Samaradorligini oshirish qarshi davlat universiteti


Ta’lim metodlarini tanlash yo‘llari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1389183
1   2   3   4   5
Bog'liq
kasb-tanlashga-yo-llashni-o-qitish-metodlari-orqali-samaradorligini-oshirish

2.Ta’lim metodlarini tanlash yo‘llari. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagilar inobatga 
olinishi lozim:
zamonaviy didaktikaning yetakchi g‘oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy 
maqsadlari;
o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o‘ziga xosligi;
xususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga 
qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro aloqadorligi;
muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni; 
u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt;
o‘quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;
o‘quvchilarning darsga tayyorgarliklari;
o‘quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganligi, jihozlar, ko‘rsatmali 
qurollar, texnik vositalar mavjudligi;
o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi
pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;
o‘quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o‘rnatilganligi. 


48 
3.Darslarda kasb tanlashga yo‘llash ishlarining shakl va metodlari. Ta’lim jarayonida 
o‘quvchilarni turli xil kasblar bilan tanishtirish bo‘yicha muntazam ish olib borish ularni 
kasb tanlashga yo‘llashning muhim sharti hisoblanadi. 
O‘quvchilarni har bir jamoa xo‘jalik: tuman, shahar ishlab chiqarish muhiti orqali mehnat 
faoliyatining barcha turlari bilan tanishtirish mumkin, shuning uchun ham har bir mehnat 
ta’limi o‘qituvchisi maktabda o‘rganiladigan fan doirasidan tashqaridagi, maktab atrofidagi 
ishlab chiqarish muhiti bilan yaxshi tanish bo‘lishi lozim.
Masalan: Qarshi shahar maktablarida ishlayotgan mehnat ta’limi o‘qituvchisi 
metallarga mexanik ishlov berish darsida slesarlik ishlarini o‘tayotganda shaharning metall 
ishlab chiqaradigan zavodi bilan tanishtirishi mumkin. Shuningdek, o‘quvchilarning 
korxona bilan, ya’ni sanoat korxonasiga qachon nom berilgani, ishlab chiqaradigan 
mahsulotning nomi hamda asosiy kasb va ixtisosliklarning qisqacha ro‘yxatini tanishtirishni 
amalga oshiradi. 
Biroq o‘quvchilarni korxona bilan tanishtirish batafsilroq bo‘lishi mumkin. Bunda 
o‘quvchilarni asosiy ishlab chiqarish bo‘limlari (sexlar) bilan, ularning jihozlanishi, har bir 
sexning konkret mahsuloti, mazkur sexdagi kasb va ixtisoslarning to‘laroq ro‘yxati bilan 
tanishtirish lozim. 
O‘quvchilarning o‘quv ustaxonalaridagi texnikaga oid ishlari ularni ishchi kasbi bilan 
tanishtirish bo‘yicha katta imkoniyatlar yaratadi. 
Maktab ustaxonalari o‘z vazifasiga ko‘ra o‘quvchilar o‘quv mehnatini ishlab chiqarish 
bilan bo‘lgan aloqasini amalga oshiradi. O‘quvchilar o‘quv ustaxonalarida metallarga ishlov 
berish stanogida birinchi marta ishlaydilar, bu yerda ular materialga ishlov berish ustida 
dastlabki ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar, texnikaga oid fikrlashlari, ijodiy aktivligi 
va mustaqilligi ortadi, kasb haqidagi bilimlari chuqurlashadi va kengayadi.[A.2;3]. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling