Samarkand davlat universiteti


Ahloqiy hulq-atvor andozalari


Download 3.33 Mb.
bet54/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137
Ahloqiy hulq-atvor andozalari:
Har bir inson unikal ekani, inson hulq-atvorini va unga ko’rsatiladigan yordam harakterini belgilaydigan sharoitlar noyob ekanini tushunishga intiling;
Kasbiy qadriyatlarni tadbiq qiling, bilim va ko’nikmalaringizni takomillashtiring; kasbingiz obro’sini tushiradigan hatti-harakatlar qilmang;
Shaxsiy va kasbiy imkoniyatlaringizga ortiqcha baho bermang;
Har doim paydo bo’layotgan muammolarni hal qilishda bilimlaringiz, ko’nikmalaringiz va ilmiy bilish metodlaridan foydalaning.
Jamiyat hayotining sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan siyosatning asosiy yo’nalishlarini va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda kasbiy tajribangizdan foydalaning.
Ijtimoiy ehtiyojlar, shaxsiy, guruh va jamoa, milliy va xalqaro ijtimoiy muammolarning mohiyati va harakterini aniqlang va ularni tushuntiring.
O’zingizning huquqiy shaxs sifatida ham, kasbiy uyushma, agentlik yoki tashkilot vakili sifatida ham bajarayotgan harakatlaringizni tushunarli shaklda aniq va ravon izohlang.
Mijozlar bilan o’zaro munosabatlar:

  1. Mijozlarga nisbatan majburiyatlaringizni birinchi o’ringa qo’ying, biroq boshqa odamlarning ahloqiy jihatlarini ham hurmat qiling.

  2. Mijozning o’zaro ishonch, sir va konfidentsiallikka, axborotdan mas`uliyatli foydalanishga bo’lgan huquqlarini himoya qiling.

Axborot to’plash va uni boshqa shaxslarga berish faqatgina mijozning manfaatlari yo’lida amalga oshiriladigan kasbiy faoliyat doirasida yuz berishi mumkin, bu harakatlarning zarurligi haqida mijoz oldindan xabardor qilmay turib va uning roziligisiz boshqalarga berilmaydi. Bundan mijoz o’z hatti-harakatlari uchun mas`ul bo’la olmaydigan va bu harakatlar boshqa shaxslar uchun jiddiy xavf tug’diradigan holatlar mustasno. Mijoz o’z haqida ijtimoiy xodimda mavjud bo’lgan har qanday axborot bilan tanishish huquqiga ega.

  1. Mijozning shaxsiy intilishlari, tashabbuslari va hususiyatlarini qadrlang va hurmat qiling. Agentlik va ijtimoiy muhit doirasida ijtimoiy xodim mijozga o’z hatti-harakatlari uchun mas`uliyatli bo’lishda ko’maklashadi. Biror sababga ko’ra mana shu darajada kasbiy yordam ko’rsatilishini imkoni bo’lmasa, bu haqda mijozga habar beriladi va u o’z bilganicha harakat qiladi.

  2. Mijozga (alohida odamga, guruhga, jamoaga, jamiyatga) o’zini namoyon qilishi va shaxsiy saloxiyatini maksimal rivojlantirishda yordam bering, shu bilan birga boshqa odamlarning ham huquqlarini mazkur darajada saqlang. Mijozga xizmat ko’rsatish asosida uning mutaxassis bilan muloqotlarida o’zining qonuniy istaklari va foydasiga erishish uchun foydalanish zarurligini tushuntirish yotadi.


Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling