Samarkand davlat universiteti


Agentliklar va tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlar


Download 3.33 Mb.
bet55/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   137
Agentliklar va tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlar.

  1. Ijtimoiy siyosatlari, metodlari va amaliyoti mijozlarga sifatli yordam ko’rsatish va kasbiy ijtimoiy ishni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan agentliklar va tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikda ishlash.

  2. Agentlik yoki tashkilotning nizomdagi maqsadlari va vazifalariga to’la mas`uliyat bilan munosabatda bo’lish; Ijtimoiy ishning eng yuksak andozalariga erishish maqsadida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatni, uning uslubiyoti va amaliyotini ishlab-chiqishga o’z hissasini qo’shish.

  3. Mijoz taqdiriga to’la mas`uliyat bilan munosabatda bo’lish; Ijtimoiy siyosatga, uning uslubiyoti va amaliyotiga zarur o’zgarishlarni tegishli agentliklar va tashkilotlar orqali kiritish; Barcha imkoniyatlardan foydalansangiz-u, biroq o’zgartirishlarni kiritishning imkoni bo’lmasa, unda yuqori tashkilotlarga yoki manfaatdor keng jamoatchilikka murojaat qilish.

  4. Mijozga yoki jamoga ijtimoiy ish samaradorligi to’g’risidagi hisobotni mijozlarga, agentlik va tashkilotlar oldida vujudga keladigan muammolarni davriy tahlil qilish, shuningdek, shaxsiy faoliyatingizni tahlil qilish shaklidagi kasbiy hisobot sifatida taqdim qilish.

  5. Ijtimoiy ish ahloqiy tamoyillari harakati, protsedurasi va amaliyotiga zid bo’lgan harakatlarni qilmaslik.

Hamkasabalar bilan o’zaro munosabatlar.

  1. Hamkasblaringiz va boshqa mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va amaliy faoliyatiga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularga ijtimoiy ish samaradorligiga erishishlarida qo’ldan kelgan yordamni berish.

  2. Hamkasblar va boshqa mutaxassislarning turlicha fikrlari va amaliy yondashuvlariga hurmat bilan munosabatda bo’lish, tegishli instantsiyalarda tanqidiy mulohazalarni to’la mas`uliyat bilan bayon qilish.

  3. Hamkasblar, boshqa mutaxassislar va ko’ngillilar orasida bir-birlarini o’zaro mukammallashtirish va o’zlarini namoyon qilish maqsadida bajarilayotgan bilimlar, ko’nikmalar va g’oyalar olishga va tarqatishga bo’lgan harakatlarga ko’maklashish.

  4. Mijozlar manfaatlari yoki ahloq normalari buzilishi to’g’risidagi har qanday ma`lumotlarni tegishli idoralarga etkazish.

  5. Hamkasblarni adolatsiz hurujlardan himoya qilish.


Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling