Salimova norbodom muxtorxon qizi оna tili va о’qish savоdxоniligi darslarini takomillashtirishda оrfоgrafik mashqlar о`tkazish


Faoliyat mamzunini tushunish va munosabat bildirish


Download 0.81 Mb.
bet42/49
Sana23.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1652341
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
Bog'liq
SALIMOVA NORBODOM YANGI Dissertatsiya2023 21.06

Faoliyat mamzunini tushunish va munosabat bildirish muayyan faoliyat yoki jarayonda ishtirok etishi hamda uning mohiyatini bilishi, tushunishi, bajara olishi va mazkur holat yuzasidan munosabat bildira olishi bilan izohlanadi.
Fikrlashning ijodiyligi va mustaqilligi shaxs nutqiy qobiliyatining yuqori rivojlanganligi, hayotiy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan muammolarga javob topa olish, muammoni yechishga yordam beradigan yo'llar, usullar, vositalar, qoidalar va ko'nikmalarni qidirish, ularni tanlash hamda mazkur faoliyatda ulardan oqilona foydalana olish tushuniladi.
Fikrning tizimliligi va aniqligi shundan iboratki, bunda o’quvchi tomonidan mashg’ulotlarda bildirilayotgan mulohazalarni muayyan tartibda, ichki bog'lanish va munosabatlarda aks etishi, shuningdek nazariy va amaliy ko'nikmalarni shaxs tomonidan tizimli o'zlashtirilishi tushuniladi.
Sog'lom turmush tarziga rioya qilish, ya'ni turmush tarzining sog'lomlik darajasi va insonning o'z-o'zini sog'lomlashtirishi uning fikrlashini, ongini rivojlantiradi.
Kirishuvchanlik va faollik, qiziqishlarning barqarorligi shaxsiy sifat tarzida atrof muhit va ichki olam harakatini tashkillashtirishdir. O’quvchining muloqotchanlik qobiliyatining yuqoriligi hamda birgalikda hamkorlikdagi faoliyatga tayyorligini aks ettiradi.
Mazkur ko'rsatkichlar asosida o'quvchilarning yozma va nutqiy qobiliyatini namoyon bo'lishining turli darajadagi tavsifiy belgilari aniqlashtirildi.
1. “A’lo” daraja mezonlari: o'quvchining o'z kuchiga va imkoniyatlariga ishonishi, shaxsiy tashabbuskorligi, fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi, nutqning boyligi, yo’zma savodxonligi, fikrning mazmundorligi, sog'lom turmush tarziga oid nazariy va amaliy bilimlarga egaligi, shaxsning o'z faoliyatini mustaqil va tizimli tashkillashtira olishi, muloqotchanlik ko'nikmalariga egaligi, birgalikda hamkorlikdagi faoliyatga tayyorligi, axloqiy sifatlarning yuqori darajada aks etishi.
2. “Yaxshi” daraja mezonlari: mustaqil fikrlay olish, shaxs faolligining rivojlanganligi, yozma savodxonligi, nutqiy boyligi, vazifalarni bajarishning samarali usullarini tanlay bilishi, sodir bo'lgan voqea-hodisa yuzasidan mustaqil fikr bildirishi, muloqotchanlik ko'nikmalarining shakllanganligi, o'z-o'zini sog'lomlashtirishga intilishning mavjudligi, birgalikda hamkorlikdagi faoliyatga tayyorligi.
3. “Qoniqarli” daraja mezonlari: o’qituvchi va boshqalar yordamiga ehtiyojning mavjudligi, qaror qabul qilishda yaqqol mustaqillikning namoyon bo’lmasligi, aqliy qobiliyatni rivojlantirishga bo'lgan intilishning mavjudligi, o'quv vazifa va topshiriqlarni erkin o'zlashtirish, lekin ular orasidagi sabab-oqibat va bog'lanishlarni aniqlashda qiyinchilikka duch kelishi, hayotiy muhitni sog'lom tashkil etishga doir tushunchalarning mavjudligi bilan izohlanadi.
4. “Qoniqarsiz” daraja mezonlari: fikr yuritishdagi mustaqillikning yaqqol namoyon bo'lmasligi, muqobil fikrlarni e'tirof etishi, qo'yilgan vazifani mustaqil hal etishda qiyinchiliklarning mavjudligi, bildirilayotgan mulohazalarning mantiqan bog'lanmaganligi, shaxslararo munosabatlarning sust rivojlanganligi, birgalikdagi faoliyatga moyilligining yuqori emasligi, hayotiy turmush tarziga e'tiborning sustligi, odamlar orasida shaxsiy fikrini ochiq bayon qila olmaslik.
Aniqlovchi va ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlari jarayonida o’quvchilarda aqliy qobiliyatning rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan maxsus test va nutq tovushlarini o’ganishga bir necha orfografik mashqlar o’tkazishning texnologiyasi ishlab chiqildi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling