Samaradorligini oshirish usullari


Download 309.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana16.02.2023
Hajmi309.16 Kb.
#1203468
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qurilish ob’ektlarining energetik samaradorligini oshirish usullari



75 
11-MAVZU. QURILISH OB’EKTLARINING ENERGETIK 
SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI 
Reja 
1. Energiyani iqtisodiy jihatdan tejaydigan binolar 
2. Energiya samarador binolarning afzalliklari. Energiya faol 
binolarning turlari 
 
Jamiyatni rivojlantirishning energetik istiqbollarini bashorat qilish natijalari 
bugungi kunda qurilish ob’ektlari energiya samaradorligini oshirishning ikkita 
muvaffaqiyatli yo`li borligini ko`rsatmoqda: 
1. Energiyani tejash (energiya iste’molini va energiya yo`qotilishini 
pasaytirish, shu jumladan energetik chiqindilarni utilizatsiya qilish); 
2. Yangilanadigan tabiiy energiya manbalarini jalb qilish (yoki yangilanadigan 
energiya manbalaridan foydalanish). 
Qurilish ob’ektlari energiya samaradorligini oshirish yo`llaridan biriga 
mahkam qaratilgan (orientirlangan) tadbirlar printsipial farqlanishlarga ega va 
energiya samarador binolarni ikkita sinfga ajratish imkonini beradi. 
Birinchi sinf – tabiiy muhit energiyasidan foydalanmaydigan binolar. 
Ikkinchi sinf – tabiiy muhit energiyasidan foydalanadigan binolar. 
Energiyani iqtisodiy jihatdan tejaydigan binolar – muqobil (alternativ) 
manbalarni qo`llamaydi, ya’ni tabiiy muhit energiyasidan foydalanmaydi, ularda 
energiya iste’mol qilinishini pasaytirish ta’minlanadi, bunda binolar muhandislik 
ta’minoti tizimlarini, tashqi muhit bilan energiya almashuvchanlik xarakterini va 
jadalligini aniqlovchi konstruktiv elementlar (tashqi to`siqlar, derazalar va 
sh.k.lar)ni takomillashtirish evaziga energiya iste’molini pasaytirishga erishiladi. 
Energetikada yo`qotishlarni qisqartirishga yo`naltirilgan arxitekturaviy yechimlarni 
maqbullashtirish (optimallashtirish) ham dolzarb masalalardan biridir (bunda 
hajmlarning kompaktligi oshiriladi, derazalar, ya’ni oynavandlanadigan yuzalar 
qisqartiriladi, tabiiy antropogen omillar – shamol, quyosh va sh.k.larning salbiy 
ta’sirlarini nivelirlaydigan shaharsozlik usullari va arxitekturaviy shakllardan 
foydalaniladi). 
Energiya faol binolar – hajmiy-tarhiy, landshaft-shaharsozlik, muhandis-
texnik, konstruktiv vositalarni qo`llashga asoslangan tadbirlar kompleksi vositasida 
qisman yoki to`liq (avtonom) energiya bilan ta’minlash maqsadida tashqi muhit 
(tashqi muhitning tabiiy-iqlimiy omillari)dan foydalanishga mo`ljallangan 
(orientirlangan) bunday tadbirlar arxitekturaviy shakllar va texnik tizimlarni tashqi 
muhit (quyosh, shamol, grunt va boshqalarning) ning energetik manbalariga 
orientirlashga qaratgan holda tashqi muhitning energetik potentsalidan foydalanishni 
nazarda tutadi. 

Download 309.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling