Samarqand davlat arxitektura-qurilish
Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklari
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ta\'limda axborot texnologiyalari
Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklari.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqishning katta tajribasi to’plangan. Bu tajriba ABT va har qanday boshqa axborot tizimlarini ishlab chiqishning markaziy masalasi, ma’lumotlarni tashkil qilish, saqlash va kompleks foydalanishdan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Yakuniy natijada bu ma’lumotlarni boshqarishning rivojlangan tizimlarini yaratilishiga olib keldi, ular hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish asosida qurilgan har qanday axborot tizimining asosi bo’ladi. Ma’lumotlar banklari tamoyili asosida loyihalashtirilgan boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari bir qator o’ziga xos xususiyatlarga egaki, ular asoslari belgilangan vazifalar majmuini hal qilishga mo’ljallangan, ma’lumotlar massivlarining tizimi bo’lgan oldingi ishlanmalardan alohida farqlanadi. Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklaridan foydalanishi o’zaro bog’langan ma’lumotlar majmuiga ko’p jihatdan kirishni, amaliy dasturlarning ma’lumotlarni jismoniy va mantiqiy tashkil qilish o’zgarishlaridan, mustaqilligining ancha yuqori darajasini, ma’lumotlarni boshqarishning integrasiyalashishi va markazlashishini, ortiqcha ma’lumotlarni bartaraf qilishni, paketlarni birga bo’lishlik imkoniyatini va ma’lumotlarni teleprosessorli ishlab chiqishni ta’minlaydi. Shu bois ham qo’llanishning har qanday sohasi uchun ABTni ishlab chiqish eng avvalo ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan bankini tashkil qilish bilan bog’liqdir. Obyektning holati haqidagi axborot har qanday boshqaruvning asosi bo’lgani uchun, xuddi avtomatlashtirilgan tizimlardagi ma’lumotlar, ularning tashkil qilinishi, mukammal olib borilishi, saqlanishi, foydalani-lishi tizimning markazi bo’ladi. Texnik va dasturiy vositalar vaqt o’tishi bilan o’zgaradi, ammo ma’lumotlar qoladi, ular bilan ishlash ancha qimmatli ish bo’ladi va xuddi shu bois ham ularni tashkil qilishning, ma’lumotlar bankini yaratishning asosida tizimli tamoyillar yotadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling