Samaradorligini oshirish usullari


b.  Energiya faol binolarning konstruktiv va hajmiy - tarhiy


Download 309.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana16.02.2023
Hajmi309.16 Kb.
#1203468
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qurilish ob’ektlarining energetik samaradorligini oshirish usullari

b. 
Energiya faol binolarning konstruktiv va hajmiy - tarhiy 
yechimlari 
 
Energiya faol binoning samarador hajmiy-tarhiy yechimida loyihalanayotgan 
binoning nafaqat o`lchamlari, konfiguratsiyasi, orientatsiyasi hisobga olinadi, balki 
fasadlarda to`siqlarning energiya faol uchastkalari bo`lishiga katta e’tibor qaratiladi. 
To`suvchi konstruktsiyalarning energiya faol uchastkalari sifatida, devorning nurli-
shaffof ekranli yaxlit uchastkasi, quyosh radiatsiyasi nisbiy o`tishining etarlicha 
yuqori qiymatlariga ega bo`lgan transformatsiyalanadigan issiqlik himoyalovchi 
pardalariga ega bo`lgan yorug`lik-shaffof to`siq, yorug`lik o`tkazish oralig`iga soya 
tushishi va issiqlik uzatilish qarshiligi ko`rib chiqilgan. Sutkaning qorong`i paytida 
issiqlik himoyalovchi pardalar deraza yorug`lik o`tish oraliqlari tekisliklarida ishchi 
holatni egallaydi va shu bilan bu oraliqning issiqlik o`tkazuvchanlikka qarshiligini 
oshiradi hamda binoning issiqlik yo`qotishini kamaytiradi. Energiya faol 
uchastkalarning issiqlik samaradorligini oshirish uchun yuzalarning belgilari 
kiritilgan: (S
x))
– uchastkalar yuzasi, (S
o)
– tashqi to`siqlarning umumiy yuzasi, bino 
foydali yuzasining jamlangan maydoni. 
Uchastkalarning issiqlik samaradorligi (P). kattalik nisbati bilan ifodalanadi
shunga izchil ravishda binolarning issiqlikni yo`qotishi energiya faol 
uchastkalarning( S
x)
yuzasi, ayniqsa, bino qavatlari soni o`sishi bilan yanada 
ko`payadi. Masalan, energiya faol to`siqlarga ega bo`lmagan besh qavatli binoda S
x

0,25 S
o
bo`lganda tashqi to`siqlar orqali energiya yo`qotilishi energiya faol 
to`siqlarga ega bo`lgan binolarga nisbatan 1,3 marta kamayadi. Energiya faol 


80 
konstruktsiya quyosh insolyatsiyasi tushadigan fasadning butun yuzasini egallashi 
mumkin. 1-qavatining N
qv
balandligi har xil bo`lgan inshoot eniga bog`liq bo`lgan 
S
x
/S
p
nisbat egri chizig`ining xarakteri shuni ko`rsatadiki, energiya faol 
konstruktsiyaga ega bo`lgan bino uchun energiya iqtisod qiluvchi binodan farqli 
o`laroq, issiqlik energiyasi sarflanishining inshoot eniga bo`lgan printsipial 
boshqacha bog`liqlikka ega bo`lishini kuzatish mumkin: inshoot eni kamayishi bilan 
energiya faol to`siqning S
x
solishtirma sirt yuzasi o`sishi evaziga inshootni isitishga 
sarflanadigan energiya miqdori kamayadi. Qavatining balandligi 3 m bo`lgan binoda 
uning eni 12 m.dan kamaya boshlaganda S
x
/S
p
nisbatning sezilarli darajada o`sishi 
kuzatiladi. 
Energiya faol yorug`lik o`tkazuvchi-shaffof to`siqlarning issiqlik samaradorligi 
hisoblash yo`li bilan aniqlanadi. Germetik(muhr) issiqlik himoyalovchi pardalarga 
ega bo`lgan janubiy fasad deraza oraliqlarini to`ldiruvchi konstruktsiyalar energiya 
faol yorug`lik o`tkazuvchi-shaffof to`siqlar sifatida ko`rib chiqilgan, bunday 
to`siqlar oqshom tushishi bilan yopiladi. Soya tushishi va quyosh radiatsiyasining 
nisbiy tushish koeffitsientlari mos ravishda 0,75 va 0,855 ga teng qilib qabul qilinadi. 
Shtorlarning issiqlik o`tkazuvchanlikka ko`rsatadigan qarshiliklari R = 0,5 va 0,75 
kv·ºC/Vt bo`lganda yorug`lik o`tkazuvchi shaffof to`siqlar musbat issiqlik 
muvozanatiga ega bo`ladi, ya’ni dekabr va yanvar oylaridan tashqari butun isitish 
davrida quyosh radiatsiyasidan tushadigan issiqlik miqdorining yig`indisi shu davr 
davomida derazalar orqali yo`qotiladigan issiqlik miqdori yig`indisidan ortiq 
bo`ladi. 
Yorug`lik 
o`tkazuvchi 
shaffof 
to`siqlarning 
ko`rib 
chiqilgan 
konstruktsiyalari yuqori energiya tejovchi sifatlarga ega bo`lib, ular derazalarga 
to`g`ri keluvchi binodagi umumiy issiqlik yo`qotilishining 20-50% ni 
kompensatsiyalaydi. 
Tashqi to`siqlarining yuzasi bo`yicha katta bo`lmagan (S
x
= 0,1 – So) energiya 
faol uchastkalardan va derazalarning tavsiya etiladigan konstruktsiyalaridan 
foydalanishning o`zi binoning issiqlik yuklamasini quyosh radiatsiyasi issiqligidan 
foydalanadigan energiya iqtisod qiluvchi binolarga qaraganda 15 -20% ga ko`proq 
pasaytirish imkonini beradi. 

Download 309.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling