Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet23/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   137
Tayanch iboralar
Ijtimoiy himoya, «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturi, asosiy yo’nalishlar, amalga oshirilgan chora-tadbirlar, muammo va kamchiliklar, qilinishi lozim bo’lgan ishlar, davlat byudjeti mablag’larining yo’naltirilishi, xayr-saxovat, homiylar, qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari, yillarga nom berish, siyosat, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy siyosat yo’nalishlari, ijtimoiy siyosat mexanizmi, ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish aloqadorligi, tashkiliy-yo’naltirish, kadrlarni ijtimoiy yo’naltirish.
Hozirgi vaqtda respublikada ijtimoiy himoya va qo’llab-quvvatlash faoliyati turli soha mutaxassislari - sotsiologlar, psixologlar, pedagoglar, huquqshunslar, tibbiyot xodimlari va boshka soha vakillari tomonidan amalga oshirilmokda.
Jahon amaliyotida ijtimoiy ish kasbiy faoliyati olib borishning ulkan tajribasi to’plangan. Bu borada mamlakatimizdagi tajriba ham kam emas. Biroq mamlakatda hozirgi ijtimoiy holat ijtimoiy faoliyat kontseptsiyasining asoslanishini va uni amaliyotga tatbiq etilishini talab qiladi. Hayot ijtimoiy texnologiyalarni, ijtimoiy ish olib borish va tashkil etishning tushunarli va ishonchli usullarini ishlab chiqishni talab qiladi. Jahon tajribasi ko’pchilik mamlakatlarda ijtimoiy ish xodimlari faoliyatini hisobga olmay turib, davlatning ijtimoiy taraqqiyot dasturini ham, ijtimoiy siyosatini ham amalga oshirib bo’lmasligini ko’rsatmoqda. Kishilar na o’zlari, na oilasi va na do’stlari bas kela oladigan muammolarga tobora ko’prok duch kelmoqda. Buning uchun aloqida kasbga ega kishilar - ijtimoiy ish xodimlarini talab etadi.
Ham kasb va ham fan sifatida ijtimoiy ish integral xususiyatga ega. Ijtimoiy ish paydo bo’lgan davrdan boshlab bu ish bilan pedagoglar, psixologlar, tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislar shug’ullandilar, ijtimoiy ish nazariyasi turli ilm sohalari tutashgan joyda yuzaga keldi.
Ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy ish inson va jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlariga borib taqaladi. Tabiiy-ruhiy shijoatda, o’zini boqa olmaydiganlarga g’amxo’rlik qilishda ifodalangan ijtimoiy yordamning ilk ko’rinishlari har xil jamiyatlar, shakllangan an`analar uchun xosdir. Qadimgi Misrda ibodatxonalarda diniy yordamlar berilgan, och kishilarga non bepul tarqatilgan. Qadimgi Gretsiyada, so’ngra Qadimgi Rimda nochorlashgan qatlam orasida non, kiyim, pul tarqatishda aks etgan filantropiya g’oyasi rivojlandi. Qadimgi slavyanlarda turli an`anaviy belgilar bilan diniy qo’llab-quvvatlash, urug’, oila, aholi doirasida ijtimoiy - urug’doshlik. shuningdek xo’jalik yordami, o’zaro yordam ijtimoiy himoyaning asosiy shakllari bo’lgan.
SHarqda ijtimoiy yordamning jamoaviy tuzilmasi va o’ziga xos mexanizmi yuzaga keldi. Har bir kishi o’zi mansub bo’lgan an`anaviy tuzilmalar himoyasi ostida bo’lishi uning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bu tuzilmalar o’z a`zolarini qo’llab-quvvatlaydigan oila va jamoadan iborat bo’ladi. Jumladan, O’rta Osiyo hududidagi qadimgi jamoa tarbiya, ishga joylashtirish, bo’sh vaqtni o’tkazish singari muammolarning katta qismini hal qilardi va shaxs, oila, guruh darajasida ijtimoiy qo’llab-quvvatlay­digan o’ziga hos jamoaviy markaz hisoblanar edi.
Muqaddas "Avesto" kitobi ijtimoiy tadbirlar tizimi haqida fikr yuritish imkonini beradigan birinchi yozma manba hisoblanadi. Unda zardushtiylik dinini qabul qilgan davlatlarning tuzilmasi va ijtimoiy siyosati haqida ma`lumotlar bor. Maqsadli yordam ko’rsatish usuli sifatida xayriya oddiy fuqarolar uchun o’zini tutishning xarakterli an`anaviy qoidalari hisoblangan, ruhoniylar va diniy tashkilotlar zimmasiga esa ijtimoiy xizmatlar - qo’llab-quvvatlash, yordam ko’rsatish, xayriya tadbirlarini o’tkazish yuklangan. Hukmdorlar, boy fuqarolar, ibodatxonalar xayriya tushliklarini uyushtirgan hamda faqir va nochor hamyurtlariga xayr-ehsonlar tarqatgan. Jamoalarda umumiy jamoaviy jamg’arma hisobidan muhtoj oilalar moddiy qo’llab-quvvatlangan.
O’rta Osiyo halqlari tarixidagi musulmonchilik davri ruhoniylarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini davom ettirdi va boyitdi. Masjidlarga hamda ijtimoiy-diniy hamjamiyatlarga ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va ko’mak berish vazifalari yuklandi. Ijtimoiy yordam turlari yakka tartibdagi va jamoaviy shakllarga ega edi. Har kimning Islom dininiig asosiy farzlarini bajarishi yakka tartibdagi yordamning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi, xayr-ehson tarqatish, muhtojlarga moddiy yordam berish shular jumlasidandir. Hashar - jamoa yordami, xayr-ehson tarqatish, tibbiy ko’mak, maxsus bepul kasalxonalarni tashkil etish jamoaviy yordam shakllari orasida eng keng tarqalgan turi hisoblanadi.
YOrdam berishga intilish insonga xos fazilat ekanini qayd etish zarur. Insonning diniy burchi, muhtojlarga insonparvarlik xizmatlari ko’rsatish tizimi sifatida ijtimoiy yordam va xayriya barcha jahon dinlarining asosida yotadi.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling