Salomatligi xizmati
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
PSR-tashxisot
Covid-19 maxsus laboratoriya uslublariga virus nuklein kislotasini aniqlash kiradi. PSR uslubi Covid-19 virusining RNKsini aniqlashga qaratilgan. Bemorning biologik suyuqliklarida SARS-COV-2 virusini aniqlashda ishlatiladi. PZR usuli bilan isitmasi chiqqan bemorlar, epidemiologik jiҳatdan noxush bo’lgan davlatlardan kelganlar, ҳamda muloqotda bo’lganlar tekshiriladi. Ushbu uslubning samarali bo’lishida, materialda viruslar borligini aniqlashda, bemorlardan olinadigan sinamalarning to’g‘ri va sifatli olinishi aҳamiyatga ega. 37 Olingan sinama materiallari laboratoriyalarga extiyotlik bilan, sanitariya-gigienik qoidalariga rioya qilingan ҳolda etkazilishi shart. Biomateriallarni olishdan tortib to laboratoriyaga etkazguncha tibbiyot xodimlari ҳimoya kostyumlarida bo’lishi shart. PZR Covid-19 (SARS – COV-2) o’tkazilishi kerak bo’lgan kishilar: - O’zbekiston Respublikasiga kirib kelgan chet el va O’zbekiston fuqarolari, ularda O’RVI belgilari bo’lsa; - Respirator belgilari kuzatilgan va Covid-19 ga shubҳa qilingan bemorlar yoki sog‘lom kishilar. - Covid-19 bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo’lganlar. - Pnevmoniya tashxisi bilan kelgan bemorlar. - 60 yosh va undan katta yoshda bo’lgan va ularda shamollash alomati kuzatilsa, PZR ga tekshiriladi. - Covid-19 infekstiyasi bilan muloqotda bo’lgan tibbiyot xodimlari. - Yopiq tashkilotlar ishchilari (internat, listey, qariyalar uylari, qamoqxonalar). O’tkir respirator infekstiya belgilari bo’lgan SARS – COV-2 RNK sini aniqlash uchun, tibbiyot muassasalariga murojaat qilganda, quyidagi epidemiologik ma’lumotlari bo’lgan shaxslar PZR usulida tekshiriladi: - murojaat qilguncha 14 kun mobaynida chet eldan qaytib kelganlar; - oxirgi 14 kun ichida Covid-19 tufayli tibbiy nazoratdagi kishilar bilan yaqin muloqotda bo’lganlar; - oxirgi 14 kun ichida Covid-19 laboratoriya usuli bilan tasdiqlangan bemor bilan yaqin muloqotda bo’lganlar; - Covid-19 bemorlari va ushbu kasalikka gumon qilinganlar biologik materiallari bilan muloqotda bo’lgan tibbiyot xodimlari; - tug‘ishgacha 14 kun oldin Covid-19 bilan kasallanganligi tasdiqlangan yoki unga gumon qilingan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlar. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling