Salitsil kislota, o oksibenzoy kislota, o


Download 94.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.03.2023
Hajmi94.79 Kb.
#1302142
Bog'liq
Salitsil kislota - Vikipediya



Salitsil kislota
Salitsil kislota, o oksibenzoy kislota, o
karboksifenol, C₇H₆O₃ — oddiy aromatik
oksikislota, rangsiz kristall modda. Mol.
m. 138,12. Suyuqlanish temperaturasi
159°, qaynash temperaturasi 211°, Suvda
oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Tabiatda glikozid sifatida keng tarqalgan.
Salitsil kislotani spirtlar (fenollar) bilan
qizdirib, Salitsil kislota efirlari olinadi.
Anilin bilan reaksiyaga kirishganda
salitsilanilid hosil boʻladi. Salitsil kislota


sanoatda fenolni karboksillab sintez
qilinadi. Antiseptik xossaga ega
boʻlganligi uchun tibbiyotda va oziq-
ovqat, mevalarni konservalashda koʻplab
ishlatiladi. Analitik kimyoda ham
qoʻllanadi. Salitsil kislotaning metil,
izoamil, benzil, fenil kabi efirlari muhim
ahamiyatga ega.
Tibbiyotda antiseptik, ogʻriqni qoldiruvchi
vosita sifatida, sepma (2— 5%), surtma (1
— 10%), pasta va spirtdagi eritma (1 va
2%) holida ishlatiladi. Salitsil kislota va
sirka kislotaning murakkab efiri —
aspirin.
[1]


1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 27-Yanvar 2022, 14:08 da
tahrir qilingan.

Kimyoga oid ushbu maqola chaladir. Siz
uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/in
dex.php?title=Salitsil_kislota&action=edi
t) Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Salitsil_kislota&oldid=247
7830" dan olindi


Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 94.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling