Samarqand davlat arxitektura-qurilish
Internetning tarkibiy qismlari qaysilar?
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ta\'limda axborot texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-mavzu. Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi- axborot texnologiyalari taraqiy etishining asosiy bosqichlari. Axborotlarni taqdim etish tizimlarining rivojlanishi. Kommunikatsiya
- Mavzu rejsia
- Tayanch so’z va iboralar
5. Internetning tarkibiy qismlari qaysilar?
a) informatsion, tashkiliy; b) texnik, dasturiy, tashkiliy; c) texnik, dasturiy, informatsion; d) texnik, dasturiy, huquqiy. Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. Alimov R.X., Xodiyev B. Yu. va boshqalar. Milliy iqtisodda axborot tizimlari va texnologiyalari. Toshkent. «Sharq», 2004 yil. 2. Aripov M., Begalov B. va boshqalar. Axborot texnologiyalari. Oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent. Noshir- 2009. 3. Qosimov S.S. Axborot texnologiyalari. Toshkent, «Aloqachi», 2006. 4. Maraximov A.R., Raxmonqulova S.I. Internet va undan foydalanish asoslari. T., 2001 y. 4-mavzu. Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi- axborot texnologiyalari taraqiy etishining asosiy bosqichlari. Axborotlarni taqdim etish tizimlarining rivojlanishi. Kommunikatsiya tizimining rivojlanishi. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari evolyutsiyasi. Axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi (2 soat) Mavzu rejsia: 4.1. Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi- axborot texnologiyalari taraqiy etishining asosiy bosqichlari. 4.2. Axborotlarni taqdim etish tizimlarining rivojlanishi. 4.3. Kommunikatsiya tizimining rivojlanishi. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari evolyutsiyasi. 4.4. Axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi. Tayanch so’z va iboralar: axborot texnologiyalari, evolyutsiya, kommunikatsiya, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari, tendensiya. 4.1. Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi-axborot texnologiyalari taraqiy etishining asosiy bosqichlari Shaxsiy kompyuterning yaratilishi bilan axborot texnologiyasining taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Yangi davrning asosiy maqsadi kasbiy va maishiy xizmat sohalarida insonning shaxsiy axborot talabini qondirish bo’lib bormoqda. Axborot qayta ishlash vazifalari va jarayonlarining ko’rinishi bo’yicha 1–bosqich (1960–70 yillar) – ma’lumotlarni qayta ishlash hisoblash markazlarida (jamoa bo’lib ishlash tartibida) amalga oshirilgan. Axborot texnologiyasi taraqqiyotining asosiy yo’nalishi insonning qo’l mehnatini avtomatlashdan iborat edi. 2–bosqich (1980 –yillardan_ –strategik vazifalarni yechish uchun axborot texnologiyalari yaratilmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish yo’lidagi muammolar bo’yicha 1–bosqich (1960–yillar oxirlarigacha) apparat vositalari imkoniyatlari cheklangan sharoitlarda katta hajmlardagi ma’lumotlarni qayta ishlash muammosi bilan ajralib turadi. 2–bosqich (1970–yillar oxirlarigacha) IBM 360 turkumidagi EHM yaratilishi bilan bog’liq. Bu bosqich muammosi – dasturiy ta’minotining apparat vositalari rivojlanishi darajasida orqada qolishidir. 3–bosqich (1980–yillar boshlari) kompyuter malakasi bo’lmagan foydalanuvchining quroli bo’lib qoldi. Axborot tizimlari esa foydalanuvchining qarorlarini qabul qilishni qo’llab– quvvatlovchi vosita sifatida ishlatilmoqda. Bu bosqichda foydalanuvchi ehtiyojlarini yuqori darajasida qondirish va kompyuter muhitida ishlovchi tegishli interfeysni yaratish muammolari mavjud. 4–bosqich (1990–yillar boshlaridan) –tashkilotlaricha aloqalar va axborot tizimlari zamonaviy texnologiyalarini yaratish. Bu bosqichda muammolar juda ko’p. Ulardan muhimlari quyidagilardir: – kompyuter aloqasi uchun kelishuvlar ishlab chiqish va standartlar, protokollarni o’rnatish; – strategik axborotga kirishni tashkil etish; – axborotni muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash; Kompyuter texnologiyasining afzalliklari bo’yicha 1–bosqich (1960–yillar boshidan) hisoblash markazlari zaxiralaridan markazlashgan tarzda foydalanishga yo’naltirilgan qo’l mehnati amallarini bajarishda axborotni ancha samarali qayta ishlash bilan ajralib turadi. 2–bosqich (1970–yillar o’rtalaridan) shaxsiy kompyuterning paydo bo’lishi bilan bog’liq. 3–bosqich (1990–yillar boshlaridan) tijoratda strategik afzalliklar tahlili tushunchasi bilan bog’liq va axborotni taqsimlovchi qayta ishlash telekommunikatsiya texnologiyalari yutuqlariga asoslangan. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling