Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti


Download 63.41 Kb.
bet1/19
Sana18.06.2023
Hajmi63.41 Kb.
#1580612
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Obloberdiyev Rahmon 55


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA – QURILISH UNIVERSITETI


«QURILISHNI BOSHQARISH» fakulteti


«SHAHAR QURILISHI VA XO’JALIGI» kafedrasi


«Bino va inshootlar texnik ekspluatatsiyasi» fani bo‘yicha


«Binoni tekshirish va jismoniy (fizikaviy) eskirishini aniqlash» mavzusida kurs loyihasining
I Z O H N O M A S I


Bajardi: IV - bosqich 402 - SHQ va X guruhi talabasi Oblaberdiyev R


Qabul qildi: katta o‘qituvchi: Achildiyev R.M.
`
Samarqand - 2023.
M U N D A R I J A
1. Kirish................................................................................................................ 3
2. Dastlabki ma’lumotlar...................................................................................... 4
3. Umumiy ma’lumotlar....................................................................................... 5
4. Binoning qurilish tavsifi................................................................................... 6
5. Konstruktiv unsurlar......................................................................................... 7
6. Binoni vizual tekshirish.................................................................................... 9
7. Binoni jismoniy eskirishini aniqlash.............................................................. 11
8. Nuqsonlarni bartaraf etish choralari............................................................... 18
9. Nuqsonlarni bartarf etish ishlarining tahliliy tarkibi...................................... 19
10. Xulosa............................................................................................................. 23
11. Adabiyotlar…………..................................................................................... 24

KIRISH
Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalariga texnologik muhit, tabiat hodisalari, ekspluatatsiyaviy yuk va shu kabi boshqa ta’sirlar natijasida ularning ekspluatatsiyaviy xususiyatlarida pasayish sodir bo‘ladi. Bulardan tashqari konstruksiyalardagi ekspluatatsiyaviy xususiyatlarning pasayishiga loyihalashdagi xatolar, buyumlarni tayyorlash va montaj qilishdagi nuqsonlar, nomunosib ekspluatatsiya tufayli bo‘ladigan eskirishlar, metallar zanglashi, bioximiyaviy ta’sirlar sharoit yaratadi.
Har bir bino va inshoot mavjud ekan, o‘zida 3 bosqichni namoyon etadi, ular:
moslashuv bosqichi;
me’yoriy ekspluatatsiya bosqichi;
eskirish bosqichidir.
Bunda eng muhim masalalardan biri, bino va inshootlarning me’yoriy ekspluatatsiya davrini uzayishiga imkon tug‘diruvchi tadbirlarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Zamonaviy o‘lchash texnikalarini qo‘llash va inshootlar sinovi uslublarini taraqqiy ettirish binolar ekspluatatsiyasining turli bosqichlaridagi texnik holatiga etarli darajada to‘liq va ob’ektiv baho berish imkonini beradi. Konstruksiyalar holatini aniqlashdagi mavjud usullar ekspluatatsiyaga qabul qilinayotgan inshootlarning sifatini baholash, konstruksiya unsurlaridagi buzilish jarayonini oldini olish uchun, ularni ishlash mobaynidagi holatini baholash, avariya holatidagi va nuqsonli konstruksiyalarni ko‘rsatib berish sharoitini yaratadi. Bino va inshootlarni ekspluatatsiyaga qabul qilishdan boshlab, konstruksiyalarni buzilish va nuqsonlar paydo bo‘lgan hollarda, ularning ekspluatatsiyaviy xususiyatlari tiklanuviga qadar bo‘lgan holatlarini nazorat etish tizimini yaratish maqsadga muvofiqdir.
Texnik ekspluatatsiya bo‘yicha tadbirlar asosini tavsifi va hajmi turlicha ishlar bo‘lgan joriy va kapital remontlar tashkil etadi. Joriy remont mobaynida konstruksiyani atrof-muhit ta’siridan va vaqtidan ilgari eskirishidan saqlovchi ishlar bajariladi. Kapital remont mobaynida esa jismoniy eskirish natijasida yo‘qotilishi sodir bo‘lgan unsurlar va muhandislik tizimlarining ekspluatatsiyaviy xususiyatlarini tiklash amalga oshiriladi. SHunday qilib, bino va inshootlar ularga qo‘yiladigan konstruksiyaviy, texnologik, badiiy-estetik va ekspluatatsiyaviy talablarga rioya etish, bino va inshoot qismlarini va umuman o‘zlarini uzoqvaqt, har holda ularning me’yoriy xizmat muddatidan kam bo‘lmagan davr mobaynida, ishonarli va to‘xtovsiz ishlashini ta’minlaydi.
Bino va inshootlarning asliy xizmat muddati me’yoriy xizmat muddatidan farqqilishi mumkin. Xizmat muddatini kamayishi sababi loyihalash, qurilish va remont qurilish ishlari sifatining pastligi, hamda binoga xizmat ko‘rsatilishida ekspluatatsiyaviy talablarga rioya etmaslik bilan izohlanishi mumkin. Bino xizmat muddatining oshishi esa unga lozim bo‘lgan texnik xizmatlarni etarli darajada amalga oshirilishhollarida kuzatiladi. U yoki bu hollarda binoning me’yoriy xizmat muddatidagi og‘ishi uni etarli darajada ishonchlilik bilan bashorat etilmaydi.
Bino va inshootlarning texnik holatini baholash ob’ektning holati va xossalarini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlarni miqdor va sifat jihatdan ko‘rsatib berishga qaratilgan bo‘lib, baholash orqali konstruksiyalarda ro‘y beradigan jarayonlar o‘rganiladi hamda foydalanish davrida materiallar, konstruksiya elementlarida hosil bo‘ladigan faktli ekspluatatsion xossalar aniqlanadi va ularning texnik talablarga qanchalik mos kelishi o‘rnatiladi.
Bino va inshootlardagi konstruksiyalar hamda muxandislik jihozlari bo‘yicha izlanish va tekshirishlar olib borish ya’ni ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazish qurilish konstruksiyalari elementlarining qanday sifatda tayyorlanganligi va jihozlar montajining sifatini nazorat qilish metodlarini o‘z ichiga oladi. Bu metodlar bo‘yicha olib borilgan nazorat orqali ob’ektdagi qurilish konstruksiyalari elementlari va jihozlar montajining loyihaviy parametrlarga mos kelishi va ularning ekspluatatsiya jarayonida haqiqiy ishlashini qanday darajada ta’minlay olishi belgilanadi.



Download 63.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling