Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti


Maktabgacha ta’lim muassasasi binosi tekshirilganda konstruktiv unsurlarida quyidagi kamchiliklar aniqlandi


Download 63.41 Kb.
bet18/19
Sana18.06.2023
Hajmi63.41 Kb.
#1580612
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Obloberdiyev Rahmon 55

Maktabgacha ta’lim muassasasi binosi tekshirilganda konstruktiv unsurlarida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:
Poydevorlarni tekshirish natijasida quyidagi nuqsonlar aniqlandi.
I - qismda – 40% - chuqur darzlar, namlanish dog‘lari, himoya qatlam ko‘chganligi -45% jismoniy eskirishga ega;
II - qismda – 60% - nam dog‘lari, poydevorning notekis cho‘kishi - 25% jismoniy eskirishga ega.
Devorlarni tekshirish natijasida quyidagi nuqsonlar aniqlandi:
I qism – 55% - ayrim darzlar va o‘nqir cho‘nqirlar, g‘isht termasi chokidagi darzlar, - 35% jismoniy eskirishga ega.
II qism – 45% - suvoq qatlamni ommaviy tarzda ko‘pchishi, ko‘chib tushishi yoki choklardagi qorishmaning tushib ketishi –50 % jismoniy eskirishga ega.
Pardevorlarni tekshirish natijasida quyidagilar aniqlandi:
I qism – 60% - shiftlar pardevor bilan tutash o‘rinlarda darzlar kengligi 2mm gacha, onda-sonda siniqlar - 25% jismoniy eskirishga ega.
II qism – 40% - pardevorda darzlar, yondosh konstruksiyalar bilan tutash o‘rinlarda 2mm gacha darzlar, ko‘pgina deformatsiyalar aniqlandi – 35 % jismoniy eskirishga ega.
Orayopmalarni tekshirish natijasida quyidagilar aniqlandi:
I qism – 30% - plitalar choklarda darzlar, balandlik bo‘yicha plitalar siljishi 3 mm gacha, jismoniy eskirish – 45% gacha.
II qism – 70% - plitalarda darzlar 1mm gacha, plitalarda hamda devorlarning tayanch o‘rinlarida sizuv izlari,jismoniy eskirish –25% gacha.
Tom yopmani tekshirish natijasida quyidagilar aniqlandi:
I qism – 55% - tomda vertikal yuzaning tutashuv joylarida mayda zararlanishlar, chuqurchalar, namlanish o‘rinlari, tarnovlarda solqilik –20 % jismoniy eskirish.
II qism – 45% - tomning yuqori qatlamida shishgan yuzalar, to‘siq panjaralarni zararlanishi, zanglashi – 45 %jismoniy eskirish.
Pollarni tekshirish natijasida quyidagilar aniqlandi:
I qism - elimlab preslangan taxta pollar – 45% - mayda zararlanish va taxta ulanishning uncha katta bo‘lmagan qurib qolishi, kengligi 3mm gacha ulamalararo tirqishlar, ayrim ulamalarni asosdan ajralib qolishi – jismoniy eskirish – 20% ga teng.
II qismlinoleumli, sopol plitali va beton pollar –55% gacha tutashishda materiallarning eskirishi, o‘rni bilan ko‘pchish, plintuslarni zararlanishi, materiallarning eshik atrofida va yuriladigan erlarda siyqalanishi, mayda jaroxatlar va ayrim plitalarda darzlar, ayrim plitalarni yo‘qligi, o‘rni bilan ko‘pchish, ajralish – jismoniy eskirish –40% ga teng.
Deraza bloklarini tekshirish natijasida quyidagilar aniqlandi:
I qism –75% kesakilarning devor bilan tutash o‘rinlarida, kesaki chiqiqlarida mayda darzlar, siyqalanish yoki tirqishlar, qisman shtapiklar yo‘qolgan, oynalarda darzlar. Deraza tabaqalari qurib-qaqshab qolgan, tob tashlagan va burchaklari liqillab qolgan, asboblarni bir qismi zararlangan yoki yo‘qolgan. Deraza oralig‘i quyi yog‘ochi va deraza osti taxtasi chirib zararlangan, tabaqalar liqillab qolgan – jismoniy eskirishi 20 % ga teng.
II qism – 25% - kesaki chiqiqlarida mayda darzlar, siyqalanish yoki tirqishlar,o‘rni bilan surtmalar tushishi – jismoniy eskirishi –35% ga teng.
Eshiklarni tekshirish natijasida quyidagilar aniqlandi:
I qism – 30% eshik tabaqalari o‘tirib qolgan, yoki bu erda kesaki perimetri bo‘yicha chiqiq orasida tirqishlar hosil bo‘lgan, asboblar qisman yo‘qolgan yoki sozlanmagan, eshik kesakilari qiyshaygan, shikastlangan, ayrim kesakilar o‘rni bilan zararlangan yoki chirigan, jismoniy eskirishi – 45 % ga teng.
II qism – 70% kesakilarning devor va pardevorlar bilan qo‘shilgan joylarida mayda yuzaki darzlar, eshik tabaqalarining siyqalanishi yoki kesaki chiqiqlarida tirqishlar – 25 % jismoniy eskirishga teng.
Muhandislik tizimlarini tekshirish natijasida quyidagilar aniqlandi:
Quvurlar - 80% gacha asboblar va ularni o‘yma o‘rinlarida sizib tomchilash, texnik erto‘lada magistralda xomutlar soni ko‘p.Markaziy isitish tizimi po‘lat quvurlar va konventorlardan yuqoridan tarqaluvchi qilib bajarilgan.Tik quvurlarda alohida xomutlar bor, ikki o‘rinda uzatuvchi quvurlarni uzunligi 2m gacha almashtirilgan, sezilarli zanglash, tizimning xuddi shu holati 40% jismoniy eskirishga teng.
Simlar – 20% gacha korroziyaga uchrashi, ochiq hududlar, yoqqich va ulagichlarning shikastlanishi 30% jismoniy eskirishga teng.


XULOSA

Binolarni ekspluatatsiya qilish jarayonida jismoniy va ma’naviy eskirishlar vujudga keladi.


Jismoniy eskirish deganda bino qurilishi uchun ishlatiladigan ashyoning boshlang‘ich sifatini doimiy ravishda yo‘qotib berilishi tushiniladi.
Binolarning ma’naviy eskirishi 2 shaklda namoyon bo‘lishi mumkin:

  • binoning qiymatini ilmiy-texnik taraqqiyot va qurishning arzonlashuvi yoki binoning qurilgan vaqtdagi narxi bilan xozirgi vaqtdagi narxi orasidagi tafovut munosabati bilan pasayishi;

  • texnologik eskirish, bu eskirishni bartaraf etishga ketadigan qo‘shimcha kapital mablag‘lar binoning boshlang‘ich narxidan ham oshib ketishi.

Oddiy qilib aytganda ma’naviy eskirish jamiyatning turar-joy va jamoat binolariga bo‘lgan ijtimoiy extiyojini va ilmiy texnika ravnaqi talabalarga binolarning mos emasligidir.
Jismoniy eskirishning qiymati esa binoning texnikaviy xolati asosida aniqlanadi.
Xozirgi vaqtda binoning eskirishi uchun ayrim qismlarning eskirishini yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Turarjoy va jamoat binolarning jismoniy eskirishini aniqlash usulida 9 ta yiriklashtirilgan konstruksiyalarning: poydevor, devor, o‘rtadevorlar, orayopmalar, tom va tom qatlamalari, pollar, deraza va eshiklar, pardozishlari, ichki sanitar texnik va elektro texnik qurilmalar va boshqa shu kabi ishlarning eskirishi shkalasiga mos keluvchi jismoniy eskirish alomatlarini aniqlash ko‘zda tutiladi.
Eskirish alomatlari qo‘llaniladigan ashyolarning turi bo‘yicha detallashtiriladi.
Konstruksiyaning xaqiqiy xolati bo‘yicha jismoniy eskirishini aniqlash usulining mohiyati yaxshilab ko‘rikdan o‘tkazish yo‘li bilan uning eskirishiga tavsifliroq bo‘lgan belgilar aniqlanadi va shu asosda %-da eskirish darajasi o‘rnatiladi.
Loyixalangan binoning texnik xolati:
Qoniqarli – eskirish 35 %.
Umuman olganda konstruktiv elementlar ekspluatatsiyaga yaroqli, lekin aynan shu bosqichda kapital ta’mirlashni o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.



Download 63.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling