Binoning qurilish tavsifi.
Samarqand shahar, Xotira ko‘chasida joylashgan 1 qavatli maktabgacha ta’lim muassasasi binosi. Ob’ekt maydoni turar-joy va jamoat binolari bilan yondosh, loyihada to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida rejalashtirilgan, atrofida ko‘kalamzor hudud tashkil qilingan.
Qurilgan yili – 1984yil.
Maydonning tasdiqlangan seysmik holati 7ball.
Grunt suvlarining sathi – 15-20m.
Bino vazifasiga ko‘ra turi – jamoat binosi.
Konstruktiv unsurlari.
Poydevori: Quyma betondan iborat bo’lib qalinligi 600 mm bo’lib chuqurligi polga nisbatan 0,7 metr chuqurlikda bo’lib poy-devor. Poydevor uchun beton sinfi B12,5 va GOST 5727=80 A – II armatura sinfidagi armatura turlari bilan jihozlangan. Poydevori tashqi sirti qizdirilgan bitum bilan 2-martagina surkaladi.
Tashqi devor: Pishiq qizil g’ishtdan iborat bo’lib, devor qalinligi b=380 mm 1,5 qatorli, g’isht o’lchamlari 250 x120 x 65 mm ni tashkil etib, ushbu binoning devori sement-qum qorishmasi markasi M 50 dan kam bo’lmagan qorishma bilan teriladi. Har 6-7 qatordan keyin ichki va tashqi qalin devorlar birikish burchaklariga uzunligi 1,2-1,5 m uzunlikdagi Vr-1 GOST 6727-82 armatura diametri Ǿ 3 mmli simli turlar bilan jihozlanadi.
Ichki qalin devor: Pishiq g’ishtdan iborat bo’lib, devor qalinligi b=380 mm 1,5 qatorli, g’isht o’lchamlari 250 x120 x 65 mm ni tashkil etadi, ushbu binoning devori sement-qum qorishmasi markasi M 50 dan kam bo’lmagan qorishma bilan teriladi. Har 6-7 qatordan kein ichki va tashqi qalin devorlar birikish burchaklariga uzunligi 1,2 - 1,5 metr uzunlikdagi Vr – 1 GOST 6727 – 82 armatura diametri Ǿ 3 mmli simli turlar bilan jihozlanadi.
Parda devor: Qizil g’ishtdan 0,5 qatorli qalinligi b=120 mmli qorishma markasi M 50 sement qum qorishmasi bilan teriladi va har olti qatordan keyin devor oralig’iga uzunligi bo’yicha simli to’r armatura sinfi Vr – 1 GOST 6727 – 82 armatura diametri Ǿ 3 mmli simli turlar bilan jihozlanadi.
Ustki yopma: Plitalar yig’ma temir–betonli teshikli plitalardan iborat bo’lib, seriyasi 1,141.1 – 17 s Вып. 1 seriyasi 1,141.1 – 19 s Вып. 1 markasi PK8 – 59. 12-S8 PK8 – 29. 12-S8 iborat bo’lib, ularning uzunliklari L=6,20m, 2,60 m, eni B=1,20 m qalinligi b= 0,22 m ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |