Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet26/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137
Ona - «uy tarbiyachisi»ning professional ramzi
Frantsiyada aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi XX asrning 40-60 yillarida shakllana boshlagan. Frantsiya statistika vazirligining 1998 yil ma`lumotlariga ko’ra mamlakatda 37 xil mutaxassislikga ega bo’lgan 800 000 ta ijtimoiy ish xodimi mavjud ekanligi qayd etgan. Frantsiyada 1992 yilda qabul qilingan qonunchilik bo’yicha eng ko’p ijtimoiy ish xodimlari (380 000) «ona-uy tarbiyachisi» vazifasida faoliyat ko’rsatadi. Uy tarbiyachisi SHahar Kengashining rasmiy roziligi bilan ish faoliyati tashkil etiladi.
Frantsiyada «Ijtimoiy xizmat mutaxassislari» (38 000) aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari: nogironlar, ruhiy kasallar, oilalarni huquqlari va himoyasi bilan shug’ullanadilar.
«Mutaxassislashgan pedagoglar»ning vazifasi esa (55 000) deviant xulq-atvorli kishilar bilan profilaktika ishlarini olib borishadi.
«Iqtisodiy savollar bo’yicha oila maslahatchisi» vazifasini bajaruvchi ijtimoiy ish xodimlari oilalardagi mavjud iqtisodiy masalalar bo’yicha muammolarni echishga harakat qilishadi. Frantsiyada ijtimoiy ish sohasi ayollar mutaxassislik sohasi hisoblanadi.(Mamlakatdagi 97% ijtimoiy ish xodimlari ayollar hisoblanishadi)
Evropa ijtimoiy xizmat modeli davlat umumiy farovonlik nazariyasiga asoslanadi, uning asosida insonning «tabiiy huquqlar» kontseptsiyasi turadi. Ushbu nazariyaning asosiy vazifalari barcha fuqarolar uchun hayotiy rejalarni ruyobga chiqarish borasida taxminan bir xil boshlang’ich imkoniyatlarni yaratishni, ularni munosib turmush tarzi bilan ta`minlashni, ijti­moiy tenglik va adolat qaror topishiga intilishni nazarda tutadi. Umumiy farovonlik nazariyasiga asoslangan davlat barcha fuqarolar uchun rivojlan­gan ijtimoiy yordam tizimini shakllantiradi, tibbiy, ta`lim, ruhiy, huquqiy va boshqa hayotiy muhim xizmatlar bilan ta`minlaydi.
«Umumiy farovonlik nazariyasiga asoslangan davlat» tushunchasi ikkinchi jahon urushidan keyin rasm bo’ldi. Biroq 1970 yillar oxiri 1980 yillar boshida bu nazariya tanqidga uchradi. Buning sababi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning va odamlar, ijtimoiy guruhlar, umuman aholi ehti- yojlarining o’zgarishi bilan bog’liq edi. Rivojlangan mamlakatlar ekspert- larining fikricha, 80-yillarning ikkinchi yarmiga kelib, G’arb mamlakatlari- dagi ijtimoiy ta`minot tizimi aholini ijtimoiy to’lovlar turlari bilan ta`minlash bo’yicha o’z oldiga qo’ygan vazifasini bajarib bo’ldi. 1990 yillarda ushbu tizimni iqtisodiy taraqqiyotning o’zgarishlarga uchragan shart-sharoit- lariga, resurslar cheklanishining o’sishiga, ishsizlikning yuqori darajaga ko’tarilishiga moslashtirish vazifasi birinchi o’ringa qo’yildi.
Evropa mamlakatlarida ijtimoiy ta`minot tizimi ustuvorliklari o’zgarishini belgilab bergan omillar orasida tug’ilishning kamayishi va umrning uzayishi natijasida aholining tez qarishi qayd etilmoqda. G’arbiy Evropa mamlakatlari uchragan iqtisodiy qiyinchiliklar va ularning oqibatlari davlatning bir qancha ijtimoiy dasturlarini to’xtatishiga katta ta`sir o’tkazdi. Iqtisodiy inqiroz o’sib boruvchi byudjet taqchilligi, ishsizlar va qashshoqlar sonining ortishi, aholining qarishi, to’liq bo’lmagan oilalar sonining oshishi va boshqa omillar davlat ijtimoiy siyosatidagi o’zgarishlarga olib keldi.
Rossiyada ijtimoiy ish. Rossiyada ijtimoiy ish muhtojlarga yordam ko’rsatish bo’yicha faoliyat sifatida ko’p asrlarga borib taqalsada, u davlat, turli jamoatchilik guruhlari, ijtimoiy soha tadqiqotchilari tomonidan XX asrning 90 yillaridan boshlab ob`ektiv zarur hodisa sifatida qarala boshlandi. Ushbu yillarda aholiga xizmat ko’rsatish tizimining qaror topishi, aholi bilan ish olib borishda zamonaviy texnologiyalar va metodlarni keng qo’llanishi ijtimoiy siyosatning eng jiddiy tendentsiyalaridan biri bo’ldi. Bunda aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish Rossiyalik olimlarning ayrim asarlarida ijtimoiy ish zamonaviy paradigma sifatida, boshqa asarlarda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat sharoitlarida fuqarolarni samarali ijtimoiy qo’llab-quvvatlash imkonini beradigan yuqori samarali ijtimoiy texnologiya sifatida, yana boshqa asarlarda esa ijtimoiy sohaning, umuman olganda muhim sektori sifatida qaraladi25.
«Rossiya Federatsiyasida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish asoslari to’g’risida»gi federal qonun mazkur masalaga aniqlik kiritadi. Qonunda ijtimoiy xizmat ko’rsatish qiyin hayot kechirayotgan fuqarolarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy, tibbiy, ruhiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam turlarini ko’rsatish bo’yicha faoliyat deb qaraladi. Qonunda ijtimoiy xizmat turlari - moddiy yordam, uyda ijtimoiy xizmat ko’rsatish, statsionar holatlarda ijtimoiy xizmat ko’rsatish, maslahat berish, fuqarolar va oilalarning ijtimoiy rahnamoligi va boshqalar ochib beriladi.
«Keksa kishilarga va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish to’g’risida»gi federal Qonun Rossiya jamiyati aholisining alohida ijtimoiy guruhlariga ijtimoiy xizmat ko’rsatish to’g’risidagi tasavvurni jiddiy ravishda to’ldiradi va unga qo’shimcha kiritadi. U aholini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha faoliyat yo’nalishlaridan biri bo’lib, keksa yoshdagi fuqarolarga va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun mo’ljallangan.
O’tish davrining iqtisodiy qiyinchiliklariga qaramay, davlat nogiron­larga, ko’p hollarda yolg’iz va nogiron qariyalarga alohida e`tibor beradi. Rossiyada qariyalarga, shu jumladan nogironlarga ko’p darajali yordam tizimi amal qiladi. Jumladan, 2002 yilda 14 mln keksa kishilarga u yoki bu ko’rinishdagi ijtimoiy xizmatlar ko’rsatildi. 500 mingdan ortiq nogiron bolalar davlat tomonidan alohida qo’llab-quvvatlandi.
Maqsadlilik, qulaylik, ixtiyoriylik, insonparvarlik, qiyin ahvolda qolgan voyaga etmaganlarga, keksa kishilarga va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish ustuvorligi, maxfiylik, profilaktikaga yo’naltiril- ganlik, inson va fuqaro huquqlariga rioya qilish, ijtimoiy xizmat ijtimoiy siyosati shunga qaratilgan. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish o’zaro uzviy bog’langan.
Ijtimoiy ish bir vaqtning o’zida ham ijtimoiy institut, ham kasbiy faoliyat turi, ham ijtimoiy amaliyot turi va amaliy bilimlar sintezi, ham o’quv fani hisoblanadi. Ijtimoiy ish xodimi faoliyati ijtimoiy ish nazariya- sining diqqat markazida turadi. U samarali bo’lishi uchun ijtimoiy ish xodimi insoniy muammolarni tushunib olishi, ularni hal qilish texnologiyalariga ega bo’lishi kerak. Ijtimoiy ish xodimi ijtimoiy ishning asosiy nazariyasi uning predmeti va ob`ekti, tamoyillari va metodlarini aniq ajrata oladi. Rahmdillik, hamdardlik, javobgarlik, insonparvarlik, fuqaroviy va ijti­moiy adolat tuyg’usi singari maxsus kasbga doir va ma`naviy-axloqiy xususiyatlar unga xosdir.
Ijtimoiy ish kasbiy faoliyat turi sifatida puxta umumiy va maxsus tayyorgarlik, tajriba orttirish natijasida inson erishgan bir qator maxsus bilimlarni va muayyan ko’nikmalarni nazarda tutadi. «Kasb» termini odatda keng ma`noda ishlatiladi: ishdagi kasb, profes­sional duradgor, professional tarbiyalovchi, vrachlik kasbi. Ingliz tili lug’atlarida kasb (profession) yuqori darajada texnik va intellektual chuqur bilimga egaligi bilan ifodalanadigan o’rta sinf vakillarining ishi (occupation) sifatida keltiriladi26.
Professional faoliyatning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy, texnik turlari mavjud. Ijtimoiy ish faoliyatning an`anaviy turlariga taalluqli emas. Ijtimoiy ish faoliyatning asosiy turidir. U o’ziga xos bo’lib, aholi­ning turli qatlamlariga yordam ko’rsatishga qaratilgan.
Ijtimoiy ish o’ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida uch tur - kasb, fan va o’quv fani bilan ifodalanadi:

  • kasb sifatida u alohida shaxslarga, kishilar guruhiga yordam ko’rsatish orqali shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratil­gan;

  • fan sifatida u shaxs hayotiy faoliyatiga, aniq ijtimoiy guruhga yoki jamiyatga bevosita aloqador ijtimoiy jarayonlarni va ijtimoiy hodisalarni o’rganadi.

  • ijtimoiy ish o’quv fani sifatida ko’p qirrali xususiyatga ega va turli tipdagi o’quv yurtlarida o’qitiladi.

Ijtimoiy ish xodimi kasbi ijtimoiy yo’naltirilgan kasblar bo’lgan vrach, psixolog, pedagog singari boshqa o’xshash kasblardan farq qiladigan belgilarga ega. Ijtimoiy ish xodimi va mijoz o’rtasida o’zaro hamkorlik xususiyatining o’zi asosiy farq qiladigan xususiyatlardan biri hisoblanadi. YOrdam beradigan boshqa kasblarga xos bo’lgan sub`ektiv-ob`ektiv munosabatlardan farqli ravishda postindustrial jamiyatning ijtimoiy ishida ishonchga asoslangan sub`ekt-sub`ekt munosabatlari ustunlik qiladi. Bunday sharoitda mijoz qaror qabul qilish huquqini yoki ustunlikni o’zida saqlab qoladi.
Ijtimoiy ishning eng umumiy ta`rifi - bu shaxs, guruhlar yoki hamjamiyat hayotida ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirish bo’yicha profes­sional faoliyat hisoblanadi. Buyuk Britaniya Ijtimoiy ish xodimlari uyushmasi ijtimoiy ishning qo’yidagi ta`rifini berdi: ijtimoiy ish - bu ularga ta`sir qiladi­gan shaxsiy, ijtimoiy va vaziyatga bog’liq qiyinchiliklarni belgilashda kishilarga va hamjamiyatlarga yordam beradigan mas`uliyatli kasbiy faoliyatdir.
2002 yil iyulda Jenevadagi Xalqaro Ijtimoiy ish xodimlari Federatsiya- sining har yillik uchrashuvida qo’yidagi ta`rif qabul qilindi:
- ijtimoiy ish kasbi ijtimoiy o’zgarishlarga, kishilar o’rtasidagi muammolarni hal qilishga, mobillashtirishga va individlar va guruhlarning xotirjamligini kafolatlash uchun ularni safarbar etishi va ozod qilishga yordam beradi.Ijtimoiy ish inson hulq-atvori va ijtimoiy tizimlar nazariyasini qo’llab, odamlarniig ular atrofidagi kishilar bilan munosabatlariga aralashadi. Inson huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillari ijtimoiy ish uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy ish qo’llab-quvvatlash, himoya qilish, tuzatish va reabilitatsiya qilish vositasida qiyiichiliklarni engib o’tishga, ularga yordam beradi. Bu tashxis qo’yish uchun yuborilgan huquqbuzarliklarni tuzatish va nazorat qilish bilan bog’liq patronaj, ijtimoiy yordam, ijtimoiy ta`minot, ijtimoiy ta`lim faoliyatidir.
Kasbiy faoliyat sifatida ijtimoiy ish uch sohani o’z ichiga qamrab oladi:

  • birinchidan, bu shaxsiy va oilaviy darajalardagi ijtimoiy terapiyadir;

  • ikkinchidan, bu turli tasnifdagi guruh bilan olib boriladigan ijtimoiy faoliyatdir;

  • uchinchidan, bu jamoada, yashash joyida olib boriladigan ijtimoiy faoliyatdir.

Individni ijtimoiy moslashtirish va hayotga qayta tayyorlash, uning hayotida ro’y berayotgan nizolarni hal qilish yakka tartibda ishlashning asosiy maqsadi hisoblanadi. Misol uchun, oilada bolaning jismoniy va ruhiy kamoloti ota-onalarning ijtimoiy-madaniy va moddiy maqomiga, ularning bolalarga keraklicha e`tibor berishga qodirligi yoki qodir emasligiga, mazkur oila qaerda yashashiga, ta`lim resurslarining qulayligiga bog’liq. Barcha sanab o’tilgan holatlarda qonunlarda mustaxkamlangan qoidalardan foydalanish uchun ularning ota-onalariga ham malakali yordamchilarning ko’magi zarur. Ijtimoiy ish e`lon qilingan huquqlarni amaliyotga tatbik qilinishi uchun kerak bo’lgan ijtimoiy mexanizm hisoblanadi. Ijtimoiy ish xodimi qiyiichiliklarni aniqlashi, mijozni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy resurslar manbalariga murojaat qilishda oilaga va individga yordam berishi mumkin.
Ijtimoiy yordam va ko’mak zarur bo’lgan guruhlar yoshiga qarab bolalar, yoshlar, keksa fuqarolarga tasniflanishi mumkin. Boshka tasnif gender, madaniy yoki o’xshash muammolar bo’yicha amalga oshiriladi, ya`ni diniy guruh­lar, yolg’iz ota-onalar, yolg’iz onalar birlashmasi, sobiq alkogoliklar yoki giyohvandlar guruhlari. Ko’pincha ijtimoiy ish xodimlari ijtimoiy illatga aylangan yoki hatto jinoiy xususiyatga ega bo’lgan guruhlar - bolalar yoki o’smirlar jinoyatchiligi, darbadarlik, uyushgan fohishabozlik, aksilijtimoiy yo’nalishli guruhlar bilan ishlashiga to’g’ri keladi.
Yashash joyi bo’yicha va jamoalarda faoliyat olib borish ijtimoiy ish xodimi faoliyatining muhim sohasi hisoblanadi. U odamlar zich bo’lib yashaydigan joylarda ijtimoiy xizmatlar tarmog’ini kengaytirishga, ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga, qulay ijtimoiy-ruhiy iqlim yaratishga, shuningdek, turli mahalliy tashabbuslar, o’zaro yordam beruvchi guruhlarni tashkil etishga qaratilgan.
Bu sohada O’zbekistonning o’ziga xos milliy modeli - mahallaning ulkan salohiyatidan va imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
SHunday qilib, ijtimoiy ishning mazmun-mohiyatini individlar, oila- lar guruhlarning ijtimoiy huquqlarini ruyobga chiqarishda va to’laqonli ijtimoiy faoliyat ko’rsatishga to’sqinlik qiladigan jismoniy, ruhiy, intellektual, ijtimoiy va boshqa qiyinchiliklarni hal qilishda ularga yordam ko’rsatish bo’yicha faoliyat sifatida ta`riflash mumkin. Ijtimoiy ishning mazmun-mohiyatini faoliyatning o’ziga xos turi, inson hayotining madaniy, ijtimoiy va moddiy darajasini ta`minlash maqsadida unga davlat tomonidan va nodavlat ko’mak berish, insonga, oilaga yoki shaxslar guruhiga yakka tartibda yordam berish sifatida ta`riflash mumkin .
Turli mamlakatlarda ijtimoiy ish xodimilarini ish bilan ta`minlash cohasiga turlicha yondashuvlar mavjud. Bir qator mamlakatlarda, masalan, SHvetsiyada - bu kasb ijtimoiy himoya va sog’liqni saqlashni birlashtiradigan sohaga taalluqli. Irlandiyada esa ijtimoiy ish xodimilari (social workers) sog’liqni saqlash tizimiga mansub. Ular kasalxonalarda, turar joylaridagi salomatlik markazlarida ishlaydi, kishilarni ruhiy qo’llab-quvvatlaydi. Ijtimoiy ta`minot sohasida odamlarga yordam beruvchilar (welfare workers) ijtimoiy himoya qilish sohasida ishlaydi. Bundan tashqari, Irlandiyada yoshlar bilan ishlaydigan mutaxassislar (youth workers) mavjud. Ushbu mutaxassislar, u yoki bu darajada bir-birlari bilan o’zaro hamkorlik qiladi, ko’ngillilarni va turli hukumatga qarashli bo’lmagan tashkilotlarni hamkorlikka taklif etadi. AQSHda ijtimoiy ish xodimi ijti­moiy xizmatlar bo’limlaridan tashqari tibbiyot muassasalarida ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Mijozni ham davolash jarayonida, ham uyiga qaytarishga tayyorlashda etarlicha tibbiy va ruhiy qo’llab-quvvatlash uning vazifasi hisoblanadi. Rossiyada ijtimoiy ish xodimlari ijtimoiy ta`minot ta`lim (ijtimoiy pedagoglar), ish bilan ta`minlash xizmati, armiyada faoliyat ko’rsatadi.
Ijtimoiy ishning qonuniyligi ijtimoiy ish nazariyasiniig muhim elementi hisoblanadi.
Maxsus adabiyotlarda ijtimoiy ish qonuniyligini uch guruhga bo’lish taklif etiladi:
1) ijtimoiy ish-odamlarning ehtiyojiga, aniq vaziyat talabiga, kishilarning ijtimoiy salomatligi saklanishi va reabilitatsiyasiga ko’mak- lashadigan, ijtimoiy munosabatlarning yangilanishiga muvofiq jamiyatda yuz beradigan jarayonlarga ta`sir qiladigan o’ziga xos faoliyat turi;
2) individning shakllanishi ijtimoiy dasturga ko’ra yuz beradi - ijtimoiy muhitning ta`siri ostida va individning o’zini o’zi kamol toptirishida muayyan faolligi sharoitida yuz beradi;
3) ijtimoiy xizmatlarni shakllan­tirish va iste`mol qilish manbalari jamiyat ehtiyoji bilan izohlanadi va uning kamoloti tendentsiyalarini aks ettiradi.
Davlatning ijtimoiy siyosati bilan jamiyatdagi ijtimoiy ishning mazmun-moxiyati o’rtasidagi o’zaro aloqa asosiy qonuniyat sifatida ajratib olinadi. Kasbiy faoliyat sifatida ijtimoiy ishning shakllanishi ijti­moiy siyosatni aholining katta guruhlari, sinflar, xarajatlardan qiynalib hayot kechirayotgan individga, oilaga yordam berishga yo’naltirishi bilan bog’liq.
Ushbu qonuniyat munosabati bilan ijtimoiy rivojlanish maqsadlari bilan ijtimoiy ish darajasi o’rtasida o’zaro aloqa yuzaga keladi. Ko’rsatib o’tilgan maqsadlar asos bo’luvchi davlat hujjatlarida, ijtimoiy xizmatlar faoliyatida shakllanadi. Bu esa ushbu rivojlanishning yunaltirilganligidan dalolat beradi.
Ijtimoiy ishning ijtimoiy siyosat, ijtimoiy jarayonlar bilan nisba- tini tadqiq qilish, shuningdek, shaxsning muqobil kamol topishi uchun jamiyatning mas`uliyati bilan bog’liq muammolar ijtimoiy ish muammolari sirasiga kiradi.
Qo’yidagilar ilmiy fan sifatida ijtimoiy ishning maxsus muammolari hisoblanadi:

  • ijtimoiy ish tuzilmasida motivatsiya,

  • deviatsiya,

  • delikventsiya,

  • deprivatsiya,

  • anomiya va notipik rivojlanish,

  • ijtimoiy ishning muammolari, omillari va xavf-xatar guruhlari, mojarosi, yo’nalishlari va kontseptsiyasi,

  • o’z joniga qasd qilish,

  • jamoada ishlash, ijtimoiy ish metodlari va texnologiyalarining o’zaro munosabati,

  • ijtimoiy ish xodimining odob-axloqining ishlaganligi,

  • ijtimoiy korrektsiya,

  • ijtimoiy terapiya.

Ijtimoiy ish metodologiyasi professional jihatdan ta`sir etish predmetini, ob`ektni o’rganishni nazarda tutadi. Bunda mijozdan tashqari ijtimoiy xodim ham ishtirok etadi, shuningdek uning doirasida ijtimoiy ish xodimi va mijoz o’zaro munosabatida bo’ladigan ijtimoiy kontekstni ijtimoiy ish tuzilmasini va tarmoq faoliyati tamoyillarini o’rganishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy salomatlikni tiklash, maqomni barqarorlashtirish imkoniyatlar va resurslar namoyon bo’lishi shartlarini o’zgartirish, mijozning o’zini-o’zi nazorat qilish darajasini, muammolarni mustaqil ravishda hal qilish qobiliyatini oshirish, o’z qadr-qimmati tuyg’usini tiklash va o’zini-o’zi hurmat qilishiga erishish ijtimoiy ish metodologiyasining maqsadi hisob­lanadi.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling