Samaradorligini oshirish maqsadida olib borilgan ishlar nazarda tutilgan
Download 423.37 Kb. Pdf ko'rish
|
47 Ergashev A.A. 332-337
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Parrandalar seleksiya manbai bo‘lib hizmat qiladi. Parrandalarning mahsuldorligini oshirishda naslchilik ishlarini ahamiyati juda katta. Parrandachilik sohasi bo‘yicha O‘zbekiston, MDH va xorijiy mamlakatlarda naslchilik ishlari rivojlanib bormoqda. Naslli parrandalar bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar naslchilik ishlarini yuritadi. Bunda yuqori darajadagi naslchilik xizmatini tashkil qilish talab qilishadi. Shuning uchun “Naslchilik” haqida qonun qabul qilingan va uning ahamiyati muximdir. Naslchilik va oddiy parrandachilik xo‘jaliklarida naslchilik ishlari turli usul va shakllarda amalga oshiriladi. Naslchilik ishlarining nazariy asoslari (o‘zgaruvchanlik, irsiyatlik, seleksiya belgilari o‘zaro bog‘liqligi va takrorlanishi) hisoblanadi. Parrandachilikda ham tanlashning turlari va shakllari muxim ahamiyatga ega. Tuxum va go‘sht yo‘nalishidagi parrandalarni bonitirovka Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 334 w www.oriens.uz March 2022 qilish, shuningdek nasldor xo‘rozlarni avlodlari sifatiga qarab baholash, maqsadli juftlash juda muxim hisoblanadi. Bunda juftlashning xillari va shakllari, shuningdek inbriding va geterozisdan foydalaniladi. Parrandachilikda naslchilik ishlarini olib borishda katta masshtabli seleksiyani qo‘llash, gala va zot bo‘yicha naslchilik ishlarini rejalashtirish, EHMdan naslchilik ishlarida foydalanish, naslchilik hujjatlarini yuritish, ko‘rgazmalarni tashkil qilish, seleksiya yutuqlari, zotlarni, liniyalarni va krosslarni takomillashtirish, dunyo genofondidan foydalanish parrandachilik seleksiyasida ilmiy-texnika ravnaqining asosiy yo‘nalishlari muxim ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo‘jalik parrandalarini urchitish usullari va ularni cha-tishtirish, parrandalarni nasldorlik, mahsuldorlik sifatlarini takomil-lashtirish, shuningdek parrandachilikda naslchilik ishlarini to‘g‘ri tashkil etish xo‘jalikning samaradorligini oshirishda muxim hisoblanadi. Download 423.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling