I.V.Vachkovning psixologik o’yinlari va mashqlari14.
Taklif etilayotgan mashqlar o’quv kursi materialini o’zlashtirishda hamda samarali muloqot qilish ko’nikmalarini, bo’lg’usi ijtimoiy ishchilarga kerak bo’ladigan shaxsiy sifatlarni rivojlantirishda talabalarga yordam berishga qaratilgan. SHaxsni shakllantirishning muhim sharti bo’lgan o’zini-o’zi anglash rivojiga yordam beradigan o’yinlarga alohida e`tibor berilgan.
“Kasbning muhim belgilar” mashqi
O’qituvchi talabalarga o’zlari oldindan biladigan “ijtimoiy ish” kasbining belgilarini aytishni taklif etadi. U ularni doskaga yozadi. Keyin, muhokamadan so’ng, ro’yxatga o’qiyotganlar tomonidan aytilmagan belgilarni qo’shib qo’yadi va ulardan har birining ma`nosini tushuntiradi. SHundan so’ng o’qituvchi talabalarga daftarlarida har bir belgiga rasm chizishni (“piktogrammalar” uslubiyati) taklif etadi. To’rtta-beshta eng muhim belgilar bilangina chegaralanish mumkin.
1. Ijtimoiy ish kasb sifatida qachon paydo bo’lgan?
2. Ijtimoiy ishni qanday ehtiyoj kasb sifatida tan olishga sabab bo’lgan?
3. Ijtimoiy ish xodimi faoliyatining asosiy yo’nalishlarini ochib bering?
4. Ijtimoiy ish etikasi fani nimani o’rganadi?
5. Ijtimoiy ish etikasi fanining maqsadi nima?
6. Ijtimoiy ish etikasi fanining oldida turgan vazifalar nimalardan iborat?
7. Ijtimoiy ish etikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushuntirib bering?
1. Insoniylik, insonparvarlik, inson haqida g’amxo’rlik...
A)Gumanizm
B)Al’truizm
V)egoizm
2. Voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma`naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan falsafiy tushuncha...
A)Qadriyat
B)Qobiliyat
V)Madaniyat
3. Insonning individual salohiyati, imkoniyatlari, shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati...
A)Qobiliyat
B)Qadriyat
V)Madaniyat
Do'stlaringiz bilan baham: |