Samarqand – 2022 mundarija


Download 86.2 Kb.
bet15/15
Sana12.03.2023
Hajmi86.2 Kb.
#1263274
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5348520183843526268

Ko’rsatkichlar

Yil boshiga qoldiq

O’zgarishi

Yil oxiriga qoldiq

Ustav kapitali

28280

-

-

28280

Qo’shilgan

116902

-

-

116902

Rezerv capital

278317

263511

-

541828

Taqsimlanmgan foyda

37000

5400

-

42400

Xususiy kapitalning qoplanmagan

-

-

-

--

Jami

460499

268911

-

729410

Jаdvаl mа’lumоtlаridаn ko’rinib turibdiki, biz gаhlil qilаyotgаn korxonada хususiy kаpitаli yil bоshigа nisbаtаn, yil охiridа 268911 ming so’mgа оshgаn. Bu nаtijа kоrхоnа uchun ijоbiy dеb qаrаlishi lоzim. Chunki bu miqdоr yil bоshigа nisbаtаn sаlkаm 60 % gа yaqin оshgаn.


1.10 Korxonalar iqtisodiy nochorligini baholash va tahlil qilish
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z harakat maydonida va uning ta’sirida rivoj topadilar, qayta tashkil etiladilar va bonkrot bo’ladilar. Tashkil etilayotgan har bir firma, kompaniya qatorida albatta o’z faoliyatini to’xtatayotgani ham bo’ladi. Negaki bozor- bu avvola raqobat demakdir. U imkon qadar bozorga xos tarzda faoliyat va harakatdagi o’zgaruvchanlikni talab etadi. Raqobatga bardosh bera olmagan firma va kompaniyalar o’z o’rnini boshqa firma va kompaniyalarga bo’shatib beradilar. Korxona va firmalarni bonkrot deb e’lon qilish va ularni tugatish shartlari davlat nomidan ish ko’ruvchi organlar tomonidan qat’iy belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunday vakolatga O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi xuzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Ko’mitasi ega. Ushbu Qo’mita tomonidan firma va kompaniyalar (korxonalar)ni iqtisodiy nochor deb e’lon qilishning tartiblari belgilab boriladi va nazorat qilinadi.
Firma va kompaniyalar iqtisodiy nochorligini belgilashda quyidagi ko’rsatkichlarga tayaniladi:
-firma va kompaniya to’lov layoqati, qoplov koeffitsentini o’rganish;
-firma va kompaniyaning moliyaviy mustaqillik va qaramlik darajasini o’rganish;
-uzoq muddatli va joriy aktivlarni manbalashning holatini o’rganish;
-o’z va qarz mablag’lari orasidagi nisbatni o’rganish;
-ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasini o’rganish;
-asosiy va nomoddiy aktivlardan foydalanish darajasini o’rganish;
-muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o’rganish.
Bu ko’rsatkichlarni o’rganish asosida firma va kompaniyalarning iqtisodiy nochorligini oydinlashtiruvchi savollarga javoblar topiladi, iqtisodiy nochorlik belgilarini bor yoki yo’qligi aniqlanadi. Iqtisodiy nochorlikni belgilashda har bitta ko’rsatkichning me’yoriy darajalariga nisbatan o’zgarishlarga tayaniladi.
Iqtisodiy nochorlikni aniqlash tartibiga ko’ra firma va kompaniyalarni;
-mutlaq barqaror;
-barqaror;
-nobarqaror;
-bankrot (iqtisodiy nochor) holatida deyish mumkin.
Firma va kompaniyalarni bankrot deb e’lon qilish yuzasidan xukumat komissiyasining 1997 yil 17 apreldagi 5- sonli yo’riqnomasiga muvofiq iqtisodiy nochorlikni belgilashni quyidagi 4 ta ko’rsatkichiga tayanish lozimligi ta’kidlanadi.
Yuqoridagi manbalarga tayangan holda shuni ta’kidlash lozimki, Respublikamizda korxonalarning iqtisodiy nochorligini tahlil qilishda uch guruxdan iborat ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi;
Birinchi gurux ko’rsatkichlar; muddati 3 oydan ortgan kreditorlik qarzlarini borligi va manfiy rentabellik darajasi;
Ikkinchi gurux ko’rsatkichlarga; to’lovga qobillik, aylanma mablag’lar bilan ta’minlaganlik ko’rsatkichlari;
Uchinchi gurux ko’rsatkichlarga; aktivlar rentabelligi, xususiy va chetdan jalb qilingan mablag’lar nisbati, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish holati, asosiy kapitalni eskirishi kabi ko’rsatkichlar kiritiladi.
Bu ko’rsatkichlar tizimi ”Korxonani iqtisodiy nochorligi alomatlarini aniqlash uchun mezonlar tizimi” asosida tuzib chiqilgan. ( O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk Ko’mitasi 1997 y 17 aprel, 5-son)

Ko’rsatkichlar

Nochorlik holati

To’lov layoqati koeff.

Kt<2

O’z va qarz mablag’lari orasidagi nisbat koeff.

Ka<2

Moliyaviy mustaqillik koeff.

Km<0.5

O’z- o’zini mablag’ bilan ta’minlash

<0.1

Jami

Kn<4.6

Download 86.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling