sinov ishining yakunlovchi bosqichi amalga oshiril va olingan natijalar tahlil qilindi.

    Tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatli kechishi quyidagi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning mavjudligi hisobiga ta’minlandi:

    1. o’quvchilarda nutq tovushlarini o’rganishda yo’zma qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan metodik shart-sharoitlarning yaratilganligi;

    2. umumta’lim maktabining yetarli moddiy-texnik bazaga egaligi;

    3. o‘quv va tarbiyaviy ishlar jarayonida zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish;

    4. o’quvchilarning dars mashg’ulotlarida ham mustaqil ta’lim olishlariga alohida e’tiborning qaratilganligi;

    5) o’quvchilarda mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish jarayoniga nisbatan tizimli yondoshuvning qaror topganligi.
    Tajriba-sinov ishlari 2022-2023 o‘quv yillari mobaynida amalga oshirilib, unga 210 nafar respondent jalb etildi. Shundan asosiy tajriba-sinov ishlari Termiz shahri 9-umumiy o’rta ta’lim maktablarida amalga oshirildi.
    Tajriba-sinov ishlarining samaradorligini aniqlash maqsadida respondentlar teng asosda tajriba (107 nafar o'quvchi) va nazorat (103 nafar o'quvchi) guruhlariga biriktirildilar. Tajriba guruhida magistrant tomonidan tavsiya etilayotgan fonetik mashqlar vositasida boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozma va nutqiy faoliyatini rivojlantirish modeli hamda interfaol metodlar asosida amaliy faoliyat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, nazorat guruhlarida esa an’anaviy tartibda o‘quv-tarbiya ishlari olib borildi.
    Boshlang’ich sinf o’quvchilarida yozma va nutqiy faoliyat ya’ni mustaqil fikrlash qobiliyatining rivojlanganlik darajasi ko'rsatkichlari sifatida quyidagilar belgilandi:

    1. olib borilayotgan faoliyat mamzunini tushunish va munosabat bildirish;

    2. bildirilayotgan fikrning ijodiyligi va mustaqilligi;

    3) fikrlarning tizimliligi va aniqligi;
    4) sog'lom turmush tarziga rioya qilish darajasi;
    5) kirishuvchanlik va faollik, qiziqishlarning barqarorligi.

    Download 0.81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling