Samarqand – 2022 mundarija
Download 86.2 Kb.
|
2 5348520183843526268
3. Xulosa va takliflar
4. Adabiyotlar ro’yxati Kirish Iqtisodiyotdni liberallashtirish, globallashuv jaryonlari o‘z navbatida hisob va audit tizimining ham xalqaro gormonizatsiyasini va standartlashtirilishini talab etmoqda. Mazkur vazifani hal etish boshqaruvning muhim elementlari bo‘lgan hisob, iqtisodiy tahlil va auditning ham nazariy, metodologik va amaliy jihatlarini yagona tartiblarini belgilashni, ularni unifikatsiyalashni, muqobiilikdagi tartiblarni yagona mezonlarga keltirishni taqozo qilmoqda. Xalqaro kapital va kredit bozorining shakllanishi, xorijiy investitsiyalaming ko‘payishi, eksport-import operatsiyalarining jadallashuvi, transmilliy korxonalar rolining ortib borishi bilan moliyaviy hisobotlami tuzishning xalqaro standartlarini belgilash, hisob ma’lumotlarini qiyosiyligini ta’minlash zaruriyati tobora ortib bormoqda. Axborotlarni olish va taqdim etishning eng muhim vositasi bu moliyaviy hisobotlardir. Moliyaviy hisobotlar axborot foydalanuvchilarining keng doirasi uchun: - investitsiyalar bilan bog‘liq xatarlar, dividendlami to‘lash, aksiyalami sotib olish, saqlash yoki sotish haqidagi; - kreditlar va foiz toiovlari haqidagi; - mol yetkazib beruvchilarga tegishli bo‘lgan summalaming o‘z vaqtida to’lanishi haqidagi; - uzluksiz faoliyati to‘g‘risidagi; - faoliyat barqarorligi va rentabelligi to‘g‘risidagi; - resurslaming taqsimlanishi, faoliyatni tartibga solib turilishi, soliqqa tortish, milliy daromadni hamda boshqa statistik ma’lumotlami shakllantirish to‘g‘risidagi; - rivojlanish, taraqqiyot va farovonlikka erishish yuzasidan erishilgan so‘nggi yutuqlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlaydi. Bunday axborotlar xo‘jalik subyekti yoki tadbirkorlik subyektining moliyaviy ahvoli, uning hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablagclarining aylanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni retrospektiv tahiil etishni va prognozlashni, moliyaviy natijalarni shakllantirgan asosiy omillar va ta’sirlar, subyekt faoliyat ko'rsatadigan muhitdagi o‘zgarishlarga javoban qoMlaydigan choralari, subyektning moliyaviy natijalarni saqlab qolish va ko'paytirishga qaratilgan investitsion siyosati, dividend siyosati; uning faoliyatni moliyalashtirish manbalari va majburiyatlari holatini qamrab olgan kompleks moliyaviy tahlilini amalga oshirishni talab etadi. Moliyaviy tahlil investitsiyalar va kreditlarga doir qarorlarni qabul qilishga; subyektning bollgcusi pul oqimlariga; ularga ishonib topshirilgan resurslarga, majburiyatlarga; rahbar organlaming ishiga baho berishda biznes samaradorligi va boshqaruvning sifat menejmentiga erishishda muhim dastak vazifasini bajaradi. Moliyaviy tahlilning eng muhim obyektlariga: subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslari va ulaming moliyaviy tuzilmasi; likvidligi; to‘lovga qobiliyati; moliyaviy ahvoli va uning kelgusidagi kutilishlari; moliyaviy natijalari va rentabelligi; pul mablag‘lari va ulaming ekvivalentlari; kapital hajmi, moliyaviy va iqtisodiy salohiyati; iqtisodiy nochorlikka yuz tutmasligi, investitsion jozibadorlik; kreditga qodirlik; moliyaviy ahvoli bo‘yicha reyting baholashlar kiradi. Korxonalarning xo’jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqdashga yordam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab, korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. Xalq xo’jaligini bozor munosabatlariga o’tkazish bilan korxonalar xo’jalik faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati yanada ortadi, chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish eng dolzarb muammoga aylanadi. Bozor munosabatlari shakllanishi, rivojlanishi, ko’p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalari, foyda va rentabellik, korxonalar faoliyatining asosiy ko’rsatkichlariga aylanishiga olib keladi. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biri — boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo’jalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish katta ro’l o’ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti xisoblanadi. Korporativ boshqaruvni tubdan o’zgartirish lozim. Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi, korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy xisobot shakllari qabul qilindi, ularni o’rganish va ulardan keng foydalanish uslublarini barpo etish katta ahamiyatga ega. Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani yechish maqsadida moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir kator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Download 86.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling