Саломлашаман. Навбатчи ахборотини тинглаш. Она тили куни ҳақида суҳбат


Download 23.47 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi23.47 Kb.
#1788145
Bog'liq
Оптиканинг отаси (3)


Оптиканинг отаси
Кириш
Саломлашаман. Навбатчи ахборотини тинглаш.
Она тили куни ҳақида суҳбат
Тил ҳақида шеър айтаман.
Ўқувчилардан сўрайман.
Азиз ўқувчилар, нима учун дарсни она тили ҳақидаги шеър билан бошладим?
Ўзбек тилига “Давлат тили” мақоми қачон берилган?
1989 йил 21 октябрда
“Давлат тили” мақоми берилгандан сўнг қандай ўзгаришлар содир бўлди?
Шу кунга қадар телевидениядаги кўрсатувларнинг аксарияти рус тилида олиб борилар эди. Йиғилишлар, иш қоғозлари ҳам рус тилида юритилар эди.
Конституцияда ўзбек тили ҳақида нималар дейилган?
4-модда. Ўзбекистон Республикасининг давлат тили ўзбек тилидир.
Тил ҳақида яна қандай маълумотларни биласизлар?
1. Oʻzbek tilida 50 millionga yaqin kishi gaplashadi.
2.Jahonning eng yirik 50 tilidan biri hisoblanadi.
3. Soʻzlashuvchilar koʻpligi boʻyicha qardosh tillar orasida esa 2-oʻrinda turadi.
4. Dunyo boʻylab 70 ga yaqin universitetda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqitiladi.
Тил ҳар бир миллатнинг кўзгуси, унинг ҳақиқий сарчашмасидир. Тил бор экан, миллат барҳаётдир. Тилни Онага қиёсланиши бежиз эмас, инсон ўз онасини кўрмасдан, унинг соф муҳаббатини, меҳрини туймасдан яшай олиши мумкин эмас. Бу фикримизнинг исботи сифатида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев қуйидаги фикрларини келтиришимиз мумкин: «Кимда-ким ўзбек тилининг бор латофатини, жозибаси ва таъсир кучини, чексиз имкониятларини ҳис қилмоқчи бўлса, мунис оналаримизнинг аллаларини, минг йиллик достонларимизни, ўлмас мақомларимизни эшитсин, бахши ва ҳофизларимизнинг сеҳрли қўшиқларига қулоқ тутсин».
1989 йил 21 октябрь… Aйнан шу кунда ўзбек тилининг ҳақиқий жозибасини англашни бошлашга имконият берилди. Ўзбек миллати учун дунёга туйнук очилди.
Ўтилган мавзуни сўраш.
Ўқувчилар ўтган дарсимизда биз қайси мавзу билан танишган эдик?
“Koʻzlarimiz – eng aziz doʻstlarimiz” matnini o`qish. Topshiriq . Toʻliq va toʻliqsiz feʼllar mavzusi bilan tanishgan edik.
Uyga vazifa. Berilgan iboralarning ma`nosini lug`atlardan, oila a`zolaringizdan aniqlab yozing.


O`quvchilarni 3 guruhga bo`lib olaman.

  1. Morfologiya

  2. Sintaksis

  3. Leksikologiya



1) Bu bosqichda guruh ichida yana guruh tashkil etaman. O`quvchilarga rangli qog`ozlar tarqataman. Har biri o`tilgan mavzu bo`yicha bittadan fikr yozadilar.


2)Moslashtiring
Ko`zi to`rt bo`lmoq-kutmoq
Ko`ziga cho`p solmoq-aldamoq, chalg`itmoq
Ko`ziga issiq ko`rinmoq-tanish
Ko`zi pishmoq-ancha o`rganmoq, tajribasi ortmoq
Ko`z tashlamoq-qarab qo`ydi
Ko`z yummoq-ko`rmaslikka olmoq


Yangi mavzu bayoni:
Matn eshittiriladi.


Savol va topshiriqlar ustida ishlash.
1. Rasmlarni diqqat bilan kuzating.
2. Qadimgi odamlarning yorug‘lik va insonning ko‘rish qobiliyati haqidagi tasavvurlari qanday bo‘lgan ekan?
Qadimgi olimlar odamning ko‘zi atrofga yorug‘lik tarqatishi, ko‘zdan chiqqan shu yorug‘lik jismlarga tegib ortga qaytganida narsalarni ko‘ra boshlash mumkin.
3. Musulmon olimi Ibn al-Haysam ko‘rish qobiliyati haqida qanday nazariyani ilgari suradi?
olim Ibn al-Haysamning nazariyasi qadimgi olimlar nazariyasini inkor etib, ko‘zdan nur chiqmasligini, quyoshdan taralgan nur jismlarga urilib, so‘ng ko‘zlar tomon yo‘nali shini ilgari surganini anglab, aytib berishi lozim.
4. Optik qurilmalar deganda qanday qurilmalar nazarda tutiladi?
Optika – yorug‘likning aks etish va sinish qonunlariga asoslangan asbob-uskunalarning umumlashma nomi. Bunday qurilmalarga: ko‘zoynak, linza, fotokameralar kiradi.
5. Hasan ibn al-Haysamni nima uchun “optikaning otasi” deb atashadi?
Tajribasi tufayli
6. Fotokameraning yaratilishiga turtki bo‘lgan tajriba haqida gapiring.
7. Hasan ibn al-Haysam o‘zining “Optika” kitobida ko‘z haqida qanday maʼlumotlarni keltirgan?
Olim ushbu kitobda ko‘z va uning tuzilishi borasida ham ko‘plab
tadqiqotlar, hatto ko‘zdagi nerv tolalarining suratlari ham berilganini tushunib, aytib bera olishi lozim.
8. Hasan ibn al-Haysam G‘arbda qanday nom bilan ataladi?
Javob: Ibn al-Haysam G‘arbda “Alhazen” nomi bilan mashhur bo‘lgan.


Topshiriq.
1.Qadimgi odamlarning ko`rish va yorug`lik haqidagi tasavvurlari.
2.Olimning ko`z va unig tuzilishi bilan bog`liq fikrlari.
3. Hasan ibn al-Haysam-optikaning otasi.
4. Hasan ibn al-Haysamning tajribasi.


Topshiriq.

  1. Ko`z-bebaho ne`mat.

  2. Ko`z nurining pasayishiga olib keluvchi odatlar.

  3. Ko`z nurini asrashga oid tavsiyalar.

  4. Ko`z uchun foydali mahsulotlar.



Topshiriq.



  1. Ibn al-Haysem qorong`i chodirning ichiga kirib, codir devoridan kichik teshik ochib qo`ydi. Olim undan kirgan teshikni o`rgana boshladi.

  2. Tajribalarning birida nur tashqaridagi tasvirni ichkariga olib kirayotgani ma`lum bo`ladi. Aynan mana shu kashfiyot tufayli 8 asrdan so`ng fotokamera ixtiro qilindi.

  3. “Optika” kitobida hatto ko`zdagi nerv tolalarining suratlari ham berilgan. Bular tibbiyotdagi ko`zning ichki tuzilishi chizilgan ilk suratlar edi.



Topshiriq.
Bu topshiriqda har bir guruhga 2 tadan gapning kesimini topib shaxs –sonini aniqlashni topshiraman.
Tasavvurda bo`lishgan-III shaxs, koplik.
Yorug`lik tarqatadi-III shaxs, birlik.
Ko`ra boshlaymiz-I shaxs, Ko`plik.
Xato ekanini aytadi-III shaxs, birlik
Chiqmaydi –III shaxs, birlik
Yo`l oladi-III shaxs, birlik


O`quvchilar nima uchun guruhlaringni morfologiya, sintaksis, leksikologiya deb nomlaganimni bilib oldilaringmi?


Смайликлар таркатаман


Guruhlarni balini e`lon qilaman.


O`quvchilarni baholayman.


Uyga vaifa beraman.
Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling