Salimova norbodom muxtorxon qizi оna tili va о’qish savоdxоniligi darslarini takomillashtirishda оrfоgrafik mashqlar о`tkazish


Ikkinchi bоsqich pedagоgik tajriba tazriba-sinоv natijalari diagrammasi


Download 0.81 Mb.
bet46/49
Sana23.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1652341
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
SALIMOVA NORBODOM YANGI Dissertatsiya2023 21.06

Ikkinchi bоsqich pedagоgik tajriba tazriba-sinоv natijalari diagrammasi



Matematik-statistik tahilida qo’llanilgan mezonlar:


Tajriba va nazorat guruhlarida o’qitish uslublari turlicha ekanligini ifodalovchi farazni tekshirish uchun Pirsonning kvadrat mezonidan foydalanildi,

Bu yerda, – statistik qiymatni, va – tajriba va nazarot sinflarida qatnashgan o‘quvchilar sonini, , lar – mos ravishda tajriba hamda nazorat sinflaridagi o‘quvchilardan baholash turi bo‘yicha olingan o‘quvchilar sonini, – esa baholash mezoni ( ) anglatadi.
Termiz shahridagi 9-umumiy oʻrta ta’lim maktabida 1-bosqich tajriba-sinov jarayonida tajriba (4”A”-sinf) guruhining o’rtacha o’zlashtirishi 65,95%, nazorat guruhining (4”B”-sinf) o’rtacha o’zlashtirish ko’rsatkichi esa 64,44% ni tashkil etib, 1,51% samaradorlik mavjudligi aniqlandi. Mazkur samaradorlik 95% ehtimollik bilan Pirsonning kvadrat mezoniga asosan rad etiladi, chunki olingan empirik qiymat ( 0,53) kritik qiymatdan ( 7,815) kichik.
Tajriba-sinovning 2-bosqichida tajriba guruhining o’rtacha o’zlashtirishi 78,91%, nazorat guruhining o’rtacha o’zlashtirish ko’rsatkichi esa 65,19% ni tashkil etib, 13,73% samaradorlik mavjudligi aniqlandi. Mazkur samaradorlik 95% ehtimollik bilan Pirsonning kvadrat mezoniga asosan maqullanadi, chunki olingan empirik qiymat ( 8,47) kritik qiymatdan ( 7,815) katta.
Demak, diagramma va jadval ma’lumotlariga tayanib shunday xulosaga kelish mumkin. Tajriba guruhlarida olib borilgan tadqiqot ishlari nazorat guruhlarida olib borilgan tadqiqot ishlariga nisbatan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlib, ularning samaradorligi Termiz shahridagi 9-umumiy oʻrta ta’lim maktabida 1.21 barobarga, ya’ni 13,73 foizga yuqori ekanligi isbotlandi.
Uchinchi bob bo’yicha xulosa
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida orfografik mashqlarni tahlil qilishda interfaol metodlardan foydalanish ko’nikmasining rivojlanganlik darajasidan samarali foydalanish yo‘llarini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlari uch (asoslovchi, shakllantiruvchi va yakunlovchi) bosqichda amalga oshirildi. Tajriba-sinov ishlari 2021-2022, 2022-2023-o‘quv yillari mobaynida Surxondaryo viloyatining Termiz shahar xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 9-umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari bilan olib borildi. Tajriba-sinov ishlarida jami 64 nafar respondent-o‘quvchi ishtirok etdi. Ularning 37 nafari tajriba va 27 nafari nazorat sinflari tarkibiga jalb qilindi.
Olib borilgan tadqiqotda olingan ma’lumotlarning qayta qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlari bosqichida boshlang’ich sinf o’quvchilarida orfografik mashqlarni tahlil qilishda interfaol metodlardan samarali foydalanishga mo’ljallangan ta'lim amaliyoti o‘quvchilarda o’z orfografik bilimlaridan o’rinli va maqsadli foydalanish dars samaradorligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatgan. Olib borilgan tadqiqot ishlarimiz natijasida boshlang’ich sinf o’quvchilarida orfografik mashqlarni tahlil qilishda interfaol metodlardan foydalanishning rivojlanganlik darajasi tajriba sinfida foizga oshgan.
Pirsonning 𝟀2 mezoniga asosan tajriba-sinov jarayonida har ikki guruhda o’qitish uslublari turlicha bo’lganligini tasdiqlovchi xulosaga kelindi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling