61
ular
yotgan bokslar, palatalar,
bemorning idish-tovoqlari, chiqindilari yakuniy
dezinfekstiya qilinadi.
Yakuniy dezinfekstiya uchun xlor tutuvchi dezinfektantlardan
foydalanish
maqsadga muvofiq. Xonalar ҳo’l ҳolda quyuq dezinfektantlar bilan dezinfekstiya
qilinadi.
Bemor idish-tovoqlarini dezinfekstiya qilish uslubi. Bemorlarning
ovqatlanishi,
ovqat idish-tovoqlari, ularning qoldiqlarini zararsizlantirish
epidemiyaga qarshi kurash qoidalariga asosan olib boriladi. Bemor ovqatlangandan
so’ng idish-tovoqlari dezinfekstiya moddalariga solinadi va
keyinchalik sovunlab
yoki tozalovchi poroshoklar bilan yuviladi, ayrim ҳolda idish-tovoqlar qaynatiladi.
Ayrim ҳollarda bir marotaba ishlatiladigan idish tovoqlardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Ovqat beruvchi xodim dezinfekstiyalovchi moddalar bilan ta’minlangan
bo’lishi shart.
Ҳar bir kasalga individual idish-tovoq ishlatiladi va ovqatlangandan so’ng
dezinfekstiya qilinadi.
Chiqindilarning dezinfekstiyasi tibbiyot chiqindilari ҳamda bemorlardan
chiqqan biologik suyuqliklar (so’lak, balg‘am, siydik, axlat (fekaliy)
sanitariya-
epidemiologik qoidalarga binoan dezinfekstiya moddalari bilan tozalanib,
keyin
yo’qotiladi. Tibbiyot chiqindilari – V klassga mansub chiqindilar ҳisoblanadi va
instrukstiyaga binoan yo’q qilinadi.
Bemor predmetlarining dezinfekstiyasi. Bemorning ko’rpa-to’shagi,
choyshablari, sochiqlar bemor shifoxonadan tuzalib chiqsa yoki o’lsa dezinfekstiya
kameralariga topshiriladi.
Bokslarda, palatalarda yakuniy dezinfekstiya tadbirlari o’tkaziladi. Boks
mebellari, krovat, umivalnik, unitazlar dezinfekstiya moddalari bilan tozalanadi.
Covid-19 shifoxonalarda aerogen yo’l bilan yuqishi
tufayli aerogen epidemiyaga
qarshi rejim o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: