Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet27/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   137
Ijtimoiy ishni o’qitish jarayoni turli mamlakatlarda bir-biridan keskin farq qilishi mumkin bo’lgan ta`limning milliy tizimlari o’ziga xosligini aks ettiradi. Ijtimoiy xodimlarni o’qitish ishida barcha tafsilotlari bo’yicha yagona namuna yo’q. Biroq aniq bir sotsiumda qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan kishiga maxsus bilimlarsiz malakali yordam ko’rsatish mushkul ekanligini tushunish mavjud. Ijtimoiy ish ko’nikmalariga o’qitish bo’lg’usi mutaxassislarni ijtimoiy jarayonlarning ilmiy tahlili va ijtimoiy-siyosiy vaziyat tahlili metodologiyasi bilan qurollantirish imkonini beribgina qolmay balki muqobil holat yoki xulq-atvor tashqarisidagi, jamiyat normalaridan tashqaridagi guruhni yoki alohida shaxsni undan ajratib olish imkonini ham beradi.
Ijtimoiy ish o’quv fani sifatida o’quv maqsadlarini ko’zlab ilm-fan asoslarini o’quv yurti mutaxassisligiga tatbiqan tizimlashtirib bayon qilishni o’zida ifoda etadi. Ijtimoiy ishga o’qitilayotgan talabalar ijtimoiy xodim bilan mijoz, ehtiyojmand odamlar bilan jamiyat o’rtasidagi vositachilikni ta`minlaydigan turli nazariy bilimlar va texnologiyalarni egallab olishlari lozim bo’ladi.
U haqidagi ta`lim tizimi o’zida nazariy va amaliy qismlarning uyg’unligini ifoda etishi kerak. Ijtimoiy ish bo’yicha mutaxassis tayyor- lashning asosiy talablariga muvofiq bo’lgan bilimlarni egallash amaliy ko’nikma va malaka orttirish ta`limning asosiy maqsadi hisoblanadi. Universitetda bazaviy tayyorgarlikdan utgan tegishli mutaxassislik bo’yicha oliy ma`lumotli mutaxassis ijtimoiy ish bo’yicha mutaxassis hisoblanadi
Fapb mamlakatlarida ijtimoiy ish sohasida mutaxassislar tayyorlashga mavjud yondashuvlarning ko’pchiligi bunday ish, masalan, diniy va dunyoviy asoslarni, vasiylik va xayriyani birga qo’shib olib borishni davlat xizmatlari yoki xususiy ijtimoiy xizmatlar ustuvorligini o’z ichiga oladigan ijtimoiy-madaniy an`analar va tarixiy shart-sharoitlarning o’ziga hosligiga muvofiq tashkil etilishini ko’rsatadi. Bunday tayyorlash izchil, maqsad va vakolatlar sohasi aniq belgilangan holda turli shakllarda (kurslar, kollejlar, universitetlar) va turli bosqichlarda amalga oshiriladi.
AQSH ijtimoiy ishchilar Milliy Assosatsiyasi tomonidan ijtimoiy ish xodimlarining jamiyat ijtimoiy hayotining sohalari taqsimoti bo’yicha 2004 yilda o’tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari:




Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling