Samaradorligini oshirish usullari


c.  Energiya faol binolarning yangi turlari


Download 309.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana16.02.2023
Hajmi309.16 Kb.
#1203468
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qurilish ob’ektlarining energetik samaradorligini oshirish usullari

c. 
Energiya faol binolarning yangi turlari 
 
Respublikamizning shimoliy rayonlari izg`irinli iqlim sharoitlari bilan 
xarakterlanadi. Binolarni isitish va ularni issiq suv bilan ta’minlash maqsadlarida 
sarflanadigan yoqilg`i hajmi «quyoshli» uy qurilishini keng rivojlantirish zarurligini 
oldinga suradi, bunga yuqorida zikr etilgan rayonlarning gelio energetik potentsiali 
etarli darajada shart- sharoit yaratadi. Mamlakatimizning shimoliy rayonlaridagi 
yakka tartibdagi turar-joy qurilishida energiya faol uylar yuqori issiqlik himoyasi 
talablarini qoniqtirmog`i lozim, ularga shisha paketlar yoki uch qavatli oynali 
derazalar (to`siqlar) o`rnatilgan bo`lishi kerak. Birinchi qavat xonalarini isitish 
masalasini yashash xonalari tagiga quyosh energiyasi bak- akkumulyatorini 
o`rnatish bilan samarali echish mumkin, bunda bak- akkumulyator past potentsialli 
issiqlik energiyasi manbai sifatida qo`llanadi. Yil davomida uzluksiz 
foydalaniladigan energiya faol binolarning issiqlik ta’minoti tizimiga issiqlik nasosi 
(issiqlik energiyasi potentsialini oshirish uchun) va qo`shimcha energiya manbayini 


81 
(nohush ob-havo sharoitlarining ancha uzoq davom etadigan davrlarida energiya 
tanqisligini yopish uchun) kiritish taqozo etiladi . 
Vertikal aylanish o`qiga va gelikoid tipli shamol energetikasi o`rnatmasiga ega 
bo`lgan aytarlik darajada katta bo`lmagan energiya faol yoki,aniqrog`i, shamol faol 
binolarning printsipial jihatdan yangi tiplarini ishlab chiqishda olimlar
mutaxassislar, muhandis-loyihalovchilar tomonidan ularning maqbul arxitekturaviy-
texnik yechimlari ustida izlanishlar, ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Katta 
bo`lmagan shamol faol binolar deganda, shunday binolar tushuniladiki, ular hech 
bo`lmaganda o`z ustiga o`rnatiladigan bitta vertikal o`qli gelikoidli bir-yoki ikki 
yarusli shamol o`rnatmalari yordamida foydalanish uchun talab etiladigan butun 
energiyani olishga qodir bo`lishi va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq issiqlik 
gelio tizimini o`zida namoyon etmog`i lozim, bunda bir qator ishlab chiqarish 
binolaridagi yuqori texnologik energiya sarfi hisobga olinmaydi, mazkur shamol 
o`rnatmasi qaralayotgan shamol texnikasi tipi uchun maqbul generator quvvatiga 
(30-50 kVt dan kam bo`lmagan) ega bo`lishi kerak. 
Tavsiya etilayotgan ob’ektlar,hozircha, binolarga qaraganda ko`proq energetik 
inshootlarga asoslashmoqda, ular hattoki ko`pchilik mutaxassislar tomonidan 
qandaydir skeptitsizm (ishonchsizlik va shubha ostida qarash) bilan qabul qilinyapti. 
Shu bilan birgalikda ko`rib chiqilayotgan qurilishga talab va ehtiyoj shunday 
vaziyatda paydo bo`ladiki, qachonki mumkin bo`lgan energiya samaradorlikka va 
binolarning ekologik tozaligiga maksimal erishish ustivor vazifaga aylansa. 

Download 309.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling