Samarqand davlat arxitektura-qurilish
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ta\'limda axborot texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4. Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari
Multimediyali kitoblar – bitta axborot tashuvchi vositasiga jamlangan (masalan, CD –
ROM diskga) hamda matnli, ovozli, statik – dinamik va videotasvirli ma’lumotlardan tashkil topgan kitoblar. Yarimmediya kitoblar – multimedia kitoblardan farqli ravishda, ma’lumotlarni yetkazib berishda turli vositalarning (CD – ROM, magnit disk, qog’oz va h.k.) majmuasidan foydalanuv-- chi kitoblardir. 3.4. Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari Korxonalar miqyosida iqtisodiyotni boshqarish mazkur jarayonda katta jamoalarning ishtirok etishini talab qiladi. Bu jamoalar shaharning turli tumanlarida, mamlakatning turli mintaqalarida va hatto boshqa-boshqa davlatlarda joylashgan bo’lishi mumkin. Boshqaruvni oqilona amalga oshirishni hal etish uchun axborot almashish tezligi va qulayligi, va shuningdek ma’muriyatning uzviy aloqada bo’lish imkoniyatlari muhim va dolzarb bo’lib qolmoqda. 1970-1980 yillarda ushbu masalalarni hal etishda axborotlarni «markazlashtirilgan» qayta ishlash tizimlaridan foydalanish keng tarqaldi. Katta moddiy xarajatlar talab qiluvchi elektron hisoblash mashinalardan (EHM) markazlashgan usulda foydalanish avvalo uning hisoblash quvvatidan beunum foydalanishiga va kompyuter resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini cheklanishiga olib keladi. Qolaversa markaziy EHMning biron-bir qismining qisqa vaqtga bo’lsada ishdan chiqishi butun tizim uchun og’ir oqibatlarni keltirib chiqardi. Bu esa informatsion tizim foydalanuvchilarining barchasining ishini to’xtatishga olib keldi. Nihoyat, shaxsiy kompyuterlar, serverlarning dunyoga kelishi hamda tarmoq texnologiyalarining rivoji axborotlarni yig’ish va qayta ishlashning yangi «tarmoqlangan qayta ishlash» texnologiyasini yaratishga asos bo’ldi. Axborotlarni qayta ishlash tarmoqlangan tizimi informatsion tizimning shunday bir turiki, unda axborotlarni qayta ishlash mustaqil ravishda alohida-alohida, lekin o’zaro informatsion aloqa kanallari bilan bog’liq bo’lgan kompyuterlarda amalga oshiriladi. Korxonalarda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish uchun kompyuterlar bir biriga ulanadi va natijada, hisoblash tarmoqlari hosil bo’ladi. Hisoblash tarmoqlarida quyidagi imkoniyatlar mavjud: – ma’lumotlar va fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish; – umumiy ma’lumotlar xazinasini tashkil qilish va uni ishlatish; – axborot tizimlarini tashkil qilish. Kompyuter tarmog’i-bu kompyuterlarni bir-biri bilan bog’laydigan tizim hisoblanadi. U disklarni ishlatmasdan, ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish uchun xizmat qiladi. Hisoblash tarmoqlari quyidagi tiplarga bo’linadi: - LAN(Local Area Network) — lokal hisoblash tarmog’i. - MAN (Metropolitan–regional Area Network) –korporativ (regional yoki mintaqaviy) hisoblash tarmog’i. - WAN (Wide Area Network) — jahon hisoblash tarmog’i. - KAN (Korporativ Area Network) — korporativ hisoblash tarmog’i. Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan hududiy taqsimlanishi jihatidan tasniflash mumkin. Bunga ko’ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling