Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarish xususiyatlari
Download 102.07 Kb.
|
KURS ISHI Global TAYYOR
3.2. O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarish xususiyatlariMamlakatimizda investitsiya iqlimini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish, biznesni jadal rivojlantirish uchun asos sifatida investitsiya va tashqi savdo faoliyatini samarali tartibga solish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. SHu bilan birga, investitsiya jarayonining mahsulotni tashqi bozorlarda ilgari surish yakuniy ko‘rsatkichlari bilan sust bog‘langanligi saqlanib qolmoqda. Davlat boshqaruvining amaldagi tizimi investitsiya va savdo masalalarini alohida tartibga solishga asoslangan, bu esa mazkur sohalarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Respublikaning investitsiya salohiyatini oshirish, iqtisodiyotning ustuvor soha va tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya kiritish jarayonining raqobatbardosh eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari etib hisoblandi: birinchi – raqobatbardosh eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mahalliy va xorijiy tadbirkorlarga O‘zbekistonning ustuvor soha, tarmoq va hududlariga investitsiya kiritish uchun qulay investitsiya iqlimi va rag‘batlarni yaratish, shuningdek, har bir davlat organi tomonidan investitsiyalarni faol jalb qilish va savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi vazifalarning so‘zsiz bajarilishi; ikkinchi – mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal qilish uchun davlat moliyaviy vositalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz resurslari va texnik ko‘maklashish vositalari (grantlari)dan foydalanish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi markazlashgan investitsiyalarning boshqaruv tizimini yaratish; uchinchi – O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash, ilg‘or texnologiyalarni transfer qilish uchun xorijiy, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb qilish, ishbilarmonlik va investitsiya iqlimini bosqichma-bosqich takomillashtirish; to‘rtinchi – respublikaning iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining xorijiy investorlar, savdo bo‘yicha hamkorlar, xorijiy hukumat va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro samarali aloqalarini ta’minlash; beshinchi – barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida optimal bojxona-tarif siyosatini amalga oshirish, Jahon savdo tashkilotiga integratsiyalash, boshqa ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy tizimlar bilan hamkorlik qilish; oltinchi – eksport qiluvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, savdo, shu jumladan, tashqi savdo infratuzilmasini, elektron tijorat tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish, mazkur sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish; ettinchi – mahalliy tovarlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, samarali transport yo‘laklarini shakllantirish, etkazib berish geografiyasini diversifikatsiya qilish maqsadida zamonaviy logistika tarmoqlarini rivojlantirish; sakkizinchi – tashqi bozorlarda mahalliy tovarlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun mahsulotni sifat jihatdan boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy qilishni hamda ularning xalqaro standartlar va texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini ta’minlash, savdoning barqaror o‘sishi va investitsiya siyosatini faollashtirishni ta’minlovchi ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining vakolatli vakillari va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari negizida Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari tashkil etish. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, xorijiy, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni muvofiqlashtirish, xalqaro moliya institutlari (boshqaruv ofislari) va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, shuningdek, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul vakolatli davlat organi hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan o‘rta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi asosida hududlar va tarmoqlarning rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi; mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish doirasida vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda eksportni qo‘llab-quvatlash strategiyasini, shu jumladan, uni rag‘batlantiruvchi instrumentlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi; Download 102.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling