4
|
Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Qurilish materiallari va buyumlari”fanini o'zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o'zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallardan foydalaniladi. Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy ilg‘or interfaol usullaridan, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning prezentatsiya (taqdimot), multimediya va elektron-didaktik texnologiyalardan foydalanadi. Amaliy mashg‘ulotlarda aqliy hujum, klaster, blits-so‘rov, guruh bilan ishlash, insert, taqdimot, keys stadi kabi usul va texnikalardan keng foydalaniladi
|
5
|
Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, mustaqil ishlarni taqdimot va maket ko‘rinishida himoya qilish, oraliq va yakuniy nazorat bo‘yicha yozma (og‘zaki ,yozma yoki test ko‘rinishida) ishni topshirish.
|
6
|
Baholash mezonlari
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirishi quyidagi namunaviy mezonlar asosida baholanadi:
91 – 100 foiz olish uchun talaba:
fanning barcha qismlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
fanning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qo‘llay olishi;
nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish qobiliyatini ko‘rsata olishi;
amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;
fan o‘quv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni to‘liq va chuqur o‘zlashtirishi;
o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa mavzularda o‘rganilgan usullarni qo‘llay olishi;
laboratoriya mashg‘ulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;
71 – 90 foiz olish olish uchun talaba:
fanning barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
o‘z fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
fanning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qo‘yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;
standart vaziyatlarda muammolarni mavzu doirasida mustaqil hal qila olishi;
bilimlarni yangi vaziyatlarda to‘g‘ri (lekin doim ham ratsional emas) qo‘llay olishi, bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmaganligi;
fan o‘quv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o‘zlashtirishi;
o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;
laboratoriya mashg‘ulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;
v) 60 – 70 foiz olish olish uchun talaba:
davlat ta’lim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega bo‘lishi;
ilmiy terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to‘g‘ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yo‘l qo‘yishi;
javob berishga yoki ayrim maxsus ko‘nikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, fan bo‘yicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;
fanning umumiy tushunchalari bo‘yicha qisman bilimga ega bo‘lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo‘llay olishi;
pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi; o’qilayotgan fan bo‘yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar moxiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;
laboratoriya mashg‘ulotlarida pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;
g) talabaning bilim darajasi 0 — 59 foizga baholanadi, agar:
davlat ta’lim standartlari doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo‘lsa;
ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘ysa;
laboratoriya mashg‘ulotlarida passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega bo‘lsa;
amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, o‘z xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to‘g‘rilay olmasa.
Talaba quyidagi holatlarda akademik qarzdor hisoblanadi:
agar talabaning semestrda oraliq nazoratlarda to’plagan bali umumiy balning 50 balning) 60 foizidan kam bo‘lsa, ya’ni 30dan kam bo’lsa;
agar talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha to‘plagan bali ushbu nazorat turi umumiy balining (50 balning) 60 foizidan kam bo‘lsa, ya’ni 30dan kam bo’lsa;
fandan 5 auditoriya mashg‘ulotini (10 soat) sababsiz qoldirgan bo‘lsa, talaba avtomatik ravishda yakuniy nazoratga kiritilmaydi, kredit o‘zlashtirilmaydi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |