1.3.20. Abu Ali Ibn Sinoning o’qituvchiga qo’ygan talablari:
talaba (o’quvchi)lar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo’ling;
berilayotgan bilimni talaba (o’quvchi)lar qanday o’zlashtirib olayotganligiga alohida e’tibor bering;
ta’limda turli uslub va shakllardan foydalaning;
talaba (o’quvchi)larning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini biling;
talaba (o’quvchi)larni fanga qiziqtira biling;
talaba (o’quvchi)larga uzatilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bering;
bilimlarni talaba (o’quvchi)larga tushunarli hamda ularning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda bering;
har bir so’zning talaba (o’quvchi)lar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishing.
Do'stlaringiz bilan baham: |