Salomatligi xizmati
“stitokin bo’roni ” ni davolash
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
“stitokin bo’roni ” ni davolash:
Sitokin bo’roni - bu qonga stitokinlarning nazoratsiz chiqarilishi (IL-6, TNF, CPB, FNO va boshqalar) va T-limfostitlar-killer, makrofaglar, semiz ҳujayralari va boshqalar faollashadi. Bemorda doimiy va uzoq muddatli isitma kuzatiladi, tana ҳarorati 38-39 ° C va undan yuqori ko’tarilgan bo’lsa, terida gemorragik toshma, gepatosplenomegaliya va ko’plab organlar etishmovchiligi kuzatiladi. Bemorlarning ongi chalkash, nafas tez-tez (1 daqiqada 40-45 martadan ko’p) va tartibsiz bo’lib, bo’yin mushaklari nafas olishda qatnashadi. Qonda: leykopeniya, mutloq limfopeniya, trombostitopeniya va AlAt, AsAt qon fermentlari me’yorga nisbatan 4-5 marta ko’payadi. Qon tomirlari shikastlanishi xarakterli (kichik, o’rta arteriya va vena tomirlar) ko’p sonli tromblar paydo bo’ladi. Qonda giperkoagulyastiya ҳolati kuzatiladi. Sitokinli bo’ronni davolashda kislorodli terapiyadan (invaziv mexanik nafas oldirish va EKMO), antitromb terapiyasidan va natriy geparinni kuniga 30-40 ming birlikda tayinlash bilan antikoagulyant davosi olib boriladi. So’ngra past frakstiyali geparin qo’laniladi. Bunday xolatda, reopoliglyukin, yangi muzlatilgan qon plazmasi (antitrombin-III darajasini oshirish uchun) quyiladi. Glyukokortikosteroidlarni stitokin bo’ronlarida qo’llash biroz munozarali. Deksametazonning minimal dozasi, ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, tanadagi virusning tarqalishiga yordam beradi. Bemorlar odatda dastlab mexanik sun’iy nafas oldirish apparatiga ulanadi, agar u samarasiz bo’lsa, traxeya intubastiya qilinadi va invaziv mexanik nafas oldirishga o’tiladi. Ammo bu erda o’pkaning shikastlanish darajasini KT (kompyuter tomografiyasi) yordamida ҳisobga olish kerak, agar o’pkaning shikastlanishi III-IV darajali bo’lsa, u ҳolda invaziv mexanik ventilyastiyadan emas balki, bemorlarga EKMO usulini qo’llab oksigenastiya venoz-venoz, vena-arteriyal anastomozlaridan foydalaniladi. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling