Salmonella. Clostridium botulinum reja: Kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va patogenlik
Download 210.95 Kb. Pdf ko'rish
|
12-MA\'RUZA (1)
12-MAVZU: INFEKSIYA, ULARNING MANBALARI VA TARQALISH YO’LLARI.SALMONELLA.CLOSTRIDIUM BOTULINUM Reja: 1.Kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va patogenlik. 2.Infeksiya, uning manbai va tarqalish yo’llari. 3.Oziq-ovqat infeksiyasi. Oziq-ovqatdan zaharlanish. 4.Oziq-ovqat toksikoinfeksiyasi Tayanch so’z va iboralar: Pathogen, kasallik qo’zqatuvchi mikroorganizmlar, virulentlig, toksinlar, ekzotoksinlar va endotoksinlar, infeksiya Odam, hayvon va o’simliklarning kasalligini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar patogen yoki kasallik qo’zqatuvchi mikroorganizmlar deyiladi. Mikrobning patogenligi, ya’ni mos sharoitlarda organizmda kasallik hosil qilish potensial qobiliyati, turli darajada namoyon bo’lishi mumkin. Mikroorganizmlarning patogenlik darajasi uning virulentligi deyiladi. Mikroblar virulentligi tabiiy sharoitda kuchayishi yoki zaiflashishi mumkin. Patogen mikroorganizmlarning muhim xususiyati spetsifik moddalar – toksinlar hosil qilishidir. Toksinlarning ko’plari juda yuqori zaharlilikka ega. Patogen mikroblar ikki turdagi toksinlar – ekzotoksinlar va endotoksinlar ishlab chiqaradi. Ekzotoksinlar – oqsil tabiatli o’ta zaharli moddalardir. Ular mikroorganizm hayotligida atrof muhitga chiqariladi. Ekzotoksinlar tanlab ta’sir etish qobilyatiga ega, ya’ni ayrim organ va to’qimalarni zararlaydi. Bunday ta’sir o’ziga xos tashqi belgilarda namoyon bo’ladi. Ekzotoksinlar yuqori haroratga chidamsiz: ko’plarini 60-70 o С gacha qizdirilganda zaharlilik xususiyati kamayadi, qaynatganda esa ular parchalanadi. Shu bilan birga haroratga chidamli ekzotoksinlar ham mavjud. Endotoksinlar hujayra hayoti davomida atrof muhitga chiqarilmaydi. Ular mikroorganizm halok bo’lib avtolizga uchraganidan so’ng muhitga o’tadi. Endotoksinlar murakkab kimyoviy tuzilishga ega bo’lib, tarkiblarida polisaxaridlar, poliproteidlar saqlaydilar. Endotoksinlarning zaharlilik darajasi ekzotoksinlarga nisbatan past bo’ladi. Ularning tanlab ta’sir etish xususiyati ham ekzotoksinlarga nisbatan kuchsiz namoyon bo’ladi. Endotoksinlar haroratga nisbatan chidamli bo’lib, 80-100 o С haroratgacha qizdirilganida ham parchalanmasliklari mumkin. Download 210.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling