Samarkand davlat universiteti
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ta`minot
- Ijtimoiy yordam va qo’llab-quvvatlash
- Ijtimoiy reabilitatsiya
Ijtimoiy himoya deganda yoshi, jinsi, millati,mahzabidan qat`iy nazar, respublika fuqarolarining to’laqonli hayot kechirishini ta`minlashga qaratilgan davlat siyosati tushuniladi. Ijtimoiy himoya choralariga fuqarolarning ijtimoiy ta`minoti, ularga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam va ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlari kiradi.
Ijtimoiy ta`minot – alohida olingan fuqaro, fuqarolar toifasiga boshqalar qatori teng imkoniyatlar berish orqali to’laqonli hayot kechirishini ta`minlashga qaratilgan va Davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuiga aytiladi. Ijtimoiy ta`minot choralariga fuqarolarning pensiya ta`minoti, bepul protez-ortopediya mahsulotlari, reabilitatsiya texnik vositalari – nogiron aravachalari, eshitish moslamalari, xassa va qo’ltiq-tayoqlar bilan ta`minlash, bepul sanator sog’lomlashtirish choralari, turli xil imtiyoz va kafolatlarni etkazish, fuqarolarga ko’rsatiladigan bepul tibbiy xizmat, bepul ta`lim olish kabi choralar kiradi. Ijtimoiy yordam va qo’llab-quvvatlash - muayyan vaqtda ob`ektiv qiyin sharoitga tushib qolgan fuqarolar, oilalarga shu qiyin sharoitdan chiqib ketish uchun Davlat tomonidan vaqtinchalik ko’rsatiladigan yordam chora-tadbirlari kiradi (kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam, voyaga etmagan farzandlari bor muhtoj oilalarga nafaqalar va hokazolar). Ijtimoiy reabilitatsiya– kasallik yoki jarohatlar asoratlaridan nogiron bo’lib qolgan fuqarolarni faol ijtimoiy munosabatlarga jalb qilish, ularning jamiyatga integratsiyasini ta`minlash choralariga aytiladi. Ijtimoiy himoya chora-tadbirlari: Pensiya ta`minoti; Imtiyoz va kafolatlar; Bepul protez-ortopediya mahsulotlari; Bepul reabilitatsiya texnik vositalari (nogiron aravachalari, eshitish moslamalari, xassa va qo’ltiq-tayoqlar); Bepul sanator sog’lomlashtirish; Ijtimoiy xizmat ko’rsatish: o’z uyida – 30 ming yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlar; tibbiy-ijtimoiy muassasalar – «Sahovat» va «Muruvvat» uylarida qariyb 8 ming nafar keksalar va nogironlar. Mamlakatimizda ijtimoiy ta`minot va uning huquqiy tizimlari barpo etilishi shartli ravishda bir necha bosqichlarga bo’linadi: Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling