2.6. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi mavzulardan foydalaniladi:
3-semestr
1. O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi ikkilamchi resurslar va mahalliy ingridient-lardan foydalanish (shlak, fosfogips va h.k.).
2. Tabiiy tosh materiallari va ularni qayta ishlashda tejamkor texnologiyalarni joriy etish.
3. Qadimgi va zamonaviy energiya samarador keramik (sopol) buyumlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rganish.
4. Fosfo gipsdan bog‘lovchi moddalar va buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasini o‘rganish.
5. Beton uchun og‘ir, engil va o‘ta engil to‘ldiruvchilarni ikkilamchi resurslardan olish.
6. O‘zbekistonda gips ishlab chiqarish va unung istiqbollari.
7. Shisha va shisha buyumlari.
8. O‘zbekistonda portlandsement ishlab chiqarish va uning istiqbollari.
9. O‘zbekistonda ohak ishlab chiqarish va unung istiqbollari.
10. Betonni qayta utilizatsiya qilish.
11. Barxan qumlari asosida avtoklav materiallar olish texnologiyasi.
12. Bitum, polimer asosida olinadigan yangi materiallar.
13. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan plastmassa va polimer buyumlar.
14. Lok va bo‘yoqlarning xossalarini yaxshilash usullari.
15. O‘zbekisonning yog‘och ashyolar zahiralari va qurilishda qo‘llanilishi.
16. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan issiqlik izolyasiya va akustik materiallar.
17. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan akustik materiallar.
18. Qora va rangli metallar.
3
|
Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
“Qurilish materiallari va buyumlari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida talaba:
- qurilish materiallari va buyumlari fanining maqsadi, vazifalari va ahamiyati;
- qurilish materiallari va buyumlarini tadqiq qilishning zamonaviy usullari;
- kompozitsion qurilish materiallarining tarkibi, nano, mikro va makrostrukturasi, xossalari va ularni tayyorlash, resurs va energiya tejamkor, ekologik xavfsiz texnologiyalari;
- qurilish materiallari va buyumlaridan muxandislik kommunikatsiyalari, bino va inshootlarni qurish, ta’mirlash va qayta qurishda samarali foydalanish;
- qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyolar va ikkilamchi resurslardan foydalanish haqida tasavvurga ega bo‘lish;
- turli qurilish materiallari va buyumlarining asosiy xossalari va qo‘llanish sohalarini;
- issiqlik izolyatsiyalovchi materiallaridan qurilishda unumli foydalanishni;
- mineral va organik bog‘lovchi moddalar asosida tayyorlanadigan kompozitsion qurilish materiallarining xossalari va ularni yaxshilash usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- qurilish materiallari xossalarini aniqlashning standartlashtirilgan usullarini qo‘llab, laboratoriya sinovlarini o‘tkazish va olingan natijalarni tahlil qilish;
- zamonaviy qurilish materiallari va buyumlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash va ularning qurilishdagi axamiyati to‘g‘risida referatlar yozish;
- qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda
metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifat nazoratiga oid me’yoriy texnik hujjatlardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Bular bilan bir qatorda talaban o‘z fikr – mulohaza va xulosalarini asosli tarzda aniq bayon eta olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |