Samarali usullari. Unli va undosh harflar talaffuzi va imlosidagi farqlar
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqo-zbek-tilida-imloviy-savodxonlikni-oshirishning-samarali-usullari-unli-va-undosh-harflar-talaffuzi-va-imlosidagi-farqlar
__________________________________________________________________________________
64 chetdan, ya’ni rus-yevropa tilidan kirgan so’zlarda boshqacha talaffuz qilinyapti, ammo o harfi yozilyapti. Shu qoidani eslab qolish kerak va chetdan kirgan so’zlarni yozishda o harfini yozilishiga alohida e’tibor berish kerak. Ayrim payt yonma-yon unlilar kelgan so’zlarda ular orasiga bir y harfini qo’shib qo’yishadi yoki unlining biri tushib qoladi. Bu ham imloviy xatoliklarning ko’p uchraydigan turidir. Masalan oila, biologiya, moil, shoir, doir, tabiat, shariat so’zlarda talaffuzda bir y tovushi ortsa ham, yozuvda yozilmasligi kerak. Tabiyat, shariyat deb yozib qo’yilsa, xato hisoblanadi. [3] Ba’zan mutolaa, manfaat, murojaat, taassurot, taajjub, mudofaa, inshoot, tabiiy, badiiy kabi so’zlarda esa yonma-yon kelgan unlining biri talaffuzda tushib qoladi, ammo yozuvda, albatta, yozilishi kerak. Ayrim payt I harfi u tarzida talaffuz qilinishi ham mumkin. Misol uchun kulgi, qorong’i so’zlarda I harfi yozilishi kerak. Yuqoridagi kabi aytilganidek yozilmaydigan unli tovushlar va yozilganidek aytilmaydigan unli harflar „aldoqchi tovushlar“ ham deb yuritiladi. [4] Chunki bunday tovushlar talaffuzi va imlosi bir xil bo’lmaganligi bois, yozishda insonlarni chalg’itadi. Unlilar kabi undosh harflarni ham yozishda ayrim qiyinchiliklar bor. Chunki undosh harflar orasida ham talaffuzi va imlosi mos kelmaydiganlari mavjud. Shu bois endi shunday undosh harflar to’g’risida fikr yuritamiz. Masalan b harfi kitob, yuzlab, kelib, odob, borib so'zlari oxirida jarangsiz kabi p aytilsa ham, b yoziladi; qibla, tobla kabi so'zlarda esa ba’zan v aytilsa ham, b yoziladi. V harfi esa chetdan, ya’ni rus-yevropa tilidan kirgan avtobus, avtomat, avtomobil kabi so’zlarda f kabi talaffuz qilinadi, lekin v shaklida yozilishi kerak. F harfi esa ,aksincha Afg’oniston, afzal, lafz kabi so’zlarda v shalida aytiladi, ammo f shaklida yoziladi. Shu o’rinda biz ko’p duch keladigan xavf va afv so’zlari yozilish im- losini ham eslab qolish kerak. Chunki bu so’zlarning talaffuzida ozroq o’zgarish bo’ladi. D harfi ba’zan t shaklida aytiladi, masalan, bod, savod, marvarid, zavod, pud, sud, badqovoq, daromad, kamomad, tadqiqot kabi so’zlarida. Biroq bu so’zlarda ham d o’z holicha yozilishini eslab qolishimiz kerak. Z harfi iztirob, izquvar, bo'zchi, tuzsiz kabi so'zlarda jarangsiz undoshdan oldin s aytilsa ham, z yoziladi. N harfi ham ba’zan ayrim b va m harfidan oldin kelgan holatlarda m aytilsa ham, n yozilishi kerak: shanba, yonbosh, jonbozlik, tanbal, tanbur; yonma-yon, ko'rinmaslik, manman kabi so'zlarda. Ayrim payt esa yonma-yon kelgan undoshlardan biri talaffuzda tushib qoladi, lekin imloda yozilishi shart. Bunday so’zlarda misol qilib o’z qatlam va o’zlashma qatlamdagi so’zlarni keltirish mumkin. Masalan, baland, Samarqand, poyezd; do'st, past, artist, g'isht, dastxat, musht kabi so’zlarda bu hol ko’p uchraydi. Ba’zan metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi o'zlashma so'zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so'zga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo'shilsa, so'z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall+lar=metallar, kilogramm+mi=kilogrammi kabi. [5] So’z o’rtasida kelgan qo’sh undoshlar ham ba’zan bir undoshdek talaffuz qilinadi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi. Masalan, million, artilleriya, komissar, intelletual, mutaxassis. Bu so’zlar asosan chetdan kirib kel- gan. Undosh harflar imlosida ko’pchilikni qiynaydigan yana bir harflar bu h (bo’g’iz undoshi) va x ( chuqur til orqa undoshi) harflaridir. Bu ikki harfni ko’pchilik adashtirib qo’yadi va imloviy xatolikka yo’l qo’yadi. Bunday xatolikka yo’l qo’ymaslik uchun esa ularning har birini ishlatilish o’rnini yaxshilab bilib olish kerak. Quydagi ishlatilish qoidalarini eslab qolish kerak: 1. – h tovushi o’zbek tiliga arab tilifdan kirib kelgan bo’lib, yumshoqroq talaffuz etiladi, shuning uchun sezilar-sezilmas darajada eshitiladi. Ba’zan so‘zlayotganda so‘z tarkibidan tushib ham qoladi: xohlamoq – xo- lamoq; fahm–fam; halol, gunoh. 2. – x undoshi ko’proq fors-tojik tilidan kirgan so’zlarda ishlatilib , qattiq talaffuz etiladi, shuning uchun tushib qolishga moyil emas, aksincha, ba’zi shevalarda q ga o‘xshash xususiyatga ega bo‘ladi: xalq – qalq; xulq – qulq; mix–miq; [6] 3. – rus-yevropa so‘zlarida, ko‘pincha, x harfi yoziladi: texnika, xirurg, arxiv, arxitektor, arxeolog, arxeologiya, xokkey va boshqa so’zlarda. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, to’g’ri va xatosiz yozish har birimiz uchun muhimdir. Buning uchun esa, avvalo, tovushlarning talaffuzi va imlosidagi farqlarda yaxshilab o’zlashtirishib olishimiz kerak. Chunki har- flarni to’g’ri yozish imlo qoidalarining dastlabkisi hisoblanadi. Bu qoidalarni bilmasdan turib xatosiz yozishimiz mushkul. Shuning uchun yuqoridagi kabi qoidalarni o’zlashtirib olish darkor. Фойдаланилган адабиётлар: 1. UMUMIY SAVODXONLIK. SAVODXONLIK SO'ZINING MA'NOSI //MYWORDWORLD.RU 2. E.A.Begmatov, A.P.Madvaliyev. O’zbek tilining imlo lug’ati.–Toshkent: Akademnashr. 2013. – b.10. 3. E.A.Begmatov, A.P.Madvaliyev. O’zbek tilining imlo lug’ati.–Toshkent: Akademnashr. 2013. – b.11. 4. Baxtiyor Mengliyev, Sharofat Toshmirzayeva, Saodat Atoyeva, Saida Majidova Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11- sinfi uchun darslik. Toshkent:O’qituvchi“ 2020. – b.9. 5.E.A.Begmatov, A.P.Madvaliyev. O’zbek tilining imlo lug’ati.–Toshkent: Akademnashr. 2013. – b.12. 6. N.MAhmudov, A.Sobirov, SH. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva , D. Mannopova. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-sinf uchun darslik. –Toshkent. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2020. – b.87. ESHQULOV SUNNATILLA ABDULLA O’G’LI – GulDu Lingvistika (o’zbek tili) yo’nalishi 2-kurs mag- istranti. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling