Samarkand davlat universiteti
G’arbiy Evropa va AQSHda ijtimoiy ishning kasb sifatida qaror topishi
Download 3.33 Mb.
|
G’arbiy Evropa va AQSHda ijtimoiy ishning kasb sifatida qaror topishi
Xristian dini tarqalishi bilan ijtimoiy masalalarga doir normativ- hujjatlar qabul qilindi. 347 yilda Sardukiy bosh cherkovida (G’arbiy va SHarqiy Rim imperiyasi chegarasida) faqirlar, etimlar, bevalar va musofirlarga yordam ko’rsatish bo’yicha o’n ikkita qoida qabul qilindi. SHu bilan birga ushbu qoidalarda xayr-ehson tarqatishda, faqirlarni ovqat bilan ta`minlashda o’z aksini topgan boshpana va oziq-ovqat berish tizimi ustuvor o’rin egallaydi.18 Rossiyada ijtimoiy himoya davlat tizimining qaror topishi 1701 iilda imperator Pyotr I tomonidan «Avliyo Patriarx uylarida g’ariblar, kasallar va qariyalarni aniqlash to’g’risida» Farmoni qabul qilinishidan boshlandi. Imperator Pyotr I davrida birinchi etimxonalar paydo bo’ldi jamiyatga davlat tomonidan faqirlarni ajratish va har bir alohida toifa bo’yicha g’amxo’rlik ko’rsatish bo’yicha choralar qabul qilish yuklandi. G’arbiy Evropa mamlakatlarida XVI-XVII asrlarda ijtimoiy yordam davlat tizimi rasmiylashtirilishi davlat rolining oshishi va ayni bir vaqtda xristian cherkovi faolligining pasayishi bilan izohlanadi. Jumladan 1529 yilda Germaniyada nochorlarga yordam to’g’risida Gamburg ustavi, 1682 yilda esa davlat ta`minoti chora-tadbirlari to’g’risidagi farmon qabul qilinadi. Angliyada 1531 yilda nochorlarga yordam berish to’g’risida qonun qabul qilinadi, 1572 yilda faqirlarga yordam ko’rsatish uchun umummilliy soliq joriy etiladi. 1601 yilda Angliyada qabul qilingan Kambag’allik to’g’risidagi qonunda muhtojlarga moliyaviy yordam berishga urg’u berildi. Bu qonun mazkur sohada qonunchilikni rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qildi va hukumatning inson ehtiyojlari uchun javobgarligi shakllanishida burilish yasadi. Faoliyat turi va kasb turi sifatida ijtimoiy ish kelib chiqishining tarixiy doiralarini u yoki bu darajada aniqroq belgilab olish mumkin. Jumladan, ko’pchilik tadqiqotchilar uni sanoat rivojlangan boshlang’ich davrga kiritmokda. XVIII asr oxiri - XIX asr boshida G’arbiy Evropa va Amerika mamlakatlari sanoatida tub burilish davri boshlanib, ishlab chiqarish texnik jihatdan takomillashibgina qolmay, balki ijtimoiy muammolarning keskinlashishiga, ijtimoiy tabaqalashuvning kuchayishiga, jinoyatchilik va ishsizlikning o’sishiga olib keldi. Ijtimoiy muammolarning keskinlashishi qashshoqlar muammosi kelib chiqishiga olib keldi, bu esa jamoatchilik tomonidan haqli ravishda barqarorlikka va tartibga tahdid sifatida qabul qilindi. Bu holat nafaqat Evropa va Amerika mamlakatlarida ijtimoiy sohadagi munosabatlarni tartibga soladigan ijtimoiy qonunchilikning paydo bo’lishiga, balki aholining turli guruhlarini empirik o’rganishga olib keldi. XIX asr boshida aholi ro’yxatga olina boshlandi, turli ijtimoiy muammolar tekshirildi, tahliliy ifodalab berildi. Biroq XIX asr oxiridagina ijtimoiy islohotchilar va xayriya tashkilotlari etakchilari nochorlarga yordam ko’rsatadigan odamlar maxsus tayyorgarlikdan o’tishi kerak degan xulosaga keldi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida pozitivizm va liberalizm vakillari qarashlari sanoati rivojlangan mamlakatlarda shaxsning maqbul hayot kechirishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib bera olmaydigan davlatning shaxs oldida javobgarligi va ma`naviy burchi to’g’risidagi tushuncha paydo bo’lishiga ko’maklashdi. Ijtimoiy ish rivojlanishida uch bosqichni ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchi bosqich ijtimoiy ishning kasb sifatida qaror topishi bilan ifodalanadi. Ikkinchi bosqich XX aerda SHimoliy Amerika va Evropada ijtimoiy ish kasbining ijtimoiy institutga aylanishi bilan ifodalanadi. Uchinchi bosqich ijtimoiy ishning butun dunyo bo’ylab tarqalishi bilan ifodalanadi. XIX asrda ijtimoiy ishning kasb turiga aylanishi Evropa mamlakatlarining tez sanoatlashishi va urbanizatsiyasi tufayli ijtimoiy muammolarning keskinlashishidan tashvishga tushgan filantropik jamiyatlar faoliyatiga borib taqaladi. Odamlar hech bir maxsus tayyorgarliksiz xayriya bilan shug’ullanganlar. XIX asrning birinchi yarmidayoq bu sohada diniy arboblar va xususiy shaxslar bilan hamkorlikda ijtimoiy muammolarni yumshatishga intilgan kuchli ijtimoiy tashkilotlar paydo bo’la boshladi. 1866 yilda SHvetsiyaning Stokgol’m shahrida Homiylik Ijtimoiy Uyushmasi tashkil etildi. 1869 yilda Londonda ko’rsatilayotgan yordamni muvofiqlashtiruvchi Xayriya jamiyati tashkil etildi (The Charity Organization Society).
g AQSHda ijtimoiy ishning kasbga aylanishi muhtojlarga xayr-exson qilish ortishiga olib keldi. Diniy, dunyoviy, tadbirkorlik, kungilli, xukumat guruxlari va boshka muhtojlarga yordam ko’rsatuvchi guruxlar nochor odamlarga mablag, oziq-ovqat, dori-darmonlar va boshpana ajratdi. 1890 yillar boshida yirik shaharlarda xayriya tashkilotlari faoliyatini yo’lga soluvchi jamiyatlar ochildi. Ular shahar hokimiyati vakillari, tadbirkorlar, cherkov xizmatchilari va siyosiy etakchilardan iborat direktorlar kengashi yordamida barcha mahalliy xayriya ishlarini muvofiqlashtirdi.
SHu bilan bir vaqtda faoliyatning yangi turlari, masalan, (The settlement house movement) - AQSH va Angliyadagi muxojirlar uchun manzilgohlar tashkil etilgan settl’ment harakati paydo bo’ldi. Germaniya, Finlyandiya, SHvetsiyada davlat xizmatchilarining xususiy ishtirokida nochorlarga yordam beruvchi el’berfel’d tizimi (Elberfeld System) paydo bo’ldi. O’z nomini el’berfel’d shahri nomidan olgan el’berfel’d tizimi tamoyillariga qo’yidagilar asos qilib olingan edi: xususiy masalalarni ko’rib chiqishda har bir vasiylikning mustaqilligi va umumiy yo’nalishning markazlashtirilishi; har bir extiyojmandni batafsil tekshirishda yordamni individual- lashtirish; jamiyatning barcha qatlamlarini nochorlarga boshpana va oziq-ovqat berishga jalb qilish. Vaqt o’tishi bilan ish usullari va shakllari o’zgardi, biroq ijtimoiy yordam ko’rsatish ijtimoiy ishning bosh tamoyilligicha qolmoqda. Ushbu davrda Buyuk Britaniyada qashshoqlik bo’yicha qo’llanma joriy etiladi. 1834 yilda nochorlarga yordam ko’rsatish tartibga solingan maxsus qonunchilik (Poor Laws) qabul qilinadi. SHvetsiyada XVIII asr o’rtalarida ikki yunalishda nochorlarga yordam ko’rsatiladi: kasallarga boshpana va oziq-ovqat berish hamda nochorlarga yordam berish. 1847 yilda qabul qilingan nochorlarga boshpana va oziq-ovqat berishniig shakllari va usullari to’g’risidagi qaror bu yo’nalishda yangi qadam bo’ldi. 1862 yildagi munitsipal islohotlar nochorlarni boshpana va oziq-ovqat bilan ta`minlashni cherkovdan ajratdi, buning natijasida u munitsipal ob`ektga aylandi19. Evropaning ko’pchilik mamlakatlarida sudlanganlar va qamoqda saqlash joylaridan ozod etilganlarga maxsus davlat yordamlari, kasallarga maxsus qarash tizimlari, kar va soqovlarga maxsus yordam, aholini majburiy davlat- munitsipal o’qitish, ish bilan ta`minlash bo’yicha xususiy va munitsipal vositachilik shakllari ishlab chiqilgan. Jumladan, 1880 yilda muhtojlarga yordam ko’rsatadigan Germaniya kongressi tashabbusi bilan nochorlarga g’amxo’rlik qiladigan Germaniya xayriya ittifoqi tuzildi. 1919 yilda u Germaniya davlat va xususiy vasiylik ittifoqi deb qayta nomlandi. Ijtimoiy qonunchilik mazkur sohani boshqaradigan davlat organlari hamda ularning huzuridagi muassasalar faoliyat olib boradigan huquqiy doiralarni belgiladi. Ushbu muassasalarning na mansabdor shaxslari, na xayriya tashkilotlari a`zolari yordamga muhtoj odamlarga yordam ko’rsatish bo’yicha oddiy bilimlarga ega emasdi. XIX asr oxirida muhtojlarga yordam ko’rsatish sohasida kuchli ijtimoiy tashkilotlar tuzilib, ijtimoiy muammolarni engillashtirish bo’yicha ularning sa`y-xarakatlari cherkov va xususiy shaxslar faoliyati bilan, Angliya va AQSHda ular bevosita yordamga muhtojlar bilan ishlaydigan Ijtimoiy xayriya tashkilotlari bilan to’ldirildi. Muhtojlarga yordam ko’rsatish sohasida erishilgan muvaffaqiyatlarga qaramay, uning arboblari professional emasligi ijtimoiy muammolarni hal qilishda odamlarga samaraliroq yordam berish imkonini bermadi. SHu bilan birga, davlat ijtimoiy ta`minotiga ehtiyoj paydo bo’ldi, chunki diniy tashkilotlar va xayriya muassasalari ijtimoiy sohadagi katta xarajatlarni koplay olmayotgan edi. XIX asr oxirida Evropa mamlakatlari va Amerikada yuzaga kelgan muhtojlarga davlat tomonidan yordam ko’rsatish tizimi qo’yidagi ikkita asosiy elementni o’z ichiga olgan edi. Bular: qonunchilikni rivojlantirish; maxsus organlar va muassasalar tashkil etish. Ijtimoiy ish xodimilarni tayyorlaydigan birinchi o’quv yurtlari xayriya tashkilotlari tomonidan tashkil etildi. 1896 yilda deyarli bir vaqtda Angliya va Germaniyada kurslar ochildi. AQSHda 1898 yilda N’yu-York filantropiya maktabida maxsus xodimlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi. Pirovardida Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabiga aylangan N’yu-York filantropiya maktabi muhtojlarga yordam ko’rsatadiganlar uchun bir yillik o’qitish dasturini taklif etdi. Grem Teylor va uning hamkasblari tomonidan 1903 yilda tashkil etilgan CHikago fuqarolik huquqi va filantropiya maktabi ham shunday dasturni taklif etdi. Vaqt o’tishi bilan u ijtimoiy xizmat ko’rsatishni boshqarish maktabi nomini olgan CHikago universiteti bo’linmasiga aylandi20. G’arb mamlakatlari jamoatchiligi ongida muhtojlarga yordam ko’rsatishni professional darajaga olib chiqish g’oyasi tobora yaqqolroq anglab etilmoqda edi. Bu g’oya XIX asr oxirida Ijtimoiy ish xodimilarni tayyorlaydigan jahonda birinchi institutga asos solinishi amalga oshirila boshlandi va u amster- damlik bir guruh ijtimoiy islohotchilarga taalluqli bo’ldi. Ular 1899 yilda Ijtimoiy ish xodimilarni tayyorlash institutiga asos soldilar. Institut dasturida keyinchalik ijtimoiy ish nomini olgan ishga o’zlarini bag’ishlashni xohlagan erkaklar va ayollar uchun kunduzgi nazariy o’qitish va amaliy tayyogarlikning to’liq ikki yillik kursi ko’zda tutildi. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling